AI | DigiTech
51.4K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sharsimon chaqmoqlar mavjud bo’lishi mumkin — Kanadaliklar juda kamyob hodisani suratga olishga muvaffaq bo’lishdi.

U momaqaldiroqdan so’ng darhol paydo bo’lgan, dala bo’ylab bir oz uchib o’tgan va g’oyib bo’lgan. Olimlar videodagi chindan ham sharsimon chaqmoq bo’lishi mumkinligini istisno qilishmayapti, lekin 100% aniqlik yo’q.

📟 DigiTech
🤯52159🤔7👏5💯3🤓3👍2
💊 Google saratonni yengishga qaror qildi: kompaniya sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi dorini sinovdan o’tkazish uchun birinchi ko’ngillilarni izlamoqda.

Preparat AlphaFold modeli yordamida ishlab chiqilgan. U oqsillar va DNK tuzilishidagi o’zgarishlarni bashorat qila oladi. Ishlab chiquvchilar kelajakda ushbu SI har qanday kasallikni davolay olishiga ishonishadi.

AlphaFold boshqa dorilarni ishlab chiqishda allaqachon birinchi muvaffaqiyatlarni ko’rsatdi. Ammo sun’iy intellekt yordamida yaratilgan saratonga qarshi dorilarning ilk «jonli» sinovi endi o’tkaziladi.

📟 DigiTech
👍50🔥1713👏5🫡3🤝21🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏗️ Xitoyning Jinan shahridagi qurilish maydonida atrofga chang tarqalmasligi va mahalliy aholini shovqin bilan bezovta qilmaslik uchun ulkan himoya gumbazi shishirildi.

Balandligi 50 metr bo’lgan qobiq taxminan 20 000 m² maydonni egallaydi. U egiluvchan va yong’inga chidamli poliviniliden ftoriddan ishlab chiqilgan bo’lib, tovushlarni 80 foizga pasaytiradi, ichkarida esa ishchilar uchun toza havo aylanishini va namlikni ta’minlaydigan kuchli ventilyatorlar o’rnatilgan.

📟 DigiTech
🔥101👍32👏1312🤯6🫡31💯1
🛵 BMW futuristik dizaynli CE 04 2025 elektr skuterini chiqardi.

Unga 42 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, 0-50 km/soat tezlikka 2,6 soniyada erishadi. Maksimal tezlik esa soatiga 120 km. Bir zaryadda 130 km masofani bosib o’tadi. Muvozanatni boshqarish tizimi, ABS, isitiladigan rul va o’rindiqlar mavjud.

Narxi — 13 000 dollar.

📟 DigiTech
👏60👍2716😨11🤯6🤓3🎉2🫡21🤔1💯1
📲 Apple kutilmaganda «suyuq shisha» dizaynidan voz kechdi — testerlar yangi iOS 26 beta-versiyasida ikonkalar shaffof emasligini payqashdi.

Eslatib o’tamiz: 9-iyun kuni Tim Kuk WWDC ko’rgazmasida bir soatlik taqdimotini «suyuq shisha» dizayniga bag’ishlagan edi, endi esa undan voz kechdi.

📟 DigiTech
🔥54😁4514👍5😡42😢2🤯1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Bir daqiqada veb-saytlar yaratamiz: MySite AI top neyron tarmog’i chiqdi, u oddiy matnli so’rovdan lending sahifalarni yaratib beradi.

— Shunchaki saytning mohiyatini tasvirlab berish kifoya. SI strukturani yig’adi, saytni kontent bilan to’ldiradi va dizaynni moslashtiradi;
— Hechqanday kod va shablonlarsiz;
— Portfolio, rezyumelar va bloglar sahifalari uchun ideal to’g’ri keladi;
— To’g’ri brauzerda ishlaydi va bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
24👍146😢3👏2👨‍💻2🫡1
🚘 Bentley old yo’lovchi o’rindig’i bo’lmagan yangi kontsept avtomobilni namoyish etdi — old o’rindiq o’rniga unga kuchuklar uchun o’rindiq o’rnatilgan.

Kompaniyadagilarning fikricha, oldingi yo’lovchi o’rindig’i eskirgan, shuning uchun yangicha yondashuv vaqti keldi.

EXP 15 konsepti kelajakdagi modellarning asosiga aylanadi.

📟 DigiTech
😁109🤯177👏7👍5😡42😢1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda robo-it 13,7 soniyada yuz metr masofani bosib o’tib yangi jahon rekordini o’rnatdi.

Black Panther II janubiy koreyalik Hound robotidan (avvalgi rekordchi natijasi 19,9 soniya edi) o’zib ketdi, lekin hali eng tezkor odam natijasiga yeta olgani yo’q. Useyn Bolt bu masofani atigi 9,58 soniyada bosib o’tgan edi.

📟 DigiTech
👍58😁15🫡86🤯43👏3💯2🔥1
⚡️NVIDIA kapitalizatsiyasi 4 trillion dollarga yetgan tarixdagi birinchi kompaniya bo’ldi.

So’nggi bir necha yil ichida IT-korporatsiya aksiyalarining qiymati sun’iy intellektlarning keskin rivojlanishi fonida juda tez o’sib bormoqda: 2023-yilda uning bozor qiymati birinchi marta 1 trillion dollarga yetgan edi, 2024-yilda esa uch baravarga oshdi.

Hozirda undan keyingi o’rinlarni 3,75 va 3,1 trillion dollar kapitalizatsiya bilan Microsoft va Apple kompaniyalari egallab turishibdi.

📟 DigiTech
👍53195🤯4🔥3👏2🥰1🎉1💯1🫡1
⚡️Grok 4 chiqdi — Ilon Mask'ning neyrotarmog’i beshta asosiy benchmarklar bo’yicha barcha top-modellardan o’zib ketdi.

– Modelning ikkita versiyasi mavjud: oddiy Grok 4 va ilg'or Grok 4 Heavy;

– Grok 4 Heavy AIME25 matematika testidan 100% o’tdi. U tom ma’noda matematikada barcha masalalarni yecha oladi;

– Eng qiyin benchmark bo’lgan «Insoniyatning so‘nggi imtihoni»da ikkala model 38,6% va 44,4% ball to’plab, avvalgi rekordni yangiladi;

— Neyron tarmoq fizikaning yangi qonunlarini ixtiro qilishga qodir: Ilon Mask undan Marsni kolonizatsiya qilishda foydalanmoqchi;

Ikkala model ham obuna bo’yicha mavjud. Grok 4 yiliga 300 dollar turadi, ilg'or Heavy uchun esa yiliga 3000 dollar to’lashga to’g’ri keladi.

📲 Allaqachon rasmiy saytida sinab ko’rish mumkin.

📟 DigiTech
🔥64🤯2514👍11👏6🫡32🎉1💯1