AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.6K photos
1.43K videos
2.37K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛳️ Amerikaning Villa Vie kruiz kompaniyasi «Pensionerlar uchun oltin pasport»ni chiqardi — u bilan bir martalik to’lovni to‘lab, umrni qolgan qismini laynerda o’tkazish mumkin.

Har 3,5 yilda kema 147 ta davlatdagi 425 ta portga sayohat qiladi, safarlar oralig’ida esa kemada qolishga ruxsat beriladi.

Narx yoshga bog'liq — qanchalik yosh katta bo’lsa, chegirma ham shunchalik katta bo’ladi: masalan, 55 yoshlilardan 399 999 dollar, 90 yoshlilardan esa 100 000 dollar so’rashmoqda. Narxga oziq-ovqat, har kungi xona tozalovi, kir yuvish va hatto har yillik tibbiy ko’riklar ham kiradi.

📟 DigiTech
👍9830🤓13🫡5😁4👏32🤯2😢1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Talabalar uchun juda foydali neyrotarmoq: Kimi AI'dan bepul taqdimotlar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq chiqdi. Unda istalgan mavzuda slaydlar yaratishingiz va dizaynini tanlashingiz mumkin.

Shunchaki g’oyani matnli so’rov ko’rinishida yozing va neyron tarmoqning o’zi slaydlarning tuzilishi va mazmunini o’ylab topadi. Har bir elementni qo’lda tahrirlash mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👏3518👍12💯5🤓2🤝2🫡21🎄1
⚡️Apple va Samsung reklama uchun Xiaomi'dan xafa bo’lishdi va endi uni sudga berish bilan tahdid qilishmoqda.

Xiaomi Hindistonda o’z raqobatchilarining haddan tashqari qimmat gadjetlarini ochiqchasiga masxara qiladigan bir nechta reklamalarni chiqardi:
Kelajak allaqachon shu yerda bo'lsa, o’tmish uchun nega buncha to’lash kerak? Aqlli odamlar aqlli tanlov qiladilar.


📟 DigiTech
80😁5211👍6🤝4🔥2👏2🤯1😢1💯1👨‍💻1
🚇 AQSh'da yangi avlod tezyurar poyezdlari ishga tushirildi, biroq ular avvalgilaridan ham sekinroq bo’lib chiqdi.

Eng yangi NextGen Acela poyezdlari 257 km/soatgacha (avvalgilariga qaraganda 16 km/soat tezroq) tezlashishi kerak, biroq eskirgan temir yo’l infratuzilmasi tufayli ular bir xil tezlikda, ayrim hududlarda esa hatto undan ham sekinroq harakatlanmoqda.

Misol uchun, eski poyezdlar Bostondan Vashingtonga 6 soat 56 daqiqada yetib borgan, xuddi shu yo’nalishdagi yangilari esa 7 soat 5 daqiqada yetib borishmoqda. Yo’llarni «yaqin yillarda» modernizatsiya qilish va tezlikni oshirish va'da qilinmoqda.

📟 DigiTech
😁85🔥14113👍3💯3🫡2👏1😢1
👨‍💻 Anthropic o’quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar uchun yangi AI Fluency kursini chiqardi.

Kursda uy vazifasini neyron tarmoqlar orqali qanday samarali bajarish bo’yicha beshta ma'ruza mavjud, ammo shu bilan birga buni o'zingizning tanqidiy fikrlashingizni susaytirmagan holda amalga oshirish o’rgatilgan.

👉 Kursga havola.

📟 DigiTech
16👍115👏5😢1💯1🤝1