AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.54K photos
1.41K videos
2.32K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Ucell raqamli kelajak tarafdori

Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi.

Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar.

Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi.

Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Reklama
👍226😁3👏21🤔1
☀️ Buyuk Britaniya rasmiylari kuchli qurg’oqchilik fonida suvni tejash uchun odamlarni eski elektron pochta xabarlari va fotosuratlarni o’chirishga chaqirdi.

Tashabbus mualliflarining fikriga ko’ra bu, ma’lumotlar markazlarini sovutish uchun kamroq suyuqlik sarflashga imkon beradi, ammo tavsiya ijtimoiy tarmoqlarda ma’qullanmadi, chunki rasmiylar serverlar boshqa mamlakatlarda joylashgan bo’lishi mumkinligini hisobga olishmagan va ma’lumotlarni saqlash uchun sarflanadigan resurslar xarajatlari ularni o’chirishdan bir necha baravar kamroq.

Yog’ingarchiliklarning kamligi tufayli Buyuk Britaniya hozirda 1976-yildan beri eng yomon qurg’oqchilikni boshdan kechirmoqda — muammo «milliy favqulodda holat» deb e’lon qilingan.

📟 DigiTech
👍4412👏52🔥2🤝1
🚘 Yangi jahon rekordi: Koenigsegg Jesko Absolut giperkari Bugatti Chiron'dan deyarli ikki baravarga o’zib ketdi.

Avtomobil 16,77 soniyada 0 dan 400 km/soatgacha tezlashdi. Buni amalga oshirish uchun Bugatti Chiron'ga 32 soniya kerak bo’lgandi.

Jesko Absolut hatto elektromobillar orasida rekordchi Rimac Nevera R'dan ham tezroq bo’lib chiqdi.

📟 DigiTech
181👍4223👏9🤯6🔥3🤔3🫡2
⚡️Telegram bugun 12 yoshda!

Shu vaqt ichida Telegram suratda ko’rib turganingizdan dunyoning eng yirik messenjerlaridan biriga aylandi, ilovada hozirda, kanallar, NFT sovg’alari, stories'lar va barchaga qulaylik yaratadigan boshqa ko‘plab funksiyalar mavjud.

Telegram jamoasini tabriklaymiz.

📟 DigiTech
2👏11228🎉24🔥8🫡8👍7😁3🤯2💯2
⚡️Google Translate'ga til o’rganish funksiyasi, SI murabbiy qo’shiladi va o‘z mahoratingizni dialog formatida mashq qilishingiz mumkin bo’ladi.

Unda sizning bilim darajangizga moslashtirilgan darslar va talaffuz mashqlari bo’ladi.

Hozircha xizmat beta-versiyasida ishlamoqda va yaqinda barcha uchun chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

📟 DigiTech
🔥3626👏94👍4💯2🤓2👨‍💻2🫡2