AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🔋Hyundai yong’in o’chirish tizimi o’rnatilgan akkumulyatorlarni yaratdi — ular elektromobillarga o’rnatiladi.

Batareyalar bir nechta bo’limlarga bo’lingan, yong’in sodir bo’lganida tizim avtomatik ravishda kerakli hududga oddiy o’t o’chirgichdan besh barobar samaraliroq bo’lgan maxsus moddani purkaydi.

Texnologiya allaqachon patentlangan, ammo qachon joriy etilishi haqida ma’lumot yo’q.

📟 DigiTech
👍73👏15🔥11😍211😁1💯1🤝1🫡1🎄1
⚡️Google sun’iy intellektga asoslangan 601 ta muvaffaqiyatli loyihalar ro’yxatini yig’di. Bu tom ma’noda startap uchun tayyor g’oyalardir.

Har bir g’oya global kompaniyalarda qo’llanilib kelinayotgan haqiqiy loyihalardir. Loyihalar media va telekommunikatsiyadan tortib dasturlashgacha bo’lgan 11 ta sohaga bo’lingan. Ularning ko’pini bizda ham reallashtirish mumkin.

👉 Tayyor biznes g’oyalar ro’yxatiga havola.

📟 DigiTech
1👍79🔥15💯64👏3🤝3🫡32😡2👨‍💻1
⚡️OpenAI eng aqlli «fikrlaydigan» o3 va o4-mini modellarini chiqardi.

o3: barcha sohalar bo’yicha haqiqiy daho, o’n yillik tajribaga ega senior dasturchi kabi kodlaydi va matematik masalalarni professorlar darajasida yecha oladi.

o4-mini: OpenAI hozircha chiqarishga qo’rqayotgan eng kuchli o4 modelining kichikroq versiyasi. o4-mini har qanday matematik masalalarni 100 balldan 99 ball bilan yechadi.

Ishlab chiquvchilar ushbu modellar kod yozish bo’yicha odamlardan yaxshiroq bo’lganini tan olishdi — hatto OpenAI'ning eng yaxshi dasturchilari ham kod yozish bo’yicha neyron tarmoqdan orqada.

📟 DigiTech
👍88😁34🤔145😨43💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ NASA astronavti Don Pettit koinotdan shimol yog’dusini suratga oldi.

U videoni XKS'dan Avstraliya va Antarktida o’rtasidan uchib o’tayotganida suratga oldi, videoda maftunkor yog’dulardan tashqari, tong boshlanishini ham ko’rish mumkin.

📟 DigiTech
👍94168🔥7💯5🫡5🥰2😡1
⚡️Gadjetlardan foydalanish qarishni sekinlashtiradi. Olimlar turli elektronika qurilmalaridan doimiy foydalanish miyaning «umri»ni uzaytirishini aniqlashdi.

Smartfon va kompyuterdan faol foydalanadiganlarda yoshi o’tgan sayin kognitiv qobiliyatlar pasayish xavfi 58 foizga kamaygan. Shuningdek, ushbu odamlarda demensiya rivojlanish ehtimoli ham kamroq.

Xotirangizni ishlashga undaydigan kontent ko’rish yoki ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish esa yanada ko’proq foyda beradi.

Shuning uchun izohlarda aktivroq bo’linglar, miya uchun foydali :)

📟 DigiTech
😁127👍3511😡10👏5🤔5🔥4🤯32💯2🫡2
⚡️Olimlar boshqa sayyorada hayot belgilarini topishdi — K2-18b Yerdan 124 yorug’lik yili uzoqligida joylashgan. Kembrij olimlari Jeyms Uebb teleskopidan olingan ma’lumotlar asosida uning atmosferasida dimetil sulfid va dimetil disulfid molekulalarini topishdi.

Gap shundaki, ular faqat tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladi va K2-18b da bu molekulalarning miqdori juda ko’p. Olimlarning ta’kidlashicha, sayyorada tirik organizmlarning mavjudligi ehtimoli 99,7% ni tashkil etadi.

Ilon Mask: Mars otmen K2-18b ga uchamiz :)

📟 DigiTech
😁211👍61🔥19👏12113🥰1😍1💯1😨1
👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari,
O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari.
Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.

Tanlov formati:
Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat.
Til: inglizcha.
Ishtirok: bepul.
Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar.

Nega ishtirok etish kerak?

O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng.
Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi.
Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.


📲Ishtirok etish uchun 18 aprel 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish kerak.
👍213🔥3😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Videolarni montaj qiluvchi dunyodagi birinchi neyrotarmoq chiqdi — Ponder AI videolarni promptlarda ko’rsatilgan syujet bo’yicha tahrirlaydi. Videoning istalgan qismini belgilab, xohlagancha tahrirlash mumkin.

• Kontekstni yaxshi tushunadi va video uchun senariy tuzadi.
• Eng yaxshi parchalarni kesib, ularni kerakli ketma-ketlikda joylashtiradi.
• Tasvirlar va tovushlarni ham tahrirlaydi.
• SI hatto sizning montaj uslubingizga moslasha oladi va eng yaxshi natijani olish uchun maslahatlar beradi.
• Asosiysi undan foydalanish bepul.

👉 Kutish ro’yxatiga qo’shilish uchun havola.

📟 DigiTech
👍55🔥104😡43🤓3🫡3👏2💯2😁1🤯1
📲 Dangasalikni yengamiz: Reddit'dagi yigit 10 ming qadam yurmaguningizcha smartfoningizdagi ijtimoiy tarmoqlar va o'yinlarga kirishni taqiqlab qo’yuvchi ilovani chiqardi.

Qaysi ilovalar qulflanishi va harakatlarni (yugurish, qadamlar, kaloriyalar) to’liq o’zingizga moslashingiz mumkin. Lekin ilova hozircha faqat iOS uchun mavjud.

👉 Ilovani yuklash uchun havola.

📟 DigiTech
👍125🔥34😁34🫡8👏63💯3😨3🤝2🥰1
⚡️Xiaomi sensorlar orqali xonadagi odamlarni aniqlaydigan va havo oqimini ular tomon yo’naltiradigan konditsionerni chiqardi.

Mijia Air Conditioner Pro -35°C dan 65°C gacha bo’lgan ekstremal haroratlarda ishlay oladi va agar xonada hech kim yo’q bo’lsa, energiyani tejash uchun avtomatik ravishda sekinlashadi.

Xitoyda narxi — 550 dollar.

📟 DigiTech
👍117🤯32156👏3🔥2💯2🫡2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Bir necha soniyada har qanday taqdimotni yaratib beradigan Gamma neyrotarmog’ining yangilanishi chiqdi — Gamma 2.0.

Endi slaydlardagi rasmlarni tahrirlashingiz yoki yangilarini generatsiya qilishingiz, bir zumda ishlaydigan veb-saytlar yaratishingiz va taqdimotlarni 60 ta tilga tarjima qilishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍66🔥10💯5👏32😡2🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, orbitadagi kosmik chiqindilar miqdori 6600 tonnadan oshdi.

Ayni paytda Yer atrofida bir santimetrdan kattaroq 1,2 milliondan ortiq obyekt va 100 milliondan ortiq mayda chiqindilar mavjud, 550 km balandlikda esa faol sun’iy yo’ldoshlar soniga teng bo’lgan chiqindilar yig’ilgan.

Muammoni hal qilishni boshlash uchun Yaponiya va Yevropa 2030-yilgacha chiqindilarni tozalovchi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
🤯73👍52🔥74😁4😡3💯2🫡2😢1😇1🎄1
⚡️Google yaqin kelajakda odamlar uchun deyarli ikkinchi miyaga aylanadigan texnologiyani namoyish etdi.

Neyron tarmoqlarning AR ko’zoynaklar bilan integratsiyalashuvi tufayli ular muhim tafsilotlarni eslab qolishlari va murakkab narsalarni osonlashtirib tushuntirishlari mumkin bo’ladi.

Misol uchun, namoyish paytida ko’zoynak kitobdagi grafikni tushunishga yordam berdi va yo’qolgan kalitning qayerdaligini «eslatib yubordi».

📟 DigiTech
🤯76👍57👏753💯2😨1🫡1
⚡️Xitoyda birinchi 10G internet tarmog’i ishga tushdi. Foydalanuvchilar kontentni soniyasiga 10 GIGABIT gacha tezlikda yuklab olishlari mumkin, ping esa atigi 3 ms.

Bunday internet yordamida 2 soatlik 8K formatdagi filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin. Hozircha bunday tezlikni o’tkazadigan optik tolalar faqat Pekin yaqinidagi Syunyan hududida yotqizildi, lekin kelajakda hududni kengaytirish rejalashtirilgan.

Dunyoda hali 5G hali to’liq ishga tushgani yo’q, buyoqda Xitoyliklar 10G ga sakrab o’tib ketishdi :)

📟 DigiTech
162😨69👍45🔥15🤓8👏6🫡4🤩3🤝2🎉1💯1