AI | DigiTech
51.5K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️AQSh'da dunyodagi eng kichik yurak stimulyatori yaratildi: uni shprits yordamida kiritish mumkin, ishlashi uchun energiyani esa tananing biologik suyuqligidan oladi.

Texnologiya birinchi navbatda, operatsiyadan keyin vaqtinchalik elektr stimulyatsiyasini talab qiladigan yurak nuqsoni bilan tug’ilgan bolalar uchun ishlab chiqilgan.

Uni olib tashlash ham shart emas, vaqt o’tishi bilan organizmda to’liq so’rilib ketadi.

📟 DigiTech
🔥89👍49🤯21👏12💯531😇1
⚡️Sun’iy intellekt imtihondan muvaffaqiyatli o’tib Vena universitetiga rasman o’qishga kirdi.

Flynn sun’iy intellekti intervyudan o’tib va imtihonlarni topshirib, raqamli san’at yo’nalishida birinchi kursga o’qishga kirishga muvaffaq bo’ldi. O’qituvchilar unga savol berib baholar qo’yishlari mumkin.

Shuningdek, Flynn odam sifatida shaxsiy kundaligini yuritib, o’qishi va do’stlari haqida o’z fikrlarini yozib bormoqda.

Bu SI'ning universitetga rasmiy talaba sifatida qabul qilinishining dunyodagi birinchi holatidir.

📟 DigiTech
1😁187👍47🤯25😡86🔥5😨5👏3🤔3🤝2💯1
👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari,
• O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari.
Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.

Tanlov formati:
• Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat.
• Til: inglizcha.
• Ishtirok: bepul.
• Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar.

Nega ishtirok etish kerak?

• O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng.
• Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi.
• Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.


Qanday ishtirok etish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish: 18 aprelga qadar havola orqali.
Hamkorlar: New Uzbekistan University, ML Community (INHA University), Yandex ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi.

O‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazing, intellektual hamjamiyatga qo‘shiling va Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest'da g‘olib bo‘ling!💥
👍20🔥102💯1🤝1🎄1😡1
🤖 Kawasaki Corleo robo-otini ko’rsatdi.

Kompaniya g’oyasiga ko’ra, bunday narsa vodorod dvigateli va sun’iy intellektda ishlaydigan bo’lib, tog’li va o’rmon hududlarida oson harakatlanish imkonini beradi. Corleo yuradi, yuguradi va sakray oladi.

Transformerlar filmidan ilhomlanishgan shekilli :)

📟 DigiTech
👍91🔥18🤯187👏52💯2😁1👨‍💻1🫡1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛣️ Xitoyning Nankin shahridagi yo’llarda politsiya dronlari o’rnatilgan stansiyalar qo’yildi.

Ushbu kopterlarning o’zlari yo’lni patrul qilib, qoidabuzarliklarni videotasvirga yozib oladi, zaryadi tugayotganda esa bazaga qaytib zaryadlanadi.

📟 DigiTech
👍78🔥12😨9👏74💯4🤝2🫡21🤯1😡1
⚡️Tramp'ning yangi boj tariflari fonida AQSh'ning barcha milliarderlari boyligi kamayib ketdi — faqat Uorren Baffett foydada.

2024-yil oxirida ko’pchilik uni ustidan kulgandi: hamma aksiyalarni sotib olayotganda, Baffett ularni sotayotgan edi.

📟 DigiTech
😁194👍42🔥8🤯6💯5👨‍💻32🎄2😨1🤝1
⚡️Tadqiqot: Gazli shirin ichimliklar depressiya xavfini oshiradi. Tabiiy sharbatlar va qahva esa aksincha, psixikani himoya qiladi. Olimlar 188 ming kishi orasida so’rovnoma o’tkazishdi va qiziqarli xulosalarga kelishdi:

• Kuniga bir martadan ortiq shakarli ichimliklar ichish depressiya xavfini 14% ga oshiradi.
• Shakarni o’rnini bosuvchi sun’iy qo’shimchalar qo’shilgan ichimliklar jiddiyroq xavf tug’diradi: kuniga bir martadan ortiq portsiya depressiya xavfini 23% ga oshiradi.
• Sof meva yoki sabzavot sharbatlarini muntazam iste’mol qilish depressiya xavfini 19% ga, qahva esa 12% ga kamaytiradi.

Agar zararli ichimliklarni foydali ichimlikka almashtirsangiz, xavflar kamayadi. Misol uchun, kola o’rniga tabiiy apelsin sharbati.

📟 DigiTech
👍72👏138🔥74🫡4💯3🤓1😨1
🧠 Ilon Mask'ning Neuralink kompaniyasi miyaga chiplarni implant qilish uchun butun dunyo bo’ylab arizalarni qabul qilishni boshladi.

Ilgari ko’ngillilar faqat AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyadan qidirilar edi, hozir esa mamlakat rol o’ynamaydi, ammo muhim shart mavjud — odamda tetraplegiya (tananing ko’p qismining falaji) bo’lishi kerak.

Hozirgacha Neuralink chiplari uchta bemorga o’rnatilgan va ularning barchasi fikr kuchi bilan kompyuterlarni boshqara olishadi!

📟 DigiTech
👍90🤯346🔥5💯43👏2😨1
🚘 Magadanda Nissan X-Trail muz qatlami ustida egasidan uzoqlashib, Yaponiya tomon suzib ketdi.

Juma kuni Gertner ko’rfazida bir necha odamlar baliq ovlayotganida kutilmagan holat yuz berdi — ularning ostidagi muz birdan yorilib ketdi va ayrimlar mashinalarini olishga ulgurishmadi.

Natijada, qutqaruvchilar ikki kun davomida mashinalarni «ovlab» chiqishlariga to’g’ri keldi, biroq Nissan sakkiz kilometr uzoqqa ketib qolgan, unga hali yetib bora olishmadi.

📟 DigiTech
😁90👍327🔥5👏2🤝2😡21💯1
⚡️Reels va Shorts'larni ko’rishni to’xtatamiz. Olimlar qisqa videolar haqiqiy qaramlikka olib kelishi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini isbotlashdi.

Asosiy alomatlar: uyqu buzilishi, depressiya, diqqatning pasayishi va xotira buzilishini o’z ichiga oladi. Ha, tezkor kontent shunchalik zararli.

Eng qizig’i, buni odat qilib olganlar asosan o’smirlar emas, balki 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan odamlardir.

📟 DigiTech
👍137😁21👏11🔥5💯54👨‍💻3😡32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐺 Amerikaning Colossal startapi bundan 12 000 yil oldin yo’q bo’lib ketgan dahshatli bo’rilarni «tiriltirdi».

Olimlar oddiy kulrang bo’rilarning genetik kodini qadimgi bo’rilarning (dire wolves) DNK'siga o’xshatish uchun o’zgartirishdi va keyin tahrirlangan tuxumlarni surrogat onaga joylashtirishdi. Natijada uchta bo’ri tug’ildi — ikkita o’g’il va bir qiz. Ular allaqachon oddiy kulrang bo’rilarning bolalaridan 20-25% kattaroqdir.

Kelajakda ular xuddi shunday yo’l bilan dodo qushlarini va mamontlarni ham «tiriltirishni» rejalashtirishgan.

📟 DigiTech
🔥101😨82👍38🤯12👏922🫡2💯1👨‍💻1
⚡️Orzudagi ish: Google sun’iy intellekt dasturchilariga bir yil davomida hech narsa qilmaslik va raqobatchilarga yordam bermaslik uchun pul to’laydi.

Xodimlar Googleda ishlashni boshlaganlarida eksklyuziv shartnomani imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha ular ishdan ketganidan keyin 12 oy davomida o’xshash loyihalar ustida ishlashi mumkin emas.

Buning evaziga ularga bozordan ancha yuqori ish haqi va bir yillik «ta’til» uchun pul to’lanadi.

📟 DigiTech
111👍46😁41🔥34👏86🫡3💯2🎄1
⚡️Microsoft sun’iy intellekt bo’yicha bepul kurslarni ishga tushirdi.

SI agentlari, ilovalar yaratish va hatto Minecraft'da neyron tarmoqlardan foydalanish bo’yicha ham kurslar mavjud.

👉 Kurslarga havola.

📟 DigiTech
👍7714🔥11👏6💯21😨1🤝1
📲 iOS 19 shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Insayderlar Apple 9-iyunda WWDC25 ko’rgazmasida namoyish etishi kutilayotgan dizaynni ko’rsatishdi.

Ikonkalar VisionOS'dan ilhomlanilib yanada yumaloq bo’lishi mumkin. Animatsiyalar ham yaxshilanadi va ilovalar interfeysi biroz o’zgartiriladi.

📟 DigiTech
👍56😁13👏12😡96🔥42💯1🤝1🎄1