AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Ilon Mask Microsoft'ga raqobatchi bo’ladigan va faqat sun'iy intellektdan foydalangan holda dasturlar yaratadigan Macrohard kompaniyasiga asos soldi.

Milliarderning so’zlariga ko’ra, bu nom hazil tariqasida tuzilgan bo’lsa-da (Macro-Micro, hard-soft), loyiha haqiqatdan ham ishga tushirilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Microsoft va boshqa shunga o’xshash kompaniyalar «oʻzlari hech qanday jismoniy uskuna ishlab chiqarmaydilar», ularni butunlay neyron tarmoqlar bilan almashtirish mumkin, Macrohard esa aynan shu ish bilan shug’ullanadi.

📟 DigiTech
😁106👍311510🔥4👏3🤯3🤓2😨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Realme o’rnatilgan konditsionerli smartfonni chiqardi.

Korpusning yon tomonidagi joydan shamol chiqadi. Bu faol sovutish tizimining bir qismidir — u odamni sovutish uchun ham yetarlicha kuchli.

Qurilma 27 avgust kuni taqdimotda namoyish etilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍5313🔥9🥰53🤓3🤝3👏2🤔1🫡1
📲 Android'da APK davri tugadi — Google tasdiqlanmagan ilovalarni o’rnatishni taqiqlaydi.

— Cheklovlar uchinchi tomon do’konlariga ham, APK'larni qo’lda oʻrnatishga ham ta'sir qiladi;

— Ilovani oʻrnatish uchun barcha ishlab chiquvchilar tekshiruvdan o’tishlari kerak bo’ladi;

— Ilovalarini Google Play orqali chiqarganlar avtomatik ravishda yangi qoidalarga amal qilgan hisoblanadi. Tizim oktyabr oyida ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
😢73👏49🤯16👍1364😨3🫡3💯2🤝2
⚡️Rasman: Apple iPhone 17-ni 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da namoyish etadi.

Kompaniya jurnalistlar va blogerlarga taqdimotga taklifnomalar yuborishni boshladi.

📟 DigiTech
👏50👍14117😡3🤔2😁1
⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng kuchli uchuvchi elektr stansiyasini yaratishdi.

1 MVt quvvat energiya ishlab chiqaradigan dirijabl-shamol turbinasi gibridi 1500 m balandlikda uchib, butun qishloqni energiya bilan ta'minlaydi, bunday balandlikda shamol tezligi yer yonidagidan uch baravar yuqoridir.

Ular, birinchi navbatda, bunday stansiyalardan chekka hududlarda va tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda foydalanishni rejalashtirishmoqda. Kelajakda esa shamol 200 barobar kuchliroq bo’lgan 10 000 metr balandlikka ko’tarila oladigan yanada yaxshiroq versiyasini yig’ishmoqchi.

📟 DigiTech
76🔥49👍29😨15🤯135👏5😢3🤝2😡1
⚡️Dunyodagi birinchi sun'iy intellektga asoslangan kompyuter virusi topildi, u tezda vaziyatga moslashib Windows, macOS va Linuxda bir xil darajada ishlaydi.

PromptLock virus dasturi ESET antivirusi ishlab chiquvchilari tomonidan topildi: u to’lov talabi bilan muhim fayllarni topish va shifrlashga yo’naltirilgan bo’lib, OpenAI'ning ochiq manbali SI modellaridan biriga asoslangan.

Hozircha ushbu virusdan ommaviy zararlanish kuzatilmagan: mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, virus hozircha prototipga o’xshaydi, chunki uning ba'zi funksiyalari hali reallashtirilmagan.

📟 DigiTech
33🤯13🔥10🤔7👏6👍42🤓2💯1🤝1