AI | DigiTech
51.4K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Reels va Shorts'larni ko’rishni to’xtatamiz. Olimlar qisqa videolar haqiqiy qaramlikka olib kelishi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini isbotlashdi.

Asosiy alomatlar: uyqu buzilishi, depressiya, diqqatning pasayishi va xotira buzilishini o’z ichiga oladi. Ha, tezkor kontent shunchalik zararli.

Eng qizig’i, buni odat qilib olganlar asosan o’smirlar emas, balki 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan odamlardir.

📟 DigiTech
👍137😁21👏11🔥5💯54👨‍💻3😡32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐺 Amerikaning Colossal startapi bundan 12 000 yil oldin yo’q bo’lib ketgan dahshatli bo’rilarni «tiriltirdi».

Olimlar oddiy kulrang bo’rilarning genetik kodini qadimgi bo’rilarning (dire wolves) DNK'siga o’xshatish uchun o’zgartirishdi va keyin tahrirlangan tuxumlarni surrogat onaga joylashtirishdi. Natijada uchta bo’ri tug’ildi — ikkita o’g’il va bir qiz. Ular allaqachon oddiy kulrang bo’rilarning bolalaridan 20-25% kattaroqdir.

Kelajakda ular xuddi shunday yo’l bilan dodo qushlarini va mamontlarni ham «tiriltirishni» rejalashtirishgan.

📟 DigiTech
🔥101😨82👍38🤯12👏922🫡2💯1👨‍💻1
⚡️Orzudagi ish: Google sun’iy intellekt dasturchilariga bir yil davomida hech narsa qilmaslik va raqobatchilarga yordam bermaslik uchun pul to’laydi.

Xodimlar Googleda ishlashni boshlaganlarida eksklyuziv shartnomani imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha ular ishdan ketganidan keyin 12 oy davomida o’xshash loyihalar ustida ishlashi mumkin emas.

Buning evaziga ularga bozordan ancha yuqori ish haqi va bir yillik «ta’til» uchun pul to’lanadi.

📟 DigiTech
111👍46😁41🔥34👏86🫡3💯2🎄1
⚡️Microsoft sun’iy intellekt bo’yicha bepul kurslarni ishga tushirdi.

SI agentlari, ilovalar yaratish va hatto Minecraft'da neyron tarmoqlardan foydalanish bo’yicha ham kurslar mavjud.

👉 Kurslarga havola.

📟 DigiTech
👍7714🔥11👏6💯21😨1🤝1
📲 iOS 19 shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Insayderlar Apple 9-iyunda WWDC25 ko’rgazmasida namoyish etishi kutilayotgan dizaynni ko’rsatishdi.

Ikonkalar VisionOS'dan ilhomlanilib yanada yumaloq bo’lishi mumkin. Animatsiyalar ham yaxshilanadi va ilovalar interfeysi biroz o’zgartiriladi.

📟 DigiTech
👍56😁13👏12😡96🔥42💯1🤝1🎄1
⚡️Olimlar yurak xurujini ikki hafta oldin bashorat qiladigan sun’iy intellektni ishlab chiqishdi.

Neyron tarmoq butun dunyo bo’ylab 240 000 elektrokardiogrammalar bo’yicha o’qitildi, uni hatto eng yashirin aritmiya signallarini ham sezishga o’rgatishdi. Natija juda hayratlanarli — bemorlarning 70 foizi o’z vaqtida davolanib, yashashni davom ettira olishadi.

Olimlar neyron tarmoqni rivojlantirib, klinik sinovlar o’tkazishni va ushbu algoritmni aqlli soatlarga qo’shishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👏102👍4793🔥3🎉3🫡3😨2😇1
🦠 Saraton va viruslarga qarshi yangi inqilobiy vaksina ishlab chiqildi. U immunitetni 150 barobar kuchaytira oladi.

• Xitoylik olimlar tarixdagi eng kuchli SABER vaksinasini ixtiro qilishdi.
• U antigenlarni immun hujayralarining ilgari erishish imkoni bo’lmagan muhim hududlariga yetkazib beradi.
• SABER sichqonlarda sinovdan o’tkazilganida ulardagi barcha melanomani butunlay yo’q qildi!
• Vaksina kiritilgan sichqonlarda COVID-19 ga qarshi immunitet, uni olmagan sichqonlarga qaraganda 150 marta kuchliroq bo’lgan.
• Vaksinani odamlarda sinovlari yaqin orada o’tkazilishi kutilyapti.

📟 DigiTech
👍116🔥1976🤯3🫡2👨‍💻1😨1
⚡️Bir daqiqada veb-saytlar yaratamiz: WordPress saytlar yaratib beruvchi neyrotarmoqni chiqardi.

Neyrotarmoq saytni o’zi to’ldiradi va mavjud barcha qurilmalarga moslashtiradi. Generatsiya qilingan saytni bir tugmani bosish orqali ishga tushirish mumkin, hechqanday murakkab sozlamalar yo’q.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍59😨25👏6🔥42🤯21💯1🤝1😡1
📱 Tramp'ning boj tariflarini chetlab o’tish uchun Apple zudlik bilan Hindistondan AQSh'ga 600 tonna iPhone'larni jo’natmoqda — Tim Kuk tariflar muzlatilgan vaqtda iloji boricha ko’proq gadjetlarni olib o’tishga harakat qilmoqda.

Buning sababi: ularning asosiy ishlab chiqarish markazi Xitoyda joylashgan, tabiyki, ular 125% tariflarni to’lashni xohlashmaydi. Hindiston uchun esa tariflar 26%, lekin Apple uni ham chetlab o’tishga harakat qilmoqda.

📟 DigiTech
😁8945👍29👏20🔥10💯2🫡2😨1🤝1🎄1
🎵 Olimlar kompozitorning miyasini qayta tiklashdi va uni yana musiqa «yozishi» uchun sun’iy intellektga ulashdi.

Avstraliyalik neyrobiologlar jamoasi 2021-yilda vafot etgan Alvin Lyusier'ning miya hujayralaridan to’g’ri elektrodlarda mini-miyani (organoid) o’stirishdi, endi u real vaqtda musiqa «yozmoqda».

Organoid aktiv vaqtida uning elektr signallarini o’qiy oladigan maxsus qurilmaga joylashtirildi. Bu signallar kompyuter tomonidan qayta ishlanadi va musiqaga aylantiriladi.

📟 DigiTech
😨123👍40🤯18🔥8🤔7🤝43😡3💯2🫡2👨‍💻1
⚡️Photoshop rasmlarni sizning o’rningizga tahrirlay oladigan bo’ladi.

Adobe «ijodiy agent» ni namoyish etdi. Ushbu sun’iy intellekt suratni tahlil qilib, sizga kerakli usulda o’zgartirib bera oladi. Foydalanuvchi shunchaki ro’yxatdan variantlarni tanlashi kifoya va o’zgarishlar avtomatik ravishda qo’llaniladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar SI agentga matnli so'rovlarni ham yozishlari mumkin bo’ladi. Adobe SI agentining barcha funksiyalarini 24-aprelda namoyish etadi.

📟 DigiTech
21👍20👏7🫡3🔥2💯21😡1
⚡️14 yoshlik maktab o’quvchisi yurak xastaliklarini 7 soniyada aniqlaydigan dastur yaratdi.

Hindistonlik Siddhart Nandyala SI ishlab chiqish bo’yicha rasmiy sertifikatlangan eng yosh mutaxassis hisoblanadi. Uning dasturi 15 000 kishida sinovdan o’tkazildi va natija 96% hollarda to’g’ri bo’ldi.

Endi siz 14 yoshingizda nimalar qilganingizni eslang :)

📟 DigiTech
👍189🤯36👏35🔥19👨‍💻6😇6🫡4💯3🎉2🤝21
📑 Google neyrotarmoqlarga to’g’ri prompt (matnli so’rov) yozish bo’yicha 68 sahifalik qo’llanmani chiqardi. Qo’llanmada ular professional dasturchi kabi fikrlashni va SI xatti-harakatlarini tahlil qilishni o’rgatishgan.

Qo’llanmada:
– Samarali promptlar yozish bo’yicha maslahatlar;
– Neyrotarmoqlar orqali dasturlash bo’yicha qo’llanma;
– Qanday qilib sun’iy intellektga vazifalarni to’g’ri berish tushuntirilgan (zero-shot, chain of thought va boshqalar);
– Javoblarning aniqligini oshirish texnikalari o’rgatilgan.


👉 Qo’llanmani o’qish uchun havola.

📟 DigiTech
👍47🔥1141👏1💯1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi kaskadyorlarga ham ajoyib tryuklari uchun Oskar topshiriladi.

Birinchi bunday mukofot 2028-yilda 100-taqdirlash marosimida topshiriladi, biroq yangi nominatsiya uchun saralash qoidalari hozircha yo’q — ular keyinroq belgilanadi.

Videoda Tom Kruz'ning eng xavfli tryuklaridan biri, ideal kadrni olish uchun xavfsizlik kamarlarisiz mototsiklda 1250 metrlik tog’ qoyasidan olti marta ketma-ket sakragani ko’rsatilgan.

📟 DigiTech
👍74👏1875🫡5🔥2💯2😨1🤝1