AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌎 NASA xabar berishicha, Xitoy Yerning aylanish tezligini sekinlashtirdi va kunning davomiyligini uzaytirdi. Bunga Xitoyning eng yirik to’g’oni — «Uch dara» to’g’oni qurilishi sabab bo’lgan.

«Uch dara» to’g’onida o’nlab milliard tonna suv yig’ilgan, bu Yer shari massasining taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Shu sabab Yerning aylanish tezligi sekinlashib, kunning uzunligi 0,06 mikrosoniyaga oshgan va sayyora o’qi taxminan 2,5 santimetrga siljigan.

📟 DigiTech
😁132👏111👍39🤯37😨14🔥10😡53🤔3💯3🤝3
🗂️ Grok PDF fayllar yaratishni o’rgandi — bu shuni anglatadiki, neyron tarmoq endi rezyumelar, hisobotlar, konspektlar, taqdimotlar va umuman har qanday hujjatlarni yaratishi mumkin.

Buning uchun so’rovga «PDF yarat» so’zini qo’shish kifoya. Hozircha funksiya faqat ingliz tilida ishlaydi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍83🔥108👏5💯21😇1🤝1
🛰️ Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi.

1972-yilda uchirilgan «Космос 482» kemasi Veneraga uchishi kerak edi, ammo nosozliklar tufayli u hech qachon Yer yonidagi orbitadan chiqa olmadi va endi taxminan 10-mayda Yerga qulaydi.

Olimlar u aniq qayerga qulashini bilishmaydi, lekin vahima qilishga hojat yo’q: jiddiy zarar yetkazish uchun u juda kichiklik qiladi, uning «birovning boshiga tushishi» ehtimoli esa chaqmoq urishi ehtimolidan ham kamroq.

📟 DigiTech
😁165👍37🫡13🔥10😨95😢3🎉2💯2👨‍💻2🤔1
🛤️ Shveytsariyada to’g’ridan-to’g’ri relslar oralig’iga panellar o’rnatish orqali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Asosiy g’oya — allaqachon band bo’lgan hududdan unumli foydalanish, poyezdlar ostidagi cho’tkalar esa panellarni toza saqlashga yordam beradi.

100 metrli relsda sinovlar uch yil davom etadi, shundan so’ng vaziyat baholanadi va uni kengaytirish masalasi hal qilinadi.

📟 DigiTech
🔥138👍98👏227💯64🤯4🫡2🥰1😨1🤝1
⚡️Olimlar eng muvaffaqiyatli odamlarning sirlarini tushunish uchun tadqiqot o’tkazishdi. Natija juda hayratlanarli bo’ldi: ularning deyarli barchasi chapaqay bo’lib chiqishdi.

Ular orasida Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg va boshqa mashhur milliarderlar bor. Olimlar 472 ga yaqin kompaniya va 1000 dan ortiq direktorlarni tahlil qilib chiqishdi — chapaqay boshqaruvchilari bo’lgan kompaniyalar muvaffaqiyatliroq bo’lib chiqdi.

📟 DigiTech
😁130👍52💯14😡7👏6🤔6👨‍💻4🎉3🫡32🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Bir necha soniyada veb-saytlar yaratib daromad qilamiz: Saytlar yaratib beradigan bepul YourWare neyrotarmog’ini topdik.

Saytni generatsiya jarayonini ko’rsatib turadi, dizaynni tanlab beradi va tugmalarni sozlaydi. Tayyor saytni boshqa saytlar lentasiga chiqarib, ko’rishlar sonidan daromad qilish mumkin — har 100 ta ko’rishlar soni uchun ular bir dollardan to’lashadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍5584🤝2🔥1🤔1😨1
⚡️GTA VI ishlab chiqishga sarflangan mablag’, dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa'ning qurilishiga ketgan mablag’dan ham oshib ketdi.

Burj Xalifa'ni qurilishiga 6 yil vaqt va 1,5 milliard dollar sarflangan, GTA VI'ni ishlab chiqishga esa 8 yil ichida allaqachon 2 mlrd dollardan ortiq mablag’ sarflandi.

Buncha harajat o’zini oqlaydimi yo’qmi keyingi yilda bilib olamiz.

📟 DigiTech
🔥136🤯88👍41💯10👏6😨633🫡3🎄2🤝1
🍄 Qotil qo’ziqorin Yevropaning ayrim hududlarida iqlim o’zgarishi sabab tez tarqalmoqda.

Aspergillus qo’ziqorini iqlimning keskin isishi tufayli tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Uning sporalari o’pkaga ta’sir qiladi va bronxlarni to’sib qo'yadi, ya’ni odam deyarli nafas ololmay qoladi.

Bu, ayniqsa, astmasi bor va immuniteti zaif odamlar, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun juda xavflidir. Allaqachon 9 million yevropaliklar xavf ostida, biroq zararlangan hududning geografiyasi tobora kengayib bormoqda.

The Last of Us real hayotda.

📟 DigiTech
👍61🤯43🔥7😢64😨3🫡3💯2😡1
🚢 Avstraliyaning Incat kompaniyasi dunyodagi eng katta elektr kemasini suvga tushirdi — uning akkumulyatori og’irligining o’zi 250 tonnadir.

China Zorrilla paromi uzunligi 130 metr bo’lib, 2100 yo’lovchi va 225 avtomobilni tashishga qodir, u boshqa elektr kemalardan to’rt baravar kuchliroqdir.

📟 DigiTech
👏60👍48💯54🤯43🔥1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar o‘t o‘chiruvchi robo-itlarni ko’rsatishdi — ular yonayotgan binolar ichida yong’inni o‘chirib, tirik qolganlarni qidirishadi.

Ushbu model Unitree B2 modeliga asoslangan bo’lib, haddan tashqari haroratga chidamli va suv oqimi uchun moslamalar bilan jihozlangan. Hozirda robo-itlar Qingdao shahrida sinovdan o’tkazilmoqda, keyin esa ularni butun mamlakat bo’ylab o’t o’chirish bo’limlariga yetkazib berishmoqchi.

📟 DigiTech
👍106🔥36👏1943🤯3😡3🤝2💯1🫡1
⚡️Olimlar qora choy va rezavor mevalarni istemol qilish qarishni sekinlashtirishga yordam berishini va jismoniy, shuningdek, ruhiy muammolar xavfini kamaytirishini aniqlashdi.

Hamma gap flavonoidlarda — bu qora choy, rezavor mevalar, olma va apelsinlarda mavjud bo’lgan kuchli birikmalardir.

Olimlar «flavonoidlar»ning inson tanasiga ajoyib ta’sirini aniqlashdi: u yallig’lanish va stressni kamaytiradi, qon tomirlarining holatini yaxshilaydi, miya va mushaklarning sog’lig’ini ta’minlaydi. Shu sabab qarishni sekinlashtirib, hayotni uzaytiradi va jismoniy, ruhiy salomatlikni saqlaydi.

📟 DigiTech
👍50🔥10👏743🤝2🫡2💯1😡1
👟 Nike eskirgan ko’rinishdagi krossovkalarni chiqardi.

Go’ya bo’yicha, ular qanchalik uzoqroq kiyilsa, shunchalik toza bo’lib boradi: «kir» qatlam asta-sekin o’chirilib, oyoq kiyimlar oqaradi.

Ular Air Force 1 Dirty Triple White deb nomlanadi, narxi AQSh'da 130 dollar.

📟 DigiTech
😁158👍4211🤯96😨4🫡3😢2🤓2🥰1🤝1