AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🖥️ LG ikkita alohida televizorga ajraladigan va umuman ramkalarsiz televizorni namoyish etdi.

U micro-LED matritsasiga ega, har bir panelning diagonali esa 22 dyuymdan. Chiqish sanasi yoki narxi haqida ma’lumot yo’q — bu hozircha faqat prototip.

📟 DigiTech
🔥59👍408👏5👨‍💻4💯2🤝21😨1
⚡️Olimlar insonni ko’rish qobiliyatini operatsiya va lazerlarsiz tiklashni o’rganishdi — Janubiy Koreyalik biologlar ko’z to’r pardasining nerv hujayralari regeneratsiyasini ishga tushiruvchi preparatni yaratishdi.

— Hamma gap ko’zning tiklanishiga to’sqinlik qiluvchi Prox1 oqsilida. Yangi preparat shu oqsilni bloklaydi va ko’zning regenerativ mexanizmlarini faollashtiradi.

— Preparat allaqachon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Prox1 bloklanishi ta’siri 6 oy yoki undan ko’proq vaqt saqlanib qoldi.
Odamlarda klinik sinovlar 2028-yilda boshlanadi.

Nimaga bu kashfiyot muhim? Dunyo bo’ylab taxminan 2,2 milliard odamning ko’rish bilan bog'liq muammolari mavjud. Ushbu preparat esa aksariyat odamlarning ko’rish qobiliyatini tiklashi mumkin.

📟 DigiTech
🔥85👍44👏265😇3🤝32😨1
🎵 Apple ish, dam olish va uyqu uchun 426 ta musiqalarni chiqardi. Musiqalar neyrobiologlar bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Har bir musiqaga miya ritmlari bilan sinxronlashadigan va kerakli faoliyatga moslashishga yordam beradigan maxsus chastotalar qo’shilgan.

Havola bo’yicha o’tib, ushbu musiqalarni bepul tinglashingiz mumkin. Apple Music obunasi talab etilmaydi.

📟 DigiTech
👍5518🤓8🔥6🤔6😡3🤝2🎄2👏1😢1
📱iPhone'ni smartfon 20 yilligi munosabati bilan katta redizayn kutmoqda. Apple butunlay ramkasiz qurilmani chiqarishi mumkin.

Insayderlarning yozishicha: iPhone'ning umumiy dizayni «butun shisha bo’lagi»ni eslatadigan bo’ladi. Old kamerani esa ekran ostiga yashirish rejalashtirilgan.

Bunday «iPhone 19» 2027-yilda namoyish etilishi mumkin. U bilan birga buklanadigan smartfonlarning ikkinchi avlodi ham chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍4437😁85🫡4🔥3👏2😢2💯2👨‍💻2🤝2
⚡️Saudiya Arabistonida dunyodagi birinchi shifokorlarsiz klinika ochildi. U yerdagi barcha shifokorlar SI bilan almashtirildi.

Bemorlar faqat planshetda «Doktor Hua» ga kelib, o’zlarining kasallik simptomlarini tasvirlashlari kerak. Chatbot bir nechta savol beradi va qanday davolanish kerakligini yozib beradi. Shuningdek, u yerda rentgen yoki EKG qilishlari va birinchi yordam ko’rsatishlari ham mumkin, lekin bu odamlar tomonidan amalga oshiriladi.

Doktor Hua ishining aniqligi 99,97% ni tashkil qiladi. Hozircha unga shamollash, tomoq og’rig’i va astma kabi oddiyroq 30 ta kasalliklar bilan ishlashga ruxsat berilgan.

📟 DigiTech
👍111😁30😡10🎉9🔥53👨‍💻3🫡32💯2😢1
🎥 Neo, Garri Potter va Betmen shampunlar va boshqa mahsulotlarni reklama qilishni boshlaydi: Warner Bros o’z film qahramonlari bilan reklama roliklarini suratga olish orqali pul ishlashga qaror qildi.

Ular faqat eng yaxshi brendlar bilan hamkorlik qilishga, shuningdek, haqiqiy aktyorlar bilan suratga olishga va’da berishmoqda. Bunday reklamalarni o’zlarining striming xizmatlari va telekanallarida — HBO, Discovery, Cartoon Network va boshqalarda namoyish etishmoqchi.

📟 DigiTech
😁100👍38🔥94👏4🤝3💯2🤯1🫡1😡1
⚡️OpenAI bir vaqtning o’zida bir nechta vazifalarni bajaradigan va senior dasturchilar jamoasini o’rnini bosa oladigan Codex SI agentini namoyish etdi.

U to’g’ridan-to’g’ri brauzerda, Codex-1 (OpenAI'ning dasturlash bo’yicha eng kuchli modeli) asosida ishlaydi, deyarli har qanday kodni yozadi va tahrirlaydi, shuningdek, bir vaqtning o’zida bir nechta vazifalarni bajara oladi. Uni GitHub akkauntga ham ulash mumkin.

Codex hozircha faqat Pro va Team foydalanuvchilari uchun mavjud, lekin yaqinda undan Plus obunasi mavjudlar ham foydalana olishadi.

📟 DigiTech
👍61👏128🔥3💯2👨‍💻2😡2😨1
⚡️Amerikalik olimlar ilk bor kamyob irsiy kasallikka chalingan chaqaloqni tug’ilganidan keyin uning genlarini tahrirlash orqali davolay olishdi.

Tug’ilganida chaqaloqqa CPS1 yetishmovchiligi tashxisi qo’yilgan — bu kamyob irsiy kasallik bilan tug’ilgan bolalarni bir haftadan ortiq yashashlari ehtimoli juda kam.
Olimlar rekord vaqt ichida inyektsiyani ixtiro qilib, DNK'dan mutatsiyani olib tashlashga muvaffaq bo’lishdi! Hayotining to’qqizinchi oyida chaqaloq ushbu kamyob kasallikdan butunlay tuzalib ketdi.

Olimlar endi bu texnologiya yordamida millionlab odamlarda 7000 ta noyob mutatsiyalarni davolashmoqchi.

📟 DigiTech
👏134👍56🔥2111🤯8🫡5💯2😡2👨‍💻1
📚 Top universitetlar kurslarini bepul o’rganamiz.

Mind Luster saytida dunyodagi eng yaxshi universitetlar va mutaxassislarning barcha yo’nalishlar bo’yicha 300 000 ta bepul kurslari yig’ilgan: dasturlash, dizayn, marketing, biznes, ingliz tili va boshqalar. O’zingizga kerakli kursni be’malol topishingiz mumkin.

Shuningdek, kurslarni tugatganingizdan so’ng, rezyumega qo’shishingiz mumkin bo’lgan bepul sertifikat ham beriladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍5816🔥10👏3💯3🤓1🫡1😡1
🚀 NASA mutaxassislari 20 yildan ko’proq vaqt oldin ishdan chiqqan «Voyager-1» dvigatellarini qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu paytgacha zond kosmosda harakat qilish uchun zaxira dvigatellardan foydalangan, ammo hozir yoqilg’i chiqindilari tiqilib qolganligi sababli ular ishdan chiqish xavfi ostida, shuning uchun olimlar nosoz deb hisoblangan asosiy dvigatellarni yoqishga urinib ko’rishga qaror qilishdi: ularni ishga tushirish uchun portlashga olib kelishi mumkin bo’lgan isitgichlarni yoqishdi, ammo oxir-oqibat hammasi yaxshi o’tdi.

1977-yilda uchirilganidan buyon qurilma Yerdan 25 milliard km uzoqlikka uchib ketgan, u hozirgi kunda insoniyat tomonidan yaratilgan eng uzoq masofaga uchgan obyekt hisoblanadi.

📟 DigiTech
👍90🤯28🔥15🫡82👏2👨‍💻2😢1💯1😨1
⚡️Red Bull va boshqa energetik ichimliklar leykemiyani keltirib chiqaradi.

Barcha mashhur energetik ichimliklar tarkibida leykemiya hujayralarini qo’zg’atuvchi taurin aminokislotalari mavjud. Taurin o’zi inson tanasida tabiiy ravishda ishlab chiqariladi, lekin uni qo’shimcha iste’mol qilish qon saratoni xavfini oshiradi.

Mutaxassislar energetik ichimliklarni ichmaslikni, agar ichsangiz ham tarkibini o’qib, taurinsizlarini tanlashni maslahat berishadi.

📟 DigiTech
👍82🔥20🤯7🤝64😢3👏2💯21👨‍💻1
🛰️ Xitoy koinotda orbital SI superkompyuterini qurishni boshladi — rejalashtirilgan 2800 ta sun’iy yo’ldoshdan 12 tasi allaqachon uchirildi.

An’anaviy sun’iy yo’ldoshlardan farqli o’laroq, ular to’plangan ma’lumotlarni darhol qayta ishlaydi, shu orqali ularni Yerga jo’natish uchun ketadigan vaqt tejaladi, bu shuningdek, energiya sarfini kamaytirishga imkon beradi.

Ularning har birini ichida soniyasiga 744 trillion operatsiyalarni bajarishi mumkin bo’lgan 8 milliard parametrli SI modeli mavjud, yakuniy maqsad esa soniyasiga kvintillionlab operatsiyalar samaradorligiga erishishdir.

📟 DigiTech
🔥74👍45🤯25👏84🫡32😡2😨1
⚡️Nvidia geymerlar uchun maxsus arzon RTX 5060 videokartasini chiqardi.

Alan Wake 2, Cyberpunk 2077 yoki S.T.A.L.K.E.R. 2 kabi «og'ir» o’yinlarda yangi GPU grafikaning maksimal sozlamalari va 1080p sifatda soniyasiga 100 dan ortiq FPS chiqarib beradi.

Uning narxi atigi 299 dollar, solishtirish uchun — RTX 5090 flagmanining narxi 1999 dollarni tashkil etadi.

📟 DigiTech
👍8212🔥7🫡5🤔3🤝2💯1👨‍💻1
📱Qiziqarli ma’lumot: Samsung tarixi gadjetlardan emas, balki oziq-ovqat do’konidan boshlangan.

Kompaniyaga 1938-yilda tadbirkor Li Byon Chol asos solgan va dastlab un, quritilgan baliq va makaron savdosi bilan shug’ullangan, biroq keyinchalik tez sur’atlarda kengayishni boshlagan — Xitoyga eksportni yo’lga qo’ygan, mamlakatdagi eng yirik shakar zavodi va boshqa fabrikalarni qurgan.

Elektronika ishlab chiqishni esa faqat 30 yil o’tgach, istiqbolli yo’nalishlarni egallashni qaror qilishganida, televizorlarni yig’ishdan boshlashgan.

📟 DigiTech
👏67👍48🔥129🤝3🫡32😁2💯2🤯1🎄1