AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Talabalar uchun: har qanday mavzu bo’yicha masalalarni yechish uchun foydali neyrotarmoqlarni to’pladik.

Symbolab. SI asosidagi kalkulyator. Algebra, geometriya va fizika fanlaridan murakkab masalalarni yecha oladi va tushuntiradi;

WolframAlpha. Har qanday fanni o’rganishga yordam beradi. U orqali matematika va boshqa fanlarni, jumladan, tarix va geografiyani o’rganish mumkin;

Chemequations. Kimyo uchun kalkulyator, murakkab kimyoviy reaksiya formulalarini batafsil tushuntirib beradi.

Saqlab qo’ying, imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi.

📟 DigiTech
1🔥42👍30👏43💯1👨‍💻1🤝1
⚡️Orzudagi kompyuterni yig’amiz - BuildCores sayti chiqdi, unda siz bir necha marta bosish orqali tarkibiy qismlardan o’zingizga kerakli kompyuterni yig’ishingiz mumkin.

— Qismlar bir-biriga to’g’ri kelishini avtomatik tekshiradi;
— Kerakli byudjetga mos qilib yig’ib beradi;
— Kompyuterning tashqi ko’rinishini 3D model holatida baholashingiz mumkin;
— Yig’ilgan kompyuterni protsessor va videokarta benchmarklaridan o’tkazib natijani chiqaradi;
— Yig’ilgan kompyuter qancha elektr energiyasi sarf qilishini ko’rsatib beradi;
— Eng asosiysi undan foydalanish BEPUL!

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍70🔥18😁6👏532🤯2😢1💯1😨1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱Infinix Note 50 Pro — birinchi qarashdanoq hayratda qoldiradigan smartfon!

☄️ArmorAlloy metal hoshiya — maksimal himoya uchun
☄️90W tez zaryad + MagCharge 30W simsiz adapter SOVG‘A
☄️6.78" AMOLED-displey, 144Hz yangilanish tezligi
☄️AI-funktsiyalar va barmoq izi skaneri bilan to‘liq jihozlangan

🔥 Sotuvda! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉Batafsil ma'lumot havolada

TABIATDAN YUQORI SAMARADORLIK

#InfinixUz #InfinixNote50SeriesUz #InfinixNote50Uz #InfinixNote50ProUz #Note50SeriesUz #Note50Uz #Note50ProUz
👍29😁61👏1👨‍💻1
⚡️MrBeast boyligini o’zi ishlab topgan tarixdagi eng yosh milliarderga aylandi. 27 yoshli Jimmi'ning boyligi hozirda 1 milliard dollarga baholanmoqda.

Yana biroz faktlar:
– U dunyodagi 30 yoshgacha bo’lgan 16 milliarderlar qatoriga kirdi;
– Jimmi ular orasida boyligini meros qilib olmasdan, o’zi ishlab topgan yagona insondir;
– YouTube kanali unga deyarli daromad keltirmaydi, asosiy mablag’ Beast Games, Feastables shokoladlari va boshqa mahsulotlardan keladi;
— Uning oylik daromadi hozirda taxminan 50 million dollarni tashkil qiladi.


📟 DigiTech
👍187🔥43🤯149👏5😁5🎉1😨1
♟️Magnus Karlsen Chess.com saytida 46 kun davom etgan tarixiy onlayn o’yinda butun dunyodan 143 000 raqib bilan durang o’ynadi.

O’yin Fisher shaxmati formatida, piyodalardan tashqari barcha donalar uchun tasodifiy boshlang’ich pozitsiyasi bilan o’ynaldi. Karlsen birinchi yurdi, shundan so’ng «Dunyo» jamoasining har bir yurishi foydalanuvchilarning ovoz berishi orqali tanlandi. Har bir yurishni o’ylash uchun ikkala tomonga ham 24 soat vaqt berildi.

Ushbu o’yin tarixdagi «Grossmeyster dunyoga qarshi» formatidagi uchinchi yirik onlayn o’yinga aylandi. Karlsen g’alaba qozona olmagan birinchi grossmeyster bo’ldi, ammo unga qarshi rekord darajada ko’p o’yinchilar o’ynashdi.

📟 DigiTech
🔥130👍53👏13😁8🤯86🫡32💯1😡1
🛫 Faqat tik turib uchish joylari bo’lgan samolyotlar 2026-yildan ishga tushirilishi mumkin. Loukosterlar allaqachon maxsus «tik o’rindiqli» samolyotlarni ishga tushirishni ko’rib chiqishmoqda.

Bunday samolyotlardagi joylar soni 20 foizga oshishi, chiptalar esa arzonlashishi mumkin. Tik o’rindiqlar allaqachon xavfsizlik tekshiruvidan o’tgan, ammo ular faqat 2 soatgacha bo’lgan parvozlar uchun ruxsat beriladi.

📟 DigiTech
1👍99😁38😢8🔥7😡542💯2🫡2🤝1
📲 Xiaomi o’zining Xring O1 protsessori o’rnatilgan birinchi smartfonini namoyish etdi, uni ishlab chiqish uchun 1,8 milliard dollar sarflangan. Ishlash ko’rsatkichlari bo'yicha u Qualcomm'ning top protsessoriga yaqin, ba'zi vazifalarda esa iPhone 16 ni ham ortda qoldiradi.

Yangi Xiaomi 15S Pro shuningdek, 6,7 dyuymli AMOLED 120 hz ekran, 16 GB/1 TB gacha xotira va 6100 mA/soat sig’imli akkumulyatorga ega bo’ldi, kameralari esa 50+50+50 MP.

Xitoyda narxi 760 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍73🔥22🫡65👏3💯21😨1🤝1
⚡️Donald Tramp Apple'dan AQSh'da sotiladigan iPhone'larni AQSh'da ishlab chiqarishni talab qildi, aks holda kompaniyani 25 foizlik bojlar kutmoqda.

«Men Tim Kuk'ga ancha vaqt oldin AQSh'da sotiladigan iPhone'lar Hindiston yoki boshqa joyda emas, Amerika Qo’shma Shtatlarida ishlab chiqarilishi kerakligini aytganman. Aks holda, Apple kamida 25% boj to’lashiga to’g’ri keladi», — deb yozdi AQSh prezidenti, bu xabardan so’ng kompaniya aksiyalari narxi kamida 4 foizga tushib ketdi.

Bugungi kunda Apple mahsulotlari faqat Xitoy, Hindiston, Vyetnam va Tayvanda ishlab chiqariladi va yig’iladi, AQSh'da esa kompaniyaning faqat bosh ofisi va tadqiqot markazlari joylashgan.

📟 DigiTech
👍88😁66🤯12🔥3👏2😢2💯2🤝2🫡21🎉1
🏠 Yaponiyaning istalgan joyidan bepul uylarni tanlaymiz. Mamlakatda juda arzonga va hatto havo narxiga ham uylarni topish mumkin.

Ba'zan yaponlar ko’chib ketayotganlarida eski uylarini shunchaki tashlab ketishadi. Bunday uylar «akiya» deb ataladi — ular mamlakat hukumati tomonidan sotib olinadi va veb-saytda juda arzon narxga (ba'zida bepulga) sotuvga qo’yiladi.

👉 Orzudagi uyni izlash uchun havola.

📟 DigiTech
2🔥87👍37😨14👏6🤝64🤯2💯2😡1
⌚️ Dengiz tubida taxminan 6 oy yotgan Apple Watch, topilganidan so’ng to’liq ishlayotganligi aniqlandi.

Topilganidan keyin uni faqat chig’anoqlardan tozalab, zaryadga ulashdi va soat ishlab ketdi. Qurilmani topgan Reddit foydalanuvchisi hayratda qoldi va birinchi marta Apple gadjetiga buyurtma berishga qaror qildi.

Bundan yaxshiroq reklama bo’lmasa kerak :)

📟 DigiTech
👍14356😁26🤯14🔥98🫡5👨‍💻3👏1💯1😨1
⚡️Xitoyda tunda ko’rish imkonini beruvchi linzalar ixtiro qilindi — ular yordamida hatto ko’zni yumib ham ko’rish mumkin.

Nanozarrachalar yordamida linzalar infraqizil nurni ko’rinadigan yorug’likka aylantiradi. Ushbu nurlar ko’z qovog’idan yanada yaxshiroq o’tadi, shuning uchun odam hatto yopiq ko’zlar bilan ham ko’ra oladi.

Ushbu super linzalar mutlaqo xavfsiz va zaryadlash shart emas, shuningdek, ularni oddiy linzalarga qaraganda uzoqroq vaqt taqish mumkin.

Kiberpank yaqin.

📟 DigiTech
🫡105👍67🤯40🔥8😨74😁4🤔32💯2👏1
🛰️ Bloger Mark Rober koinotda sayyora bilan fonda selfi olish mumkin bo’lgan sun’iy yo’ldoshni uchirdi.

Xizmat mutlaqo bepul va hatto selfi olinadigan hududni ham tanlash mumkin (misol uchun: Misr piramidalari). Shunchaki rasmingizni yuklang va tasdiqlanishini kuting — tayyor fotosurat elektron pochtangizga yuboriladi.

👉 Koinotda Yer bilan selfi tushish uchun havola.

📟 DigiTech
👍93🔥18👏8🤯53🤝32💯2😨1
🍔 Tadqiqot: Fast-food va yarim tayyor mahsulotlar Parkinson kasalligini keltirib chiqaradi — ularni iste’mol qiladiganlarda bu dahshatli kasallikka chalinish ehtimoli 2,5 baravar yuqori bo’ladi.

Tadqiqotchilar to’rt yil davomida 50 mingga yaqin odamni tahlil qilishdi va hayratda qolishdi.

Olimlar aniqlashicha, qayta ishlangan oziq-ovqatlar tanaga hech qanday foyda keltirmaydi, lekin tezda ich qotishi, uyqu buzilishi va oshqozon bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, fast-food'ni yaxshi ko’radiganlar hid va ranglarni yomon ajratishni boshlashadi, kun davomida uyqusi kelib, doimo tashvishda yurishadi.

📟 DigiTech
👍61🤯24😨10😢4💯32🔥1👏1🎉1🫡1🎄1
🤖 «Jonli po’lat» filmi realga aylandi: Xitoyda boshqariladigan robotlar o’rtasida boks bo’yicha dunyodagi birinchi televizion turnir o’tkazildi.

Ha, odamlar tomonidan boshqariladigan metall jangchilar — xuddi filmdagi kabi. Turnir Unitree kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Spoyler: ularning roboti yutdi :)

📟 DigiTech
😁80👍43👏10🤯5🔥43🤓3🫡3💯2