AI | DigiTech
51.2K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Astronomlar koinotdagi Katta portlashdan keyingi eng kuchli chaqnashlarni qayd etishdi — ulardan chiqqan energiya yuzta Quyosh 10 milliard yilda chiqaradigan energiya bilan tengdir.

Ushbu hodisalarni «ekstremal yadroviy tranziyentlar» deb atashdi. Ularni 2016, 2018 va 2020-yillarda «Gaya» kosmik teleskopidan olingan ma’lumotlarda topishdi, ular ulkan yulduzlar o’ta massiv qora tuynuklar tomonidan parchalanib, koinotga katta miqdorda energiya chiqarilishi natijasi bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯5613👍9🤝6🔥21🎉1
👨‍💻 Xitoyliklar ishsizligini oilasi va do’stlaridan yashirish uchun ommaviy ravishda ofislarda soxta ish joylarini ijaraga olishmoqda.

Kuniga 4-7$ evaziga stol, Wi-Fi, tushlik va hattoki «hamkasblar»ni ham berishadi. Agar ertalab «ishga» kech qolsangiz, jarimaga tortishadi. Qo’shimcha haq evaziga esa siz xo’jayin bo’ladigan yig’ilishni tashkil etish mumkin.

Aytishlaricha, bu bekorchilikdan aqldan ozmaslikka yordam beradi va tanishlar «biznes bilan shug'ullanyapti» deb o’ylashadi.

📟 DigiTech
😁252🤯3416🤔11👍7😨5🔥1💯1🤝1
📲 Apple WWDC 2025 ko‘rgazmasida iOS 26'ni namoyish etdi. Asosiy yangiliklar:

– iOS 7 dan keyingi eng katta dizayn yangilanishi. Yangi dizayn «suyuq shisha» deb nomlanadi. Barcha Apple qurilmalari ushbu dizaynga o’tkaziladi;

– Qulflangan ekranga 3D effektli suratni qo’yish mumkin bo’ladi;

– Kamera ilovasi to’liq qayta ishlandi. Endi faqat ikkita rejim ko’rinadi — Foto va Video, sozlamalarni bir tugma orqali o’zgartirish mumkin;

– Barcha ilovalarda qo’shiqlar, telefon qo’ng’iroqlari va xabarlarni avtomatik tarjima qilish funksiyasi qo’shiladi;

– Tez-tez qo’ng’iroq qiladigan kontaktlaringiz tepada ko’rsatiladi (xuddi stories'lar kabi).


Hardoimgidek iOS 26'ni ham ommaviy versiyasi kuzda chiqariladi.

📟 DigiTech
🔥46👍1512😁4🤯2👨‍💻21🎉1😡1
⚡️iOS 26 nihoyat iPhone’ni to’liq zaryadlash uchun qancha vaqt ketishini ko’rsatib turadi.

Mana buni haqiqiy INNOVATSIYA desa bo’ladi :)

📟 DigiTech
😁3411713👏6👍5🔥4🤝3🫡3😢1💯1
⚡️Bu haqiqiy suratlar emas — «Death Stranding 2: On the Beach» o’yini kadrlari namoyish etildi. O’yin grafikasi juda realistik qilib ishlangan.

Ikkinchi qism voqealari birinchi qismdan bir yil o’tgach boshlanadi. O’yinni taqdimot videosidan baholashingiz mumkin.

O’yin chiqarilish sanasi — 26-iyun.

📟 DigiTech
55🤯50🔥12👍7🥰4👏3😨2🫡21💯1
⚡️OpenAI o’zining eng aqlli SI modeli o3-pro'ni chiqardi. Yangi model barcha benchmark'larda raqobatchilardan ancha o’zib ketdi.

Barcha vazifalarda o3-pro oddiy o3 ga qaraganda 64% yaxshiroq natija ko’rsatdi. U matematikada, murakkab dasturlashda va yozuvchilikda juda kuchli. U internetdan ma’lumot izlaydi va fayllarni analiz qila oladi.

Hozircha ushbu model faqat pullik obunaga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.

📟 DigiTech
🔥4710👍10👏5🤯21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱iOS endi… Android — Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar yangi iOS 26'ni uning raqobatchisi Android operatsion tizimi bilan solishtirib ko’rishdi va juda ko’plab o’xshashliklarni topishdi.

📟 DigiTech
🔥80😁60👍126💯53🤯3👏1😡1
☕️ Starbucks dunyo bo’ylab sayohat qilib, qahva ichishga va bu haqda TikTok videolar olishga tayyor ikki kishini izlamoqda. Buning uchun yiliga 136 000 dollargacha maosh to’lashadi.

Kompaniya barcha parvozlar va o’z qahvaxonalariga tashriflarni to’lab beradi. «Ishchilar» Yaponiya, Italiya va Kosta-Rika'ga sayohat qilishadi.

Nomzodga qo’yiladigan minimal talablar: 18 yoshdan katta bo’lish, sayohat qilish uchun erkin grafikda bo’lish va trendlardan xabardor bo’lish.

📟 DigiTech
🫡70😡36👍25219😁5😢3🎄2🥰1😨1🤝1
⚡️HP va Google kompaniyalari videoqo‘ng’iroqlar uchun real suhbat effektini beruvchi «golografik 3D televizor»ni chiqardi.

Ko’plab datchiklar va kameralar tufayli uch o’lchamli tasvir yaratiladi va siz gaplashayotgan odam haqiqatan ham siz bilan bir xonada turgandek ko’rinadi: lekin buning uchun uning xonasida ham shunday qurilma bo’lishi kerak.

Narxi — 25 000 dollardan.

📟 DigiTech
53🔥20👍14😁9👏4👨‍💻42💯2🤝2