AI | DigiTech
51.2K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Photoshop rasmlarni sizning o’rningizga tahrirlay oladigan bo’ladi.

Adobe «ijodiy agent» ni namoyish etdi. Ushbu sun’iy intellekt suratni tahlil qilib, sizga kerakli usulda o’zgartirib bera oladi. Foydalanuvchi shunchaki ro’yxatdan variantlarni tanlashi kifoya va o’zgarishlar avtomatik ravishda qo’llaniladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar SI agentga matnli so'rovlarni ham yozishlari mumkin bo’ladi. Adobe SI agentining barcha funksiyalarini 24-aprelda namoyish etadi.

📟 DigiTech
21👍20👏7🫡3🔥2💯21😡1
⚡️14 yoshlik maktab o’quvchisi yurak xastaliklarini 7 soniyada aniqlaydigan dastur yaratdi.

Hindistonlik Siddhart Nandyala SI ishlab chiqish bo’yicha rasmiy sertifikatlangan eng yosh mutaxassis hisoblanadi. Uning dasturi 15 000 kishida sinovdan o’tkazildi va natija 96% hollarda to’g’ri bo’ldi.

Endi siz 14 yoshingizda nimalar qilganingizni eslang :)

📟 DigiTech
👍189🤯36👏35🔥19👨‍💻6😇6🫡4💯3🎉2🤝21
📑 Google neyrotarmoqlarga to’g’ri prompt (matnli so’rov) yozish bo’yicha 68 sahifalik qo’llanmani chiqardi. Qo’llanmada ular professional dasturchi kabi fikrlashni va SI xatti-harakatlarini tahlil qilishni o’rgatishgan.

Qo’llanmada:
– Samarali promptlar yozish bo’yicha maslahatlar;
– Neyrotarmoqlar orqali dasturlash bo’yicha qo’llanma;
– Qanday qilib sun’iy intellektga vazifalarni to’g’ri berish tushuntirilgan (zero-shot, chain of thought va boshqalar);
– Javoblarning aniqligini oshirish texnikalari o’rgatilgan.


👉 Qo’llanmani o’qish uchun havola.

📟 DigiTech
👍47🔥1141👏1💯1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi kaskadyorlarga ham ajoyib tryuklari uchun Oskar topshiriladi.

Birinchi bunday mukofot 2028-yilda 100-taqdirlash marosimida topshiriladi, biroq yangi nominatsiya uchun saralash qoidalari hozircha yo’q — ular keyinroq belgilanadi.

Videoda Tom Kruz'ning eng xavfli tryuklaridan biri, ideal kadrni olish uchun xavfsizlik kamarlarisiz mototsiklda 1250 metrlik tog’ qoyasidan olti marta ketma-ket sakragani ko’rsatilgan.

📟 DigiTech
👍74👏1875🫡5🔥2💯2😨1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Skrinshot yoki eskizdan veb-saytlar yaratib beradigan ochiq kodli Napkins neyrotarmog’i chiqdi. Undan foydalanish uchun hechqanday dasturchilik ko’nikmalari talab etilmaydi.

Sayt yaratish uchun skrinshotni yoki qog’ozda eskizni chizib yuklash kifoya va o’rnatilgan Llama 4 modeli ishlaydigan sayt prototipni yig’ib beradi. Undan foydalanish bepul va limitlarsiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍68🔥1084👏4😁2💯2🤓1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ispaniyalik olimlar 3D tasvirli «golografik» displeyni yaratishdi, undagi tasvirni tom ma’noda qo’l bilan his qilish mumkin.

U juda oddiy ishlaydi: tasvir o’ta yuqori tezlikda tebranadigan va teginganda reaksiya beradigan rezina lentalarga proyeksiyalanadi. Ushbu texnologiya muzey va ko’rgazmalarda qo’llanilishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🔥62👍56👏84😨4🤝32💯2🫡2👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Nvidia va Stenford universiteti tadqiqotchilari Test-Time Training (TTT) neyron tarmog’ini taqdim etishdi, u matnli so’rov bo’yicha bir daqiqalik videolarni yaratadi.

TTT ishiga misol sifatida ular «Tom va Jerri» multfilmi asosida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan bir nechta videolarni namoyish etishdi.

Test-Time Training neyrotarmog’ining ochiq kodi GitHub'da mavjud.

📟 DigiTech
🔥37👍35👏6👨‍💻32🤓2🎉1💯1🎄1
📲 Telegramda chat yoki kanallardan foydalanmasdan 100 kishigacha ishtirok etishi mumkin bo’lgan guruh qo’ng’iroqlari qo’shiladi.

Android uchun Telegram'ning beta-versiyasida yangi funksiya topildi. Bunday guruh qo’ng’iroqlari ham oddiy qo’ng’iroqlar kabi shifrlanadi. Qo’ng’iroq ishtirokchilari uchun mavjud sozlamalar:

• Mikrofon va dinamikni yoqib, o’chirish;
• Asosiy yoki old kameradan tasvirni translyatsiya qilish;
• Qo’ng’iroqqa yangi ishtirokchilarni qo’shish va qo’ng’iroq havolasini ulashish.


📟 DigiTech
👍7013🫡43😍2👨‍💻2🔥1👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Yandex Uzbekistan biznes uchun yangi ovozlarni taqdim etdi.

Kompaniya Yandex SpeechKit sun’iy intellektga asosidagi nutqni sintez qilish va tanib olish xizmati doirasida yangi, Yulduz va Lolaning ovozlarini yaratdi - u Yandex Cloud bulutli platformasida mavjud. Ovozlardan O‘zbekiston kompaniyalari va davlat muassasalarining Call-markazlari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarida ovozli robotlarni yaratish uchun foydalanish mumkin.

Yulduz va Lola ovozlari o‘zbek, rus va ular aralashmasida bir xil yaxshi gaplasha oladilar. Shuningdek, vaziyatga qarab turli rollarni bajarish imkoniyati mavjud. Ovozli xizmatlarni taklif qilishda xushmuomala va samimiy ohangda, murakkab muammolarni hal qilishda esa vazmin va jiddiy tarzda munosabat bildiradilar.


Bunday xizmatlar, ayniqsa, bank sohasi, telekommunikatsiya va chakana savdoda eng ko‘p talab qilinadi. O‘zbekiston bozori bu yo‘nalishda ham tadbirkorlik, ham davlat tashabbuslari tomonidan faol rivojlanmoqda. Аmalga oshirilgan loyihalar va mintaqadagi rejalar haqida Yandex Cloud 29-aprel kuni - O‘zbekistonda biznes vakillari uchun o‘tkaziladigan ilk uchrashuvida batafsil ma’lumot beradi.
👍30👏21🔥32😍1💯1😨1
📑 AQSh'da o’qituvchilar, agar talabalar testlarni bajarish uchun neyron tarmoqlardan foydalansalar, neyron tarmoq xato javob berishi uchun testlarga oq rangdagi yashirin matnni qo’shishni boshlashdi.

U matnda noto’g’ri javobni chiqaradigan prompt yashiringan.

📟 DigiTech
😁174👍54🔥14🫡4💯32👏1😡1
😴 Yomon uyqu Altsgeymer xavfini oshiradi. Chuqur uyquning yetishmasligi miyaning kognitiv funksiyalari uchun mas’ul bo’lgan qismlarini qisqartiradi.

Olimlarning uyquni yaxshilash va kasalliklarni oldini olish bo’yicha maslahatlari:
– Haftada kamida 5 kun yetarlicha uxlang;
– Uyqu dorilarini ishlatmang;
– Miyangizni uyquga o’rgating (har doim bir vaqtda uxlab, turing);
– Yotishdan oldin spirtli ichimliklar ichmang;
– Uxlashdan oldin o’zingizni uyquga tayyorlang (bu fon tovushlari yoki qog’oz kitob o’qish bo’lishi mumkin).


Asosiysi, uyqu vaqtini kamaytirmaslik, aks holda bu miya hajmini kichrayishiga olib kelishi mumkin. Voyaga yetgan odamga kamida 7-8 soat uyqu kerak.

📟 DigiTech
🔥48👍3310👏7💯7🤓32😨2😡1
⚡️OpenAI yangi GPT-4.1, GPT-4.1 mini va GPT-4.1 nano modellarini namoyish etdi.

– OpenAI birinchi marta har bir model uchun kontekst oynasini 1 million token qildi. Bu 700 000 so’zga teng, ya’ni butun boshli dissertatsiyani yuklash va u haqida savollar berish mumkin;

– Sinovlarga qaraganda, GPT-4.1 uzun promptlarni OpenAI'ning ko’p modellariga qaraganda aniqroq tushunadi va deyarli hech qanday tafsilotni yo’qotmaydi;

– GPT‑4.1 mini xususiyatlari bo’yicha flagmanga yaqin, ammo tezroq. GPT‑4.1 nano yanada kichik va tezroq.


Yangi modeldan faqat bir necha kundan so’ng foydalanish mumkin bo’ladi, lekin agar hoziroq sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz u Windsurf kod muharririda (faqat dasturlash uchun) allaqachon mavjud va 1 hafta bepul foydalanish mumkin.

📟 DigiTech
👍574🎄4💯2👨‍💻21👏1😨1🤝1
🦷 Londonda olimlar ilk bor laboratoriya sharoitida inson tishlarini o’stirishga muvaffaq bo’lishdi.

Olimlar tishlarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan muhitni imitatsiya qilib, ularning o’sish jarayonini boshlaydigan yangi materialni yaratishdi.

Texnologiya «inqilobiy» ekani ta’kidlanmoqda: implant va plombalardan farqli o’laroq, bemor hujayralaridan yasalgan tishlar hatto hujayraligida ham jag’ga ko’chirilishi mumkin va ular xuddi tabiiy tishlar kabi o’sishda davom etaveradi.

📟 DigiTech
🔥116👍67👏17😨117🫡3💯21😍1
🗂️ Har qanday PDF faylni to’g’ri brauzerda tahrirlaymiz — hujjatlar bilan qulay ishlash uchun LightPDF saytini topdik.

— PDF fayldagi matnni o’zingiz istagandek o’zgartirishingiz mumkin;
— Fayldagi matnni boshqa tilga tarjima qilish mumkin;
— Hujjatni chatga aylantirib u bo’yicha har qanday savol berish mumkin;
— Boshqa formatga konvertatsiya qilish mumkin;
— Foydalanish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍42👏21🔥9💯3🤯2👨‍💻21🤓1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O’quvchilar va talabalar uchun eng yaxshi neyrotarmoq chiqdi — xitoyliklar minglab tadqiqotlar, kurslar va darslarga ega ulkan onlayn kutubxonani yaratishdi va unga neyron tarmoqni ulashdi.

— Unga istalgan savolni berish mumkin va SI real faktlar va tadqiqotlarga tayangan holda javob beradi;
— Ilmiy maqolalarning katta ma’lumotlar bazasi mavjud;
— Har qanday mavzudagi kurslarning to’plami mavjud: iqtisoddan tortib to neyron tarmoqlardan foydalanishgacha;
— Xitoylik talabalarning minglab hisobotlari va maqolalari mavjud;
— Eng asosiysi undan foydalanish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍687👏3👨‍💻3💯2🤝1🫡1😡1
🔋Hyundai yong’in o’chirish tizimi o’rnatilgan akkumulyatorlarni yaratdi — ular elektromobillarga o’rnatiladi.

Batareyalar bir nechta bo’limlarga bo’lingan, yong’in sodir bo’lganida tizim avtomatik ravishda kerakli hududga oddiy o’t o’chirgichdan besh barobar samaraliroq bo’lgan maxsus moddani purkaydi.

Texnologiya allaqachon patentlangan, ammo qachon joriy etilishi haqida ma’lumot yo’q.

📟 DigiTech
👍73👏15🔥11😍211😁1💯1🤝1🫡1🎄1