AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️ChatGPT yigitga belning uzoq muddatli og’rig’idan xalos bo’lishga yordam berdi — bundan avval birorta ham fizioterapevt unga 10 yil davomida yordam bera olmagan.

Shifokorlar og’riq manbasini aniqlay olishmagan, mashhur belni mustahkamlash dasturlaridagi mashqlar esa yordam bermagan. Shundan so’ng, yigit ChatGPT'ga kasallik tarixini va belini mustahkamlash uchun qanday mashqlar qilganini ko’rsatdi.

Chatbot unga og’riq sababini batafsil tushuntirib berdi va mashg’ulotlar jadvalini tuzdi. Bir necha haftadan so’ng, muammolar yo’qoldi va yigit faol hayot tarziga qaytdi.

📟 DigiTech
🔥206👏64👍56😨16🤯8😁76🫡4💯3🤝3🤔2
🚌 Mercedes kompaniyasi kelajakdagi V modellari uchun asos bo’ladigan Vision V futuristik minivenini ko’rsatdi.

Ichki saloni charm, yog’och va ipakdan yasalgan, shuningdek, yig’iladigan 65 dyuymli displey mavjud. Bundan tashqari, ma’lumot derazalarga ham proyektsiya qilinadi.

U birinchi navbatda Xitoy bozori uchun yaratilgan, lekin hozircha bu faqat prototip — ommaviy versiyasini 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🤯68👍32🔥15👏65💯32😨2🫡2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Yaponiyalik yigit 10 yil davomida pul yig’ib Ferrari sotib oldi, lekin uni yetkazib berishganidan bir soat o’tgach avtomobil yonib ketdi.

Xonkon ismli yigit nihoyat orzusiga erishgan edi: u Ferrari 458 sotib oldi, to’g’ri ko’rgazma zalidan haydab chiqib ketdi va bir soatdan keyin avtomobil o’z-o’zidan yonishni boshladi.

Hechqanday avariyasiz — shunchaki yo’lda o’z-o’zidan yonishni boshladi. O’t o’chiruvchilar kelgunicha Ferrari to’liq yonib bo’lgandi, superkar yigitni ko’z-o’ngida kulga aylandi. Hozirda sug’urtachilar yong’in sababini izlashmoqda, yigit hech bo’lmaganda sug’urta yo’qotilgan mablag’ning qanchadir qismini qoplab berishiga umid qilmoqda.

Hayotda shunday voqealar ham bo’lib turadi.

📟 DigiTech
😨141😢104🤯33😁22👍18🫡65👏4🔥2💯2😡2
⚡️Har qanday videoni istalgan tilda to’liq tarjimasi bilan ko’rish imkoniyati: yaqin kelajakda YouTube'ni nimalar kutmoqda?

Kelgusi besh yil ichida YouTube'dagi barcha videolar barcha tillarda sintetik dublyajga ega bo’ladi, bu haqda videoxosting vitse-prezidenti Amjad Hanif xabar berdi.

Shuningdek, kompaniya tomoshabin noqulaylikni his qilmasligi uchun sun’iy intellekt yordamida videolardagi odamlar lablari harakatlarini tarjimaga moslashni ham rejalashtirmoqda.

📟 DigiTech
👍150🤯43🔥185🥰43👏3😁2💯1😨1
📲 Instagram mutlaqo bepul bo’lgan Edits nomli videolarni tahrirlash dasturini chiqardi — u allaqachon App Store va Google Play'da mavjud.

— Ilova akkauntingiz bilan sinxronlashtiriladi va barcha statistik ma’lumotlarni ko’rsatadi;
— Videolarni 4K sifatda tahrirlash mumkin;
— Suv belgilari yo’q;
— Undagi neyron tarmoqlar yordamida tovushdagi shovqinni tozalab, fonni almashtirish mumkin;
— Barcha funksiyalardan foydalanish bepul.

📟 DigiTech
👍861210🔥5💯2👏1🤝1🎄1😡1
🐬 Google delfinlarni tushunadigan DolphinGemma neyron tarmog’ini yaratdi.

Wild Dolphin Project tadqiqotchilari 1985-yildan beri delfinlar tovushlarini o’rganib kelishmoqda. Muayyan tovush nimani anglatishini tushunish uchun avval o‘nlab yillar kerak bo’lardi. Ushbu jarayonni tezlashtirish uchun Google va Jorjiya Texnologiya instituti maxsus neyron tarmoqni yaratishdi.

Dastur delfinlar suhbatining audioyozuvlarini tahlil qiladi. Neyrotarmoq tovush patternlari ketma-ketligini aniqlab, ularni birlashtirganidan so’ng, u nafaqat delfinlarning nutqini tushunishga, balki ular bilan muloqot qilishga ham yordam berishi kerak.

📟 DigiTech
👏62👍38😨1455🤔3🤝2🫡2🔥1🤯1👨‍💻1
⚡️Nihoyat! Gmail'da barcha keraksiz xatlarga obunani bekor qilish tugmasi qo’shildi.

Chapdagi menyuda «Obunalarni boshqarish» bo’limi paydo bo’ldi. Obunani bekor qilish uchun u bo’limga o’tib, keraksiz xatlarni tanlash va yonidagi belgini bosib tasdiqlash kerak.

Ushbu funksiya hozircha faqat Android'lar uchun mavjud. Lekin tez orada iOS va veb-versiyaga ham qo’shiladi.

📟 DigiTech
🔥94👍54👏158🫡7😁52👨‍💻2🤝2💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ CapCut rasmlar generatsiya qiluvchi eng kuchli Seedream 3.0 neyrotarmog’ini chiqardi. Undan foydalanish bepul.

U Artificial Analysis Arena reytingida birinchi o’rinni egallab GPT-4o va Midjourney v6.1 dan ham o’zib ketdi. Neyrotarmoq realistik tasvirlarni bir necha soniyada yaratadi, ularni haqiqiy suratdan ajratib bo’lmaydi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Undan foydalanish uchun AQSh VPN kerak bo’ladi.

📟 DigiTech
👍56😁134🤯32😨2👏1💯1
📱iPhone 17 modellari shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin — insayder smartfonlarning so’nggi prototiplarini ko’rsatdi. Faqat orqasida kompaniya logotipi yetishmayapti.

Suratlarga qaraganda, yangi iPhone’larda Dynamic Island kichraytiriladi, Pro va Air’dagi kamera moduli esa orqa panelning tepa qismini to’liq egallaydi.

📟 DigiTech
😁103👍29😨13🤯76🔥2🤝2😡21👏1💯1
👨‍💻 Microsoft yomon xodimlarga ishdan bo’shashlari uchun pul to’laydi. Past ko’rsatgichli xodimlarga pul olib, ishdan ketish yoki samaradorlikni oshirish kursini o’tish taklif etiladi.

Boshqa ishlashni istamaganlarga to’rt oylik maosh taklif qilinib, o’z ixtiyori bilan ishdan ketish to’g’risidagi arizani imzolashga ruxsat beriladi. Boshqalarga esa o’z karyeralarini «jonlantirish»ga yordam berishadi.

📟 DigiTech
👍15423🔥116👏4😁3👨‍💻2😡2🤯1🤝1
📺 YouTube veb-versiyada pleyer dizaynini yangiladi: hamma narsa yumaloqlashtirildi va «oynasimon» holga keltirildi, videoga moslashuvchi fon qo'shildi va ovoz balandligini boshqarish tugmasi o’ngdagi blokga ko’chirildi.

Yangi interfeys hali hamma uchun mavjud emas, lekin kelgusi haftalarda barcha foydalanuvchilar uchun joriy dizaynni almashtirishi kerak.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍69🔥853👏1😢1💯1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Yigit Tesla'dan uni hech qachon bormagan joyiga olib borishini so’radi — mashina uni sport zaliga olib bordi.

Ha, robotlar ham yumorni bilishadi 😂

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁365👍26👏12🤓98👨‍💻2😇2🤝21😢1💯1
🌒 NASA Oydagi suv quyosh shamolidan paydo bo’lishini aniqladi.

Ushbu nazariya birinchi bor 1960-yillarda ilgari surilgan edi, lekin uni endigina Oy tuproq namunalarini vodorod ionlari bilan quyosh shamolini taqlid qiluvchi zarralar tezlatgichi bilan «otib» tasdiqlashdi — natijada haqiqatdan ham H₂O molekulalari paydo bo’ldi.

«Suv hosil bo’lishi uchun faqat quyosh shamoli va oy tuprog’i yetarli bo’lishi ajablanarli — boshqa moddalar yo’q. Bu kashfiyot hayratga soladi», — deb ta’kidladi NASA xodimi.


📟 DigiTech
👍122🔥23🤯12👏8🤓84👨‍💻32💯2🤝2😨1