AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.57K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Ilon Mask Dubay ostida avtomobillar uchun yer osti tunnellarini quradi.

Tunnel tizimi Dubaydagi asosiy nuqtalarni bog'laydi va ular orasidagi sayohat bir necha daqiqa davom etadi. Yaqinda 11 stansiyadan iborat 17 kilometrlik sinov tunnellari qurilishi boshlanadi.

📟 DigiTech
👍94🤯2116👏12🔥82💯2🫡2🎄2
👩‍💻Qizlar uchun "Technovation Girls Uzbekistan 2025” xalqaro tanlovining yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Technovation Girls Uzbekistan – O‘zbekistondagi qizlar uchun yirik STEM-dastur yangi mavsumiga start berildi. Ushbu dastur Tech4Impact tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Yandex Uzbekistan kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

👩‍💼2025-yilda hamkorlik doirasida Yandex mutaxassislari O‘zbekistonning barcha hududlaridan ishtirok etadigan jamoalarga yana mentorlik qiladi. Har bir jamoa 3 oy davomida mentorlar yordamida ijtimoiy yo‘naltirilgan mobil yoki veb-ilovani yaratishi, loyihaning biznes rejasini yozishi va loyiha haqida video tasvirga olib, o‘z loyihasini tanlov finalida taqdim etishi kerak bo‘ladi.

💻O‘zbekiston jamoalari quyidagi mavzularda mobil ilovalarni ishlab chiqadi: ta’lim sifatini yashilash uchun AI (sun’iy intellekt)dan foydalanish, nogironligi bor odamlarga yordam berish va maktablarda bullingni pasaytirish, daraxt ekish va havo sifatini kuzatish, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, moliyaviy firibgarliklar holatlarini kamaytirish, ayollarning imkoniyatlari va huquqlarini kengaytirish va boshqa mavzular.

📲Technovation Girls Uzbekistan tanloviga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 1-martgacha ochiq bo‘ladi. https://my.technovationchallenge.org/
👍27🫡4🔥2🎉2😡2😁1🤯1
💰Yaxshi daromad topish qobiliyati gendan o’tishi aniqlandi. Olimlar 12 mamlakatdan 668,288 kishinining genlarini o’rganib chiqishdi va genomda pul ishlash qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan hududlar borligini aniqlashdi.

– Genlar potensial yaxshi daromadga 25% ta’sir qiladi;

– O’qishda yaxshiroq o’rganishga yordam beradigan genlar ko’pincha «pul genlari» bilan bog’liq.

– Pul geniga ega odamlarning ruhiy salomatligi yaxshi bo’ladi va ko’p tavakkal qilishga moyilligi bo’ladi.

📟 DigiTech
👍81🔥21🤯12😁1075🤓2👏1😨1🫡1
⚡️Microsoft kompaniyasi topologik o’tkazgichlardan foydalangan holda insoniyat tarixidagi birinchi kvant chipini yaratdi. Buning uchun kompaniya yangi materiya holatini kashf qildi.

Bu bir vaqtning o’zida texnologiya va fizikadagi fundamental inqilobdir — qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz:

• Materiyaning uchta asosiy turi mavjud: qattiq, suyuq va gaz — bugun esa bu o'zgardi!

• Microsoft tadqiqotga 20 yil sarfladi va materiyallarning yangi turini — topologik o’tkazgichlarni yaratdi.

• Topologik o’tkazgichlar materiyaning yangi holatini yaratadi — qattiq, suyuq yoki gazsimon emas, balki topologik.

• Topologik kubitlar termodinamika va elektrodinamika qonunlari bilan cheklanmaydi.

• Ular yordamida insoniyat million kubitli kvant kompyuterini yaratishi mumkin — u hatto zamonaviy superkompyuterlarda ham minglab yillar talab qiladigan muammolarni bir zumda hal qila oladi.

Bu shunchaki tadqiqot emas: Microsoft'da allaqachon topologik o’tkazgichlarda ishlaydigan «Majorana 1» chipi mavjud.


• Topologik o’tkazgichlar 20-asrda yarimo’tkazgichlarning yaratilishi bilan taqqoslanadigan fundamental kashfiyotdir.
• Microsoft hozirda kaft o’lchamidagi navbatdagi chipni yaratmoqda, u Yerdagi barcha kompyuterlardan kuchliroq bo’ladi (hatto barchasini birlashtirganda ham).
• Topologik o’tkazgichlar bilan chip yaratish uchun o’nlab emas, atigi birnecha yil yetadi.
Bunday kvant kompyuteri dunyoni o’zgartirib yuborishi mumkin.

📟 DigiTech
👍138🤯70👏10🔥733😨3👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Xitoyning Van'an shahrida qadimiy daraxtni kesmaslikka qaror qilishib, yo’lni uning atrofida qurishdi.

Aytishlaricha, bu banyan daraxtining yoshi yuzlab yillar bo’lishi mumkin, shuning uchun uni yo’q qilish juda shafqatsiz bo’lardi.

📟 DigiTech
🔥132👍97👏3013🫡6🤯41😇1
☄️NASA 2024 YR4 asteroidining 2032-yilda Yerga tushishi ehtimolini 3,1 foizgacha oshirdi — endi u kuzatishlar tarixidagi eng xavfli kosmik obyekt hisoblanadi.

Sayyora bilan to’qnashuv sodir bo’lgan taqdirda zarba to’lqini Xirosimaga tushgan atom bombasidan 500 barobar kuchliroq bo’ladi, Kolumbiya, Nigeriya va Hindiston xavf ostida.

Shunga qaramay, vahima qilishga asos yo’q: Yerga tushish ehtimoli hali juda kichik va NASA'da asteroidlarning trayektoriyasini o’zgartirish bo’yicha tajribasi ham bor, 2022-yilda NASA zond yordamida Dimorf asteroidi trayektoriyasini o’zgartirgan edi.

📟 DigiTech
🔥75👍39😨23🫡94🤓4👏2💯2🤯1😡1
🚘 Uchar mashinalar reallikga aylandi — ucha oladigan Model A elektromobili namoyish etildi.

Model A bir zaryadda 350 km yo’lni bosib o’ta oladi va 176 km masofagacha ucha oladi. 3000 dan ortiq odam allaqachon 300 ming dollardan to’lab oldindan buyurtma berishgan, ommaviy ishlab chiqarish esa shu yildan boshlanadi.

Endi tirbandliklardan uchib o’tib ketsa bo’ladi :)

📟 DigiTech
👍99😁29🔥159🎉53😨2😡1
🎥 Filmlar va seriallar parchalaridan til o’rganish uchun sayt chiqdi.

Qiyinlik darajasini yoki aksentni tanlashingiz mumkin va sayt epizodlar ro’yxatini ko’rsatadi. Ularning har biri lug’at, grammatika, matnni tushunish va talaffuz bo’yicha vazifalarni o’z ichiga oladi. Asosiysi undan foydalanish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍79🔥18👏95🤯52🤝2😇1🫡1🎄1
🛰️ Xitoyliklar koinotdan yuzlarni tiniq ko’ra oladigan kamerani yaratishdi. Bu tarixdagi eng kuchli josuslik qurilmasi bo’lishi mumkin.

Kamera lazer tizimida ishlaydigan bo’lib, 100 km masofadagi 1,7 mm gacha bo’lgan kichik obyektlarni tanib olish imkonini beradi. Ya’ni tom ma’noda koinotdan sizni va smartfoningizda nimalar qilayotganingizni kuzatib turishlari mumkin.

Endi bizni Xitoy josuslaridan faqat bulutlar qutqarishi mumkin)

📟 DigiTech
😁178🔥72👍33😡16🤯14👏94👨‍💻3😨3🫡3💯1
🧠 Reading universiteti olimlari nonushtaga yong’oq iste’mol qilish miya faoliyatini kuchaytirishini aniqlashdi.

Konsentratsiya, xotirani va qaror qabul qilish tezligini yaxshilash uchun har qanday nonushtaga 50 gramm yong’oq qo’shish kifoya. Effekt olti soat saqlanadi.

📟 DigiTech
👍117🔥23💯10🤩8😁522🎄2😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Norvegiyadagi 1X kompaniyasi uy ishlarini bajaradigan xizmatkor Neo Gamma gumanoid robotini namoyish etdi.

Neo Gamma choy tayyorlashi, uyni changyutkichda tozalashi va narsalarni joylashtirishi mumkin. Lekin asosiysi — unga SI o’rnatilgan bo’lib, robot asta sekin o’z egalari va ularning odatlariga moslashib boradi.

Kelajak allaqachon shu yerda.

📟 DigiTech
👍112🤯21🔥17🥰4👏3😨32🫡21😁1
⚡️Olimlar tug’ma ko’rlikni yengishdi — shifokorlar tug’ma ko’r bo’lgan bo’lalarni tarixda birinchi bor davolay olishdi.

Bolalarga AIPL1 genidagi mutatsiya natijasida kelib chiqqan tug’ma amauroz tashxisi qo’yilgan, shu sababli ular butunlay ko’r bo’lib qolishgan. Shifokorlar ushbu bolalar ko’zining to’r pardasiga genning sog’lom nusxalarini joylashtirdilar. Operatsiyadan besh yil o’tgach ham ular yaxshi ko’rishmoqda.

Hozirda ushbu bolalar ota-onalarining yuzlarini taniy oladilar, hatto o’qish va yozishlari mumkin.

📟 DigiTech
🔥147👍89👏2715🫡8😨4💯3🤝3
⚡️Tadqiqot: Counter Strike o’yini miyani rivojlantiradi. Sheffild universiteti olimlari 230 ta o’yinchida tadqiqot o’tkazishdi va ushbu o’yin kognitiv qobiliyatlarni kuchaytirishini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari:
• CS o’yinchilari oddiy odamlarga qaraganda tezroq qarorlar qabul qilishadi.
• Ular qiyin vazifalarni boshqalarga qaraganda yaxshiroq va tezroq bajarishadi, ularning strategik fikrlashi esa oddiy odamlarnikidan birnecha marta yaxshiroqdir.
• O’yinchilar kamroq stressga tushishadi — bu shifokor va o’t o’chiruvchilar kabi murakkab kasblarda foydali bo’lishi mumkin.

Ko’pchilik o’zi bilmay miyani rivojlantirib kelayotgan ekanda :)

📟 DigiTech
😁236👍66🤯156😡5😨32🤔1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Anatomik jihatdan eng odamga o’xshash robotni ishlab chiqayotgan Clone startapi ilk bor robotning butun tanasini ko’rsatdi.

Gidravlikada ishlaydigan sun’iy mushaklar sintetik teri ostida yashiringan. Kelajakda ushbu androidlardan xizmatkor sifatida foydalanishmoqchi, oldindan buyurtmalarni esa shu yildan ochishadi (hozircha narxi ma’lum emas).

📟 DigiTech
👏49👍32🤯29😨11😁6😡3🔥2🫡21
🚴 Mercedes yangi AMG'ni chiqardi, lekin avtomobil emas, elektr velosiped — AMG F1 City Edition 750.

Bir zaryadda 112 km yuradi, maksimal tezligi esa 45 km/soat. To’rtta haydash rejimi mavjud — endi hatto velosipedda ham «Sport» rejimini yoqishingiz mumkin.

Narxi “atigi” 4000 dollar.

📟 DigiTech
😨138😁95👍59👏76🔥5😍3😡32🤩1