AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 Dangasalikni yengamiz: Reddit'dagi yigit 10 ming qadam yurmaguningizcha smartfoningizdagi ijtimoiy tarmoqlar va o'yinlarga kirishni taqiqlab qo’yuvchi ilovani chiqardi.

Qaysi ilovalar qulflanishi va harakatlarni (yugurish, qadamlar, kaloriyalar) to’liq o’zingizga moslashingiz mumkin. Lekin ilova hozircha faqat iOS uchun mavjud.

👉 Ilovani yuklash uchun havola.

📟 DigiTech
👍125🔥34😁34🫡8👏63💯3😨3🤝2🥰1
⚡️Xiaomi sensorlar orqali xonadagi odamlarni aniqlaydigan va havo oqimini ular tomon yo’naltiradigan konditsionerni chiqardi.

Mijia Air Conditioner Pro -35°C dan 65°C gacha bo’lgan ekstremal haroratlarda ishlay oladi va agar xonada hech kim yo’q bo’lsa, energiyani tejash uchun avtomatik ravishda sekinlashadi.

Xitoyda narxi — 550 dollar.

📟 DigiTech
👍117🤯32156👏3🔥2💯2🫡2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Bir necha soniyada har qanday taqdimotni yaratib beradigan Gamma neyrotarmog’ining yangilanishi chiqdi — Gamma 2.0.

Endi slaydlardagi rasmlarni tahrirlashingiz yoki yangilarini generatsiya qilishingiz, bir zumda ishlaydigan veb-saytlar yaratishingiz va taqdimotlarni 60 ta tilga tarjima qilishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍66🔥10💯5👏32😡2🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, orbitadagi kosmik chiqindilar miqdori 6600 tonnadan oshdi.

Ayni paytda Yer atrofida bir santimetrdan kattaroq 1,2 milliondan ortiq obyekt va 100 milliondan ortiq mayda chiqindilar mavjud, 550 km balandlikda esa faol sun’iy yo’ldoshlar soniga teng bo’lgan chiqindilar yig’ilgan.

Muammoni hal qilishni boshlash uchun Yaponiya va Yevropa 2030-yilgacha chiqindilarni tozalovchi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
🤯73👍52🔥74😁4😡3💯2🫡2😢1😇1🎄1
⚡️Google yaqin kelajakda odamlar uchun deyarli ikkinchi miyaga aylanadigan texnologiyani namoyish etdi.

Neyron tarmoqlarning AR ko’zoynaklar bilan integratsiyalashuvi tufayli ular muhim tafsilotlarni eslab qolishlari va murakkab narsalarni osonlashtirib tushuntirishlari mumkin bo’ladi.

Misol uchun, namoyish paytida ko’zoynak kitobdagi grafikni tushunishga yordam berdi va yo’qolgan kalitning qayerdaligini «eslatib yubordi».

📟 DigiTech
🤯76👍57👏753💯2😨1🫡1
⚡️Xitoyda birinchi 10G internet tarmog’i ishga tushdi. Foydalanuvchilar kontentni soniyasiga 10 GIGABIT gacha tezlikda yuklab olishlari mumkin, ping esa atigi 3 ms.

Bunday internet yordamida 2 soatlik 8K formatdagi filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin. Hozircha bunday tezlikni o’tkazadigan optik tolalar faqat Pekin yaqinidagi Syunyan hududida yotqizildi, lekin kelajakda hududni kengaytirish rejalashtirilgan.

Dunyoda hali 5G hali to’liq ishga tushgani yo’q, buyoqda Xitoyliklar 10G ga sakrab o’tib ketishdi :)

📟 DigiTech
162😨69👍45🔥15🤓8👏6🫡4🤩3🤝2🎉1💯1
⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng tezkor xotirali chipni yaratishdi — PoX chipi flesh-xotiradan 10,000 marta tezroq, faol sovutishni talab qilmaydi va deyarli energiya sarflamaydi.

Bunday chipli gadjetlar bir zumda yoqiladi. Chipda ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri qayta ishlanadi, bu esa qizimaydigan, juda tez ishlovchi noutbuklar va smartfonlar uchun yo’l ochadi.

📟 DigiTech
👍164🤯4211🔥102👏1💯1😨1🫡1
⚡️Kaliforniyalik olimlar ko’rish deyarli imkonsiz bo’lgan mutlaqo yangi rangni kashf qilishdi.

Yangi rang «olo» deb nomlandi: u ko’k-yashil rangga o’xshaydi va faqat ko’z to’r pardasining alohida hujayralari lazer bilan stimulyatsiya qilinganida ko’rinadi. Uni ekran orqali ko’rsatishning iloji yo’q, bunday texnologiya hozircha mavjud emas.

Yuqoridagi rasmda uning faqat taxminiy vizualizatsiyasi ko’rsatilgan, kashfiyotning o’zi esa daltonizm va ko’z kasalliklarining sabablarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

📟 DigiTech
👍87😁23🔥2274👏4💯1🤝1😡1
👨‍💻 Bir IT mutaxassis 12 yil davomida sun’iy intellektlar ishlab chiquvchi eng gigant IT-kompaniyalarda ishlab ko’rdi: Google, OpenAI, xAI, DeepSeek va boshqalar.
U dunyodagi eng tajribali sun’iy intellekt muhandislaridan biriga aylandi, lekin yaqinda barchasini tashlab,... g’ozlar fermasiga ketdi.

Nihoyat hayotda baxtini topdi :)

📟 DigiTech
👍174😁92🤯20🫡12😨6💯54👏3👨‍💻3🤝2🎄1
⚡️ChatGPT yigitga belning uzoq muddatli og’rig’idan xalos bo’lishga yordam berdi — bundan avval birorta ham fizioterapevt unga 10 yil davomida yordam bera olmagan.

Shifokorlar og’riq manbasini aniqlay olishmagan, mashhur belni mustahkamlash dasturlaridagi mashqlar esa yordam bermagan. Shundan so’ng, yigit ChatGPT'ga kasallik tarixini va belini mustahkamlash uchun qanday mashqlar qilganini ko’rsatdi.

Chatbot unga og’riq sababini batafsil tushuntirib berdi va mashg’ulotlar jadvalini tuzdi. Bir necha haftadan so’ng, muammolar yo’qoldi va yigit faol hayot tarziga qaytdi.

📟 DigiTech
🔥206👏64👍56😨16🤯8😁76🫡4💯3🤝3🤔2
🚌 Mercedes kompaniyasi kelajakdagi V modellari uchun asos bo’ladigan Vision V futuristik minivenini ko’rsatdi.

Ichki saloni charm, yog’och va ipakdan yasalgan, shuningdek, yig’iladigan 65 dyuymli displey mavjud. Bundan tashqari, ma’lumot derazalarga ham proyektsiya qilinadi.

U birinchi navbatda Xitoy bozori uchun yaratilgan, lekin hozircha bu faqat prototip — ommaviy versiyasini 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🤯68👍32🔥15👏65💯32😨2🫡2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Yaponiyalik yigit 10 yil davomida pul yig’ib Ferrari sotib oldi, lekin uni yetkazib berishganidan bir soat o’tgach avtomobil yonib ketdi.

Xonkon ismli yigit nihoyat orzusiga erishgan edi: u Ferrari 458 sotib oldi, to’g’ri ko’rgazma zalidan haydab chiqib ketdi va bir soatdan keyin avtomobil o’z-o’zidan yonishni boshladi.

Hechqanday avariyasiz — shunchaki yo’lda o’z-o’zidan yonishni boshladi. O’t o’chiruvchilar kelgunicha Ferrari to’liq yonib bo’lgandi, superkar yigitni ko’z-o’ngida kulga aylandi. Hozirda sug’urtachilar yong’in sababini izlashmoqda, yigit hech bo’lmaganda sug’urta yo’qotilgan mablag’ning qanchadir qismini qoplab berishiga umid qilmoqda.

Hayotda shunday voqealar ham bo’lib turadi.

📟 DigiTech
😨141😢104🤯33😁22👍18🫡65👏4🔥2💯2😡2