AI | DigiTech
52.1K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Nvidia geymerlar uchun maxsus arzon RTX 5060 videokartasini chiqardi.

Alan Wake 2, Cyberpunk 2077 yoki S.T.A.L.K.E.R. 2 kabi «og'ir» o’yinlarda yangi GPU grafikaning maksimal sozlamalari va 1080p sifatda soniyasiga 100 dan ortiq FPS chiqarib beradi.

Uning narxi atigi 299 dollar, solishtirish uchun — RTX 5090 flagmanining narxi 1999 dollarni tashkil etadi.

📟 DigiTech
👍8212🔥7🫡5🤔3🤝2💯1👨‍💻1
📱Qiziqarli ma’lumot: Samsung tarixi gadjetlardan emas, balki oziq-ovqat do’konidan boshlangan.

Kompaniyaga 1938-yilda tadbirkor Li Byon Chol asos solgan va dastlab un, quritilgan baliq va makaron savdosi bilan shug’ullangan, biroq keyinchalik tez sur’atlarda kengayishni boshlagan — Xitoyga eksportni yo’lga qo’ygan, mamlakatdagi eng yirik shakar zavodi va boshqa fabrikalarni qurgan.

Elektronika ishlab chiqishni esa faqat 30 yil o’tgach, istiqbolli yo’nalishlarni egallashni qaror qilishganida, televizorlarni yig’ishdan boshlashgan.

📟 DigiTech
👏67👍48🔥129🤝3🫡32😁2💯2🤯1🎄1
🛰️ Xitoy kosmik stansiyasida ekstremal kosmik sharoitlarga va radiatsiyaga chidamli bakteriyalarning ilm-fanga ilgari noma’lum bo’lgan shtammi topildi.

Namunalar allaqachon Yerga yetkazilgan va o’rganilgan: aniqlanishicha, mikroorganizmlar ma’lum bir organik birikmalarni ham parchalashga qodir va nazariy jihatdan ulardan chiqindilarni qayta ishlash va tibbiy maqsadlarda foydalanish mumkin.

Bu Xitoyliklar koinotda nima topsa darhol yerga olib kelaveradiyey)

📟 DigiTech
😁115👍35🤯177😨4🔥2💯2🤓2😡21
🎥 Videolar generatsiya qiluvchi sun’iy intellektlar yangi bosqichga chiqishdi: Google yangi Veo 3 modelini chiqardi, u juda realistik videolarni birdaniga ovozi bilan yaratadi.

Neyron tarmoqning o’zi ovoz yoki fon tovushini qo’shadi. Shuningdek, kamera sozlamalari, sahnalar uchun obyektlar generatsiyasi va promptlarni boshqarish uchun yordamchi vositalar qo’shilgan.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Foydalanish uchun AQSh VPN kerak bo’ladi.

📟 DigiTech
👍52🤯16🔥6👏31💯1😨1🤝1
⚡️Google o’zining Gemini 2.5 bazasidagi SI vositalarini katta yangilanishini namoyish etdi. Tez orada sinxron tarjima bilan video qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va xatlarga avtomatik javob berishni sozlash mumkin bo’ladi.

Eng qiziqarli yangi funksiyalar:
– Smartfon kamerasiga ulanadigan va atrof-muhit haqidagi barcha savollarga bir zumda javob beradigan Gemini Live funksiyasi;

– Google'ga murakkab so’rovlar uchun Gemini 2.0 asosidagi AI Mode qidiruvi. Chrome'ga Gemini o’rnatildi, u brauzer ekranidagi barcha kontentni tahlil qiladi;

– Suratingiz yordamida onlayn do’kondagi istalgan buyumni o’zingizda qanday turishini ko’rish uchun Try-On funksiyasi to’g’ridan-to’g’ri qidiruv tizimida mavjud bo’ladi;

– Google Meet'da qo’ng’iroqlar uchun real vaqtda tarjima funksiyasi;

– Gemini ilovasidagi SI agent mehmonxonalar yoki restoranlarni qidirishi va bron qilishi mumkin bo’ladi;

– Gmail'dagi xatlarga javoblarni avtomatik generatsiya qilish funksiyasi.


Aksariyat yangi funksiyalar yozda chiqarilishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍658👏84💯2🥰1😢1🤝1🫡1😡1
⚡️Mana nimaga neyrotarmoqlar bergan javoblarini har doim tekshirish kerak: Chicago Sun-Times gazetasi yozgi kitoblar ro‘yxatini e'lon qildi, ularning 15 tasidan 10 tasi mavjud emas. Ular chatbot tomonidan o‘ylab topilgan.

Buni boshqa jurnalistlar payqab qolishdi: yozuvchilarning ismlari haqiqiy bo‘lib chiqdi, ammo bunday asarlar hech qachon yozilmagan. Maqola muallifi tan olganidek, u haqiqatan ham «ba'zida» sun'iy intellektdan foydalanib turadi va har doim natijalarni tekshiradi, ammo bu safar istisno qilgan — endi u «bu ishi uchun juda uyalmoqda».

📟 DigiTech
👍71😁60🔥54👏3🤯1💯1
Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi

Endilikda S3 obyektli xotirasi Toshkent mintaqasida @ServercoreNews boshqaruv paneli orqali foydalanishga tayyor. S3 yordamida mediakontentlar, zaxira nusxalar (backup), ma’lumot to‘plamlari (dataset), sun’iy intellekt modellari kabi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga tezkor kirishni tashkil qilish mumkin.

Servercore tomonidan taqdim etilgan xotira asosiy afzalliklari:

— Toshkentda joylashgan foydalanish zonasi.
— Yuqori xizmat darajasi kafolati (SLA) — 99,99%.
— Ikki xil saqlash turi — standart va sovuq (kam foydalaniladigan ma’lumotlar uchun).
— Masshtablanish imkoniyati — S3da cheksiz miqdordagi obyektlarni saqlash mumkin.

Uch karra ma’lumot nusxalash (replikatsiya) — har bir blok uchta alohida serverda saqlanadi, bu esa hatto bitta server ishdan chiqqanda ham ma’lumotlarga kirishni kafolatlaydi.

Obyektli xotirani ijaraga olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting.

Reklama
👍16132🔥2👏1👨‍💻1
⚡️OpenAI kompaniyasi Apple sobiq bosh dizayneri Joni Ayv'ning maxfiy startapini 6,5 milliard dollarga sotib oldi.

Sotib olingan kompaniya Apple'ning sobiq xodimlari jamoasi bilan birgalikda yaratilgan bo’lib, «sun’iy intellekt qurilmalari»ni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi, biroq ular aynan nima ishlab chiqishganini aytishmadi.

Joni Ayv endi OpenAI'ning barcha mavjud va yangi mahsulotlari dizayni uchun javobgar bo’ladi.

📟 DigiTech
👍74🔥9🤯653🤝2🫡2💯1😨1
⚡️Talabalar uchun: har qanday mavzu bo’yicha masalalarni yechish uchun foydali neyrotarmoqlarni to’pladik.

Symbolab. SI asosidagi kalkulyator. Algebra, geometriya va fizika fanlaridan murakkab masalalarni yecha oladi va tushuntiradi;

WolframAlpha. Har qanday fanni o’rganishga yordam beradi. U orqali matematika va boshqa fanlarni, jumladan, tarix va geografiyani o’rganish mumkin;

Chemequations. Kimyo uchun kalkulyator, murakkab kimyoviy reaksiya formulalarini batafsil tushuntirib beradi.

Saqlab qo’ying, imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi.

📟 DigiTech
1🔥42👍30👏43💯1👨‍💻1🤝1
⚡️Orzudagi kompyuterni yig’amiz - BuildCores sayti chiqdi, unda siz bir necha marta bosish orqali tarkibiy qismlardan o’zingizga kerakli kompyuterni yig’ishingiz mumkin.

— Qismlar bir-biriga to’g’ri kelishini avtomatik tekshiradi;
— Kerakli byudjetga mos qilib yig’ib beradi;
— Kompyuterning tashqi ko’rinishini 3D model holatida baholashingiz mumkin;
— Yig’ilgan kompyuterni protsessor va videokarta benchmarklaridan o’tkazib natijani chiqaradi;
— Yig’ilgan kompyuter qancha elektr energiyasi sarf qilishini ko’rsatib beradi;
— Eng asosiysi undan foydalanish BEPUL!

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍70🔥18😁6👏532🤯2😢1💯1😨1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱Infinix Note 50 Pro — birinchi qarashdanoq hayratda qoldiradigan smartfon!

☄️ArmorAlloy metal hoshiya — maksimal himoya uchun
☄️90W tez zaryad + MagCharge 30W simsiz adapter SOVG‘A
☄️6.78" AMOLED-displey, 144Hz yangilanish tezligi
☄️AI-funktsiyalar va barmoq izi skaneri bilan to‘liq jihozlangan

🔥 Sotuvda! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉Batafsil ma'lumot havolada

TABIATDAN YUQORI SAMARADORLIK

#InfinixUz #InfinixNote50SeriesUz #InfinixNote50Uz #InfinixNote50ProUz #Note50SeriesUz #Note50Uz #Note50ProUz
👍29😁61👏1👨‍💻1