AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
💾 SanDisk 2027-yilda 1 petabaytlik (1024 TB) SSD'ni chiqaradi. U SSD SanDisk'ning yangi platformasi UltraQLC da ishlaydigan bo’ladi.

Bundan tashqari, kompaniya sun’iy intellektlar uchun xotira yetishmasligi muammosini hal qilish maqsadida 3D DRAM ustida ishlamoqda — katta tilli modellari (LLM) har 1-2 yilda o’rtacha ~10 baravar o’sib bormoqda va ularga ko’pincha xotira yetmay qoladi.

📟 DigiTech
👏84👍55🤯14🔥103🫡3😡2😇1🤝1
🎥 Tadbirkor Mark Lu neyron tarmoqlardan foydalangan holda startaplarni ishga tushirish bo’yicha bepul kurs chiqardi.

Videoda u quyidagilar haqida ma’lumot bergan:
– Birinchi startapingizni ishga tushirish uchun qanday texnologiyalar kerak;
– SI yordamida jarayonlarni qanday avtomatlashtirish mumkin;
– Kod va dizayn bilan ishingizni tezlashtirish uchun neyrotarmoqlardan qanday foydalanish kerak.

Markning o’zi 25 ta loyihani ishga tushirishga ulgurgan, ulardan 12 tasi daromadli bo’ldi. Loyihalari unga oyiga umumiy 123 ming dollar daromad keltiradi.

👉 Bepul kursga havola.

📟 DigiTech
👍59🤩25🔥6🤯3👏2🎉1😨1
⚡️Sun’iy intellekt strimerga aylandi: Claude 3.7 Sonnet deyarli ikki kundan buyon Pokemon Red o’yinini jonli efirda o’ynamoqda.

Anthropic'ning birinchi «fikrlaydigan» modelining fikrlash jarayonini ko’rish mumkin. Neyrotarmoq sekin bo’lsa-da, lekin hozircha o’yinni muvaffaqiyatli o’tmoqda.

Uning oldingi versiyasi Claude 3.5 Sonnet bir paytlar o’yinni boshida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi — u boshlang’ich darajadan o’ta olmagan.

👉 Strimni kuzatish uchun havola.

📟 DigiTech
👍83🤯15🔥12😁43👏2🫡2💯1🎄1
⚡️Telegram shaxsiy va guruh chatlarida pullik xabarlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ularni telegram stars'lar evaziga yuborish mumkin bo’ladi.

Har bir suhbat uchun turli xabarlar narxini belgilash mumkin bo’ladi. Hozirda funksiya yopiq sinovdan o’tkazilmoqda.

Guruh egasi yoki suhbatdosh o’z xohishi bilan ushbu funksiyani faollashtirishi mumkin. Kanallar va chatlar egalari monetizatsiya qilishning yangi usuliga, foydalanuvchilar esa spamerlarga qarshi yangi filtrga ega bo’lishadi.

📟 DigiTech
🔥52👍34🤯15👏4💯41😨1🫡1
⚡️OpenAI GPT-4.5 modelini chiqardi.

U matnli so’rovlarni barcha modellardan yaxshiroq tushunadi, deyarli ma’lumotni o’ylab topmaydi, ya’ni faqat faktlar bo’yicha javob beradi. Asosiy urg’u matnlarga va so’zlashishga qaratilgan, shu sabab dasturlashda katta o’sish yo’q — o1 va o3 hozircha buni yaxshiroq qilishadi.

Hozircha undan faqat ChatGPT Pro obunasi egalari foydalanishlari mumkin. Keyingi haftadan esa Plus obunasi foydalanuvchilari uchun ham ochiladi.

📟 DigiTech
👍70🔥11👏863😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoylik 11 yoshli bola kubik rubikni atigi 3,08 soniyada yig’ib yangi jahon rekordini o’rnatdi.

Avvalgi rekordchi, amerikalik Maks Parkning natijasi 3,13 soniya edi.

📟 DigiTech
👏148👍56🤯18🔥15😁64🤩2🫡2😨1🤝1
⚡️Sayyoradagi eng boy odamlarning boyligini istalgan narsaga «sarflash» imkonini beruvchi sayt paydo bo’ldi.

Ularning boyligi faqat butun internet yoki mamlakatni sotib olishga yetmaydi. Lekin be’malol shaxsiy sun’iy yo’ldosh, umrbod pitsa yetkazib berishga kupon, hashamatli uylar va boshqa ko’plab narsalarni «sotib olish» mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
😁122👍33🔥10👏5🤯3🫡32😡2🤝1
👓 Meta yangi Aria Gen 2 aqlli ko’zoynagini namoyish etdi, u uyda yo’qolgan kalitlarni va do’konlarda oziq-ovqat mahsulotlarini topishga yordam beradi.

Qurilma mikrofon va to’rtta kamera orqali atrof-muhitni taniydi. Uni ko’z harakatlari, imo-ishoralar va ovoz orqali boshqarish mumkin. Bir zaryadda 6-8 soat faol ishlaydi.

Narxi va chiqarilish sanasi hozircha ma’lum emas, lekin Meta ko’zoynakni shu yilda sotuvga chiqarishni rejalashtiryapti.

📟 DigiTech
👍72🔥20🤯9🫡7👏31😨1
⚡️Samsung kvant kompyuterlaridan himoya qiladigan chipni ishlab chiqmoqda

Kvant kompyuterlari juda kuchlidir. Shu sabab, superkompyuterlar sotuvga chiqarilganidan so’ng mavjud xavfsizlik tizimlari qurilmalaringizni xakerlik hujumidan himoya qila olmaydi.

Samsung S3SSE2A chipini oldindan ishlab chiqmoqda, bu chip kelajakdagi xavfga qarshi kurashishga qaratilgan. Texnologiya apparatli post-kvant kriptografiyasi (PQC) deb ataladi. Kompaniya ushbu chip o’rnatilgan smartfonlar 2028-yilda chiqarilishini va’da qilmoqda.

📟 DigiTech
👍119👏16🤯16🔥54🤓3👨‍💻32😨2😁1🫡1
⚡️1-toifa qandli diabetni davosi topildi — Weill Cornell Medicine olimlari insulin ishlab chiqarishni tiklashning inqilobiy usulini topishdi.

Millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin bo’lgan kashfiyot haqida qisqacha:

— Shifokorlar bemorlarga qon tomirlarini hosil qiluvchi hujayralar bilan birga insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni ham ko’chirib o’tkazishni o’rganishdi;

— Shu bilan birga, ko’chirib o’tkazish usuli juda oddiy: transplantatsiya avvalgidek jigarga emas, teri ostiga amalga oshiriladi;

— Qandli diabetga chalingan kemiruvchilarda o’tkazilgan sinovlar natijalari fantastik bo’ldi: qand darajasi darhol barqarorlashdi va 20 haftadan ko’proq vaqt davomida shu holatda qoldi;

Odamlarda sinovlar keyingi yilda boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👏78👍52🔥15🤯65🫡4👨‍💻3😁2🤓2🎉1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sun’iy intellekt bilan muloqot qilish orqali ingliz tilida og’zaki nutqni yaxshilash uchun Sesame neyrotarmog’i chiqdi, u gapirish ohangi deyarli odamnikidan farq qilmaydigan eng yaxshi ovozli chatbot hisoblanadi.

Neyrotarmoq ovoz toni va tembrni o’zgartira oladi, u hatto pichirlab gaplashishni ham biladi, ingliz tilida so’zlashuvni yaxshilamoqchilar uchun ayni muddao.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
68👍586👏4😁1😨1
👨‍💻Lenovo noodatiy yangi qurilmani — yorug’lik bilan quvvatlanadigan noutbukni namoyish etdi.

Yoga Solar'ga quyosh paneli o’rnatilgan bo’lib, u batareyani hatto xona yorug’ligidan ham ozgina zaryadlaydi, quyosh nuridan esa 20 daqiqada bir soatlik ish uchun yetarli energiya oladi.

Narxi va qachon sotuvlar boshlashi haqida aytishmadi.

📟 DigiTech
👍123🤯26🔥16👏732😍2🫡2🎉1😇1😡1
AI | DigiTech
Photo
📲 Quyosh panellarini smartfonlar va ularning chexollariga ham o’rnatishni rejalashtirishyapti. Xitoyning Infinix kompaniyasida allaqachon prototiplar ham tayyor.

Ularning zaryadlash quvvati 2 Vt bo’ladi va qurilma haddan tashqari qizib ketmasligi uchun faqat ishlatilmayotgan vaqtda faollashtiriladi. Smartfonni hatto chiroqdan ham zaryadlash mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍120🔥24🤯12👏96🎉43😍2🤔1🎄1