AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📷 Yangi Pixel 10 da ajoyib xususiyat mavjud, smartfonning o’zi qanday qilib suratni yaxshi olishni ko’rsatib turadi.

To’g’ri kamera ilovasiga o’rnatilgan SI obyektlarni taniydi va qayerga qaratish, qanday kattalashtirish va surat mukammal chiqishi uchun qanday sozlamalarni o’zgartirish kerakligini ko’rsatib turadi.

📟 DigiTech
🔥59👍23🤯15105🫡2👨‍💻1
👨‍💻 Rezyumeni ochib yozib qo’yamiz: «Vibe code cleanup specialist» — qo’shimcha haq evaziga neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan barcha kodlarni tuzatishga tayyor odamlar o’zlarini shunday atashadi.

SI haqiqatdan ham yangi kasblar yaralishiga sabab bo’lmoqda :)

📟 DigiTech
👏38👍2013😁5🤯3🤝3💯2🥰1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda dunyodagi birinchi ikkita minorali oynali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Gansu provinsiyasidagi 30 000 ta ko’zgular quyosh nurini 200 metr balandlikdagi shpillarga yo’naltiradi, u yerda issiqlikdan maxsus tuz eritmasi erib, bug’ga aylanadi va turbinalarni aylantiradi.

Bunday stansiya har yili 1,8 milliard kVt/soat energiya ishlab chiqarishi mumkin, bu 170 000 xonadonning elektr iste'moliga teng.

📟 DigiTech
👍111👏25🤯1615🔥41💯1🤓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Alibaba'dagilar kod yozish uchun bepul SI agentini chiqardi — Qoder oddiy matnli so’rovlar yordamida tayyor ilovalarni yaratadi.

— Butun loyiha va kodlar bazasini tahlil qiladi;
— Kod yozish uslubingizni darhol tushunib, shunga mos yozadi;
— Murakkab vazifalarni bosqichlarga bo’lib, bosqichma-bosqich hal qiladi;
— Foydalanish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🤝2516👍15🔥5💯21👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏊 Xorvatiyalik g’avvos suv ostida nafasini 29 daqiqa ushlab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Suvga sho’ng‘ishdan oldin Vitomir Marichich tanasini «zaryadlash» uchun maxsus texnika yordamida 10 daqiqa davomida toza kislorod bilan nafas oldi.

U avvalgi rekordchi, yana bir Xorvatiyalik g’avvos Budomir Shobatning natijasidan deyarli besh daqiqaga o’tib ketdi.

📟 DigiTech
🔥63👏1713🤯11👍7😨72🫡2🤔1
Mandat natijangiz bilan o'qishga kiring va Yaponiyaga yo'l oling !

🇺🇿🇯🇵 Agar siz ham bu yoshlar kabi O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ishlamoqchi bo'lsangiz Japan Digital Universityda qabul davom etmoqda !
🗾 Japan Digital University - bu sizni Yaponiyaga olib boradigan yo'l !

👉 Ichki imtihonlar uchun hujjat topshirish

👉  UZBMB( DTM) orqali hujjat topshirish

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site

Reklama
👍1155👏2
⚡️OpenAI qarishni to’xtatdi — kompaniyaning GPT-4b micro neyron tarmog’i qarishni orqaga qaytaruvchi DNK oqsillarining yangi versiyalarini taklif qildi.

• Bizning tanamizda Yamanaka omillari — hujayralar yangilanishi va yosharishi uchun mas’ul bo’lgan to’rtta oqsil mavjud. Ular doimo ishlaydi, lekin juda sekin.
• OpenAI modeli ushbu oqsil zanjirlarining YANGI VARSIYALARINI taklif qildi — ular kattalar hujayralarini yosh ildiz hujayralariga o’zgartirishni boshladi va vaqtni tom ma’noda orqaga qaytarishdi.

• SI jarayonni 50 marta tezlashtirdi va DNK'ning zararlanishi miqdorini kamaytirdi — bu organizmning hech qanday yomon asoratlarsiz yosharishni boshlashi mumkinligini anglatadi.
• Olimlarning fikricha, bu regenerativ tibbiyotdagi katta inqilobdir. Uning yordamida keksalik va kasalliklarni yengish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
1👍7315🤯15😁119👏2🤝2🤔1
⚡️Dubay aeroporti navbatsiz va hujjatlarni ko’rsatmasdan o’tish mumkin bo’lgan SI chegara nazoratini sinovdan o’tkazmoqda.

Tizim biometrik ma’lumotlarni topshirgan yo’lovchilarning yuzlarini skanerdan o’tkazib, bir vaqtning o’zida o’n nafargacha odamlarni hatto pasport va bortga chiqish talonlarini ham o’zlari bilan olib chiqmasdan o’tkazishga imkon beradi, shubhali vaziyatlarda esa chegarachilarni xabardor qiladi.

Hozirda texnologiya faqat bitta terminalda, birinchi va biznes klass uchun ishlamoqda. Hamma uchun qachon ishga tushirilishi noma’lum.

📟 DigiTech
👏43👍17🔥852🤝2👨‍💻1🫡1
💣 Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik: kontrakt narxlariga 6 mln so‘mgacha chegirma e'lon qilindi!

🔥 ZARMED Universiteti bakalavriat bosqichidagi ta’lim yo‘nalishlari uchun maxsus narxlarni e’lon qildi.

Chegirma 1-sentyabrgacha amal qiladi, shundan so‘ng narxlar avvalgi holatiga qaytadi. Minimal miqdorda kontrakt to'lovini amalga oshirishingiz yetarli. Kvotalar soni esa cheklangan.

Kontrakt to'lovini 1-oktyabrgacha 100% amalga oshirsangiz, yana 10% chegirma olasiz.

📄 Litsenziya (№377909, 06.08.2022 y.)

Siz ham ushbu chegirmalarni olmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq ariza topshiring.

👉Ariza topshirish

55-704-70-70 | @zarmedqabulbot

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥4👏3💯2😨21
🎵 Telegramga eshitayotgan musiqangizni profilingizga o’rnatish imkoniyati qo’shiladi. Funksiya ilovaning yopiq beta-versiyasida aniqlandi.

• Foydalanuvchi ilovada istalgan qo’shiqni yoqishi va bir tugmani bosish orqali uni o’z profiliga qo’shishi mumkin bo’ladi.

• Shundan so’ng, boshqa foydalanuvchilar profilni ko’rishganida ushbu musiqani eshitishlari mumkin bo’ladi.

• Profilga o’rnatilgan qo’shiq ustiga bosilganida foydalanuvchining pleylistidagi barcha treklar ko’rinadi.

Ma'lumki, istalgan foydalanuvchi Telegram'ga audiofaylni yuklashi mumkin — bu orqali, masalan, butun treklar to‘plamini yaratishingiz va hatto uni kanal yoki chatda bo’lishishingiz mumkin.

📟 DigiTech
27👍13🤯7🔥5👏5👨‍💻3🫡3🤝2