🧮 OpenAI'ning tadqiqotlar uchun yangi «fikrlaydigan» sinov modeli matematika bo’yicha xalqaro olimpiadada oltin medalni qo’lga kiritdi. Bungacha bironta ham neyron tarmoq bunday natijaga hatto yaqinlasha olmagan!
LLM 6 ta murakkab masaladan 5 tasini osonlikcha yechdi, eng asosiysi, hakamlar uni haqiqiy insondek baholashgan: unga ishlash uchun 9 soat vaqt berishdi, internetga kirish imkoniyati cheklandi va javoblarni faqat tabiiy tilda to’liq asoslash va isbotlash orqali qabul qilishdi.
OpenAI xodimlarining ta’kidlashlaricha, IMO Gold LLM — bu hozircha faqat sinov tadqiqot modeli va bunday kuchli neyrotarmoqni yaqin oylarda chiqarishni rejalashtirishmayapti.
📟 DigiTech

👍49❤17🤯10🔥8⚡3💯2🫡2
📲 Tadqiqot: Agar siz juda ko’p siyosiy kontent ko’rsangiz, YouTube algoritmlari sizga ataylab kulgili va qiziqarli videolarni tavsiya qilishni boshlaydi.
Arkanzas universiteti tadqiqotchilari tomosha vaqti va kontent sezgirligiga qarab YouTube Shorts tavsiyalari qanday o’zgarishini o’rganish uchun 685 000 dan ortiq videolarni tahlil qilib chiqishdi.
Ma’lum bo’lishicha, siyosiy mavzulardagi videolarni tomosha qilishni boshlaganingizda, YouTube sizga ko’proq ko’ngilochar videolarni tavsiya qilishni boshlaydi, ayniqsa YouTube Shorts'da.

😁124❤16⚡15👍12🤯6💯3🫡3🔥2👏2
⚡️Floridalik olimlar har qanday saraton turiga qarshi universal vaksinani ishlab chiqishdi.
Boshqa dorilardan farqli o’laroq, u o’simtaning ma’lum bir turini emas, balki immun tizimiga har qanday saraton hujayralarini tanib olish va ularga hujum qilishga yordam beradi.
U sichqonlarda allaqachon muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi: sinovlar natijasida hatto boshqa dorilar ta'sir qilmagan o’simtalar ham yo’q bo'lib ketdi. Odamlarda sinovlar endi o’tkaziladi.

👍101👏19❤18⚡7🔥3🎉2
👨💻 Yigit neyron tarmoq yordamida barcha jarayonlarni avtomatlashtirishga qaror qildi va neyrotarmoq to’qqizinchi kuni uning 200 million dollarlik startapidagi ma’lumotlar bazasini shunchaki o’chirib tashladi.
SaaStr asoschisi loyihaga dasturlash va avtomatlashtirish vositasi bo’lgan Replit AI'ni qo’shishga qaror qildi. Botga kodga kirish huquqi berildi va dastlab hammasi yaxshi ketdi: SI kod yozdi, xatolarni tuzatdi va vazifalarni avtomatlashtirdi. Ammo ishining to’qqizinchi kuni ma’lumotlar bazasi buzilgan deb qaror qilib, ma’lumotlar bazasiga hech qachon tegmaslik taqiqiga qaramay, uni o’chirib tashladi.
Eng qizig’i, bundan keyin neyron tarmoq hech narsa bo’lmagandek ish jarayonini simulyatsiya qilishga qaror qildi — soxta hisobotlar va testlarni generatsiya qildi. Botdan nima uchun bunday qilganini so’rashganida, u shunchaki «vahimaga tushganini» tushuntirib, «xavfsizroq» bo‘lishi uchun ma’lumotlar bazasini o’chirib tashlaganini aytdi.

😁151🤯33❤20🤓4👍3👏3⚡2🎉1💯1👨💻1🫡1
🎥 Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» franshizasining oltinchi qismida Jek Chittak roliga qaytadi.
Disney Margo Robbi bilan loyihani qayta ishga tushirish g’oyasidan voz kechdi — buning o’rniga ular afsonaviy aktyorlarni qaytarishadi. Jonni Depp bilan birga o’z rollariga Orlando Blum va Kira Naytli ham qaytishadi.

👏139👍34❤22🔥9💯5🤯2⚡1
⚡️OpenAI ilk bor ChatGPT'dan foydalanish ko’rsatkichlarini rasman e'lon qildi: kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, chatbotga har kuni 2,5 milliarddan ortiq so’rovlar keladi.
Auditoriyaning o’sish statistikasi: 2024-yil dekabr oyida haftalik foydalanuvchilar soni 300 million bo’lgan bo’lsa, 2025-yil martida bu ko’rsatgich 500 milliondan oshgan.
ChatGPT so’rovlar hajmi bo’yicha hamon Google'dan orqada bo’lsa-da (yiliga taxminan 5 trillion qidiruv so’rovlari), ekspertlarning ta'kidlashlaricha, OpenAI'ning o‘sish tezligi qidiruv gigantining hukmronligiga jiddiy xavf tug’diradi.

Reuters nashri xabar berishicha, kompaniya sun'iy intellekt asosida ishlaydigan o’zining veb-brauzerini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, bu nafaqat Google Search, balki Google Chrome uchun ham muammo tug’dirishi mumkin.
📟 DigiTech
🔥55🤯23❤12👍11👏6💯4🫡2⚡1🥰1🎉1🤝1
🧮 Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) insonlar sun’iy intellektni mag’lub etishdi. Neyron tarmoqlar faqat «oltin medal» uchun minimal chegaradan o’tishga muvaffaq bo’lishdi.
Google va OpenAI'ning top modellari vazifalarning faqat 5/6 qismini bajara olishdi. Besh nafar talabalar esa 42 ball (maksimal) to’plashdi. Ularning barchasi 20 yoshdan kichik.
IMO'dagi masalalarni istagan odam veb-saytda ishlab ko’rishi mumkin.

👍73🤯16❤7🔥5💯4⚡1👏1
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib 🇯🇵 Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
Qabul davom etmoqda ! Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi.
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
Reklama

👍14🤓3👏2😢2❤1🔥1🤔1
⚡️245 TB sig'imli SSD chiqarildi — «Kioxia LC9»ga 12 mingdan ortiq 4K sifatdagi filmlarni yoki so’nggi 20 yildagi barcha mashhur video o’yinlarni yozib olish mumkin.
245 TB versiyasi serverlar uchun yaratilgan. Standart 2,5 dyuymli korpusda faqat 128 TB SSD bo’ladi, ammo shaxsiy kompyuterlar uchun bu ham rekord hajmdir.
Eng yaxshi LC9 SSD narxi 25 000 dollar bo’lishi taxmin qilinmoqda. Sotuvlar boshlanish sanasi hali noma’lum.

🤯85👍19❤12⚡4👏4😇4🔥2💯1👨💻1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Neyron tarmoq har qanday videoni real vaqt rejimida tarjima qilib, subtitr qilib beradi.
— 100 dan ortiq tillarni qo’llab-quvvatlaydi;
— Ikkitalik subtitrlarni yaratishingiz mumkin: bir vaqtda asl, ham tarjimasini;
— «So‘z qidirish» funksiyasidan foydalanib, notanish iboralarni oson o’rganish mumkin;
— Har qanday video bilan ishlaydi, shunchaki havolani kiriting;
— Asosiysi bularning barchasidan bepul foydalanish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.

❤29👍12🤯12👏6🔥3🤝2🫡2🎄2⚡1💯1
Yandex bilan dasturlash olamiga qadam qo‘y!
Yandex Uzbekistan 14–17 yoshli maktab o‘quvchilari uchun bepul onlayn kursni ishga tushirdi. Bu — Python'ni noldan boshlab o‘rganish va turtle moduli yordamida kodni grafikaga aylantirishni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat!
Onlayn kursda:
✔️1–1,5 soatlik 8 ta modul
✔️Avtomatik tekshiruv va darhol natijalar
✔️O‘quvni yakunlaganlar uchun sertifikat
Bonus: 120 nafar eng faol o‘quvchi tanlovsiz Yandex dasturlash maktabiga qabul qilinadi. U yerda – chuqurlashtirilgan Python va jamoaviy loyihalar!
🗓Ro‘yxatdan o‘tish — 15 avgustgacha
🔥 Kurs to‘liq onlayn va bepul
👉 Startni bu yerdan boshla: https://codingschool.yandex.uz/startcoding

👍17❤10🔥5⚡4👏1
⚡️Meta bitta sun’iy intellekt muhandisini ishga olish uchun 1,25 MILLIARD dollar taklif qildi, lekin baribir rad javobini oldi.
Mark Sukerberg shaxsan Abel startapining SI mutaxassisini o’z kompaniyasiga o’tkazishga urindi: u 4 yil davomida 1,25 milliard dollar, ya'ni yiliga 312 million dollar maoshni taklif qildi. Bu hozirda sun’iy intellekt sohasidagi eng katta taklif hisoblanadi.
Ajablanarlisi shundaki, mutaxassis taklifni rad etdi. Ma'lumotni Abel asoschisining o’zi tasdiqladi. Uning aytishicha, jamoa kuchli madaniyatga ega va ularning qadriyatlari har qanday mablag’dan muhimroq turadi.

👍121🤯38⚡18❤17🫡10🔥8👏8🤔2💯2🎄1
📡 Xitoyda 6G tarmog’i sinovdan o’tkazildi — texnologiya 50 gigabaytlik faylni 1,4 soniyada uzatadi, bu hozirgi 5G'ning maksimal nazariy tezligidan 14 baravar yuqoriroq.
Shahardagi 10 ta real obyektda amalga oshirilgan sinov ishga tushirish ishlari doirasida China Mobile mutaxassislari 280 Gbit/s ma'lumotlarni uzatish tezligiga erishdilar. Sinovning keyingi bosqichi — tarmoqning umumiy barqarorligini ta'minlash.
China Mobile kompaniyasining 6G tarmoq loyihasiga kiritgan sarmoyasi allaqachon 5,4 milliard dollardan oshdi. 5G tarmoqlari bo’yicha kompaniya hozirda dunyodagi eng katta qamrovga ega: 2,4 milliondan ortiq stansiyalar Xitoy ma'muriy hududlarining 93 foizini qamrab olgan.

❤57👍34🤯18👏5😁4🫡4🔥2😢2⚡1💯1
⚡️Toni Stark texnologiyalari asta-sekin reallashtirilmoqda: Meta imo-ishoralar bilan kompyuterni boshqarish mumkin bo’lgan bilaguzukni ko’rsatdi. Uning yordamida kursorni siljitishingiz, ilovalarni ochishingiz va hatto klaviaturani ishlatmasdan qo’lda xabar yozishingiz mumkin.
Gadjet mushaklarning elektr faolligini kuzatib boradi va eng kichik signallarni ham buyruqlarga aylantiradi. Natijada, u deyarli kechikishlarsiz ishlaydi, chunki qurilma odamning harakatlarini oldindan «his qiladi».

❤62👍27🤯17🔥6💯4👨💻4⚡3👏2🤝1