AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.57K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Tom Kruz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmining yangi qismi uchun samolyot sahnasi qanday suratga olinganini ko’rsatdi.

Teskari uchib ketayotgan samolyotga osilgan sahnani hardoimgidek kaskadyorsiz aktyorni o’zi ijro etgan.

Aytgancha, ushbu epizodni treylerda qisqacha ko’rish mumkin, film esa kinoteatrlarda 23-maydan namoyish etiladi.

📟 DigiTech
👍127🔥38😨976🫡6👏5😇1
⚡️Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan Avstraliya, kaft rasmiga qarab yoshni tekshirish texnologiyasini sinovdan o’tkazmoqda.

Sun'iy intellektlarga ixtisoslashgan Needemand kompaniyasi barmoqlar harakatini kuzatib, o’smirlarning kaftini kattalarnikidan 99% aniqlikda ajrata oladigan texnologiyani taqdim etdi. Endi hujjatlar yoki yuzni ko’rsatish shart emas.

Asab tizimimiz tug’ilishdan to voyaga yetguncha har kuni o’zgarib turadi, shu sabab barmoqlar harakati ham yoshga qarab o’zgaradi. Eng muhimi: barchasi anonim, pasport yoki selfi kerak emas, faqat qo’lni kamera oldida 30 soniya harakatlantirish kifoya — deydi ishlab chiquvchilar.


📟 DigiTech
👍156🔥2017😁7🤯5👏4🫡42💯1👨‍💻1😨1
⚡️Duolingo top startap yaratish bo’yicha qo’llanma chiqardi — unda barcha menedjerlar va startapchilar uchun oltinga teng ma’lumotlar mavjud.

Kompaniya ajoyib mahsulotni ishlab chiqish bo’yicha to’liq kitob tayyorladi. Kitobda ular o’z biznesining asosiy prinsiplari haqida batafsil yozishgan:

– Oldindan o’ylang;
– Sifatni doimo ko’taring;
– Yangiliklarni kiriting;
– Aytmang, ko’rsating;
– Noyob qiziqarli uslubdan foydalaning.


Kitob 64 sahifadan iborat, bir kunda o’rganib chiqish mumkin. O’qish uchun havola.

📟 DigiTech
👏48👍38🔥65🤯3😨2💯1🫡1
🎥 Videolarni tiniqlashtirib beruvchi eng yaxshi neyrotarmoq — Project Starlight chiqdi.

Yakuniy videoning sifati hayratlanarli darajada tiniq: hech qanday ortiqcha detal yoki qo’shimcha kadrlar yo’q. Eski oilaviy videolar va sevimli filmlarni tiniqlashtirish uchun ideal neyrotarmoq.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍53👏14🔥95🫡31🤯1💯1😨1
⚡️Telegram YouTube'ga aylandi — messenjerdagi videopleyer kuchli yangilandi.

• Endi videolarga chiroyli muqova va taym-kodlar qo’shish mumkin.
• Taym-kodlarga havolalarni nusxalab do’stlar bilan bo’lishish mumkin.
• Endi videoni yopib unga qaytib kirsangiz video to’xtatilgan joyidan davom etadi.

Yangilanish allaqachon Android va iOS qurilmalari uchun mavjud.

📟 DigiTech
👍99🔥20🤯5👏3😨311💯1🫡1
⚡️Sem Altmanning aytishicha, GPT-5 barcha uchun mutlaqo bepul bo’ladi.

OpenAI yaqin haftalarda GPT-4.5 ni chiqaradi. Ushbu model kompaniyaning so’nggi «fikrlamaydigan» til modeli bo’ladi.

Shundan so’ng, kompaniya nihoyat ChatGPT versiyalari nomlarini tartiblashni boshlaydi. Besh xil modeldan birini tanlash shart bo’lmaydi, ularning barchasi GPT-5 ga birlashtiriladi.

📟 DigiTech
5👍154🔥26😁52🎉2🤩2😨21💯1
⚡️1500-yillardan boshlab asosiy texnologik kashfiyotlarning to’liq xaritasi chiqdi.

Xaritada 600 yil ichida texnologiyalar qanday rivojlanganini batafsil ko’rishingiz mumkin.

👉 Xaritaga havola.

📟 DigiTech
👍89🔥20🤯14👏5😁4👨‍💻42🤩2💯2🫡1😡1
☄️ Xitoyda 2032-yilda 2,2 foizlik ehtimol bilan Yer bilan to’qnashib, butun bir shaharni vayron qilishi mumkin bo’lgan 2024 YR4 asteroidini kuzatib turuvchi maxsus «sayyoraviy mudofaa» otryadi tuzilmoqda.

Jamoa bunday obyektlarni kuzatishi va ulardan himoyalanish strategiyalarini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍115👏32😁19🤯8😨6🫡533🔥2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Hindistonlik kalkulyator-odam Aaryan Shukla miyada hisoblash tezligi bo’yicha oltita jahon rekordini o’rnatdi.

14 yoshli vunderkind 30,9 soniyada 100 ta to’rt xonali raqamni va 18,71 soniyada 50 ta besh xonali raqamni to’g’ri qo’shib rekord o’rnatdi, shuningdek, ko’paytirish va bo’lish bo’yicha ham bir nechta rekordlarni yangiladi — u bularning barchasini bir urinishda uddaladi.

📟 DigiTech
🔥130👍78116🤯5🫡4😨3💯2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐋 Chilida qayiqda suzib ketayotgan yigitni kit yutib yubordi va darhol chiqarib tashladi.

Ajablanarli kadrlarni yigitning otasi ular Patagoniya qirg’og‘i yaqinida qayiqda sayr qilayotganlarida olishga muvaffaq bo’ldi. Hammasi yaxshilik bilan yakunlandi, yigit hech qanday jarohat olmadi.

📟 DigiTech
👍130🤯74😁23👏16🔥97🫡5👨‍💻2💯1🎄1
⚡️Tug’ilganingizdan buyon dunyoda, tabiatda va tanangizda nima o’zgarganini ko’rsatadigan ajoyib sayt chiqdi.

Masalan, yurak urishi, nafas olish soni yoki tug’ilganingizdan beri narxlar qanday o'zgarganini bilib olishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍11824🔥18🤯7😍43😁3💯1😡1
⚡️Telegramning yaqindagi yangilanishi iPhone batareyasini «o’ldirmoqda».

App Store'da izohlar shikoyatlarga to’lib ketdi, yangilanishdan so’ng paydo bo’lgan muammolar:

• iPhone 15 Pro Max 30 daqiqada 30% zaryadni yo’qotyapti.
• Qurilma qo’lda ushlab bo’lmaydigan darajada juda qizib ketmoqda.
• Ilova doimiy ravishda yopilib qolyapti.
• Dumaloq videolar ba’zan qo’yilmayapti.

Hammasi oldingidek yaxshi ishlashi uchun mediani avtomatik yuklashni o’chirib qo’yishni maslahat beramiz.

📟 DigiTech
😁158👍35🔥8💯64🤔2🤩2😡21😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Perplexity tadqiqotlar yozuvchi Deep Research'ning bepul versiyasini chiqardi.

— Tadqiqotlar yozish uchun Perplexity 100 tagacha saytni tahlil qiladi. Taqqoslash uchun, OpenAI faqat 5-20 ta saytni tahlil qiladi;

— Hamma uchun kuniga 5 ta so’rov bepul;

— Bir-ikki daqiqada insholar, hisobotlar, kurs ishlari va tadqiqotlar yozib beradi;

— Tadqiqotni darhol PDF fayl ko’rinishida yuklab olish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍75🔥8💯63🤯32👨‍💻1😨1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♟️Shaxmat o’yini endi kibersportga kiradi!

Shaxmat Esports World Cup 2025 kibersport festivaliga kiritildi, shu sabab nufuzli kibersport tashkilotlari shaxmatchilar bilan shartnomalar imzolashmoqda. Magnus Karlsen Team Liquid bilan, Nodirbek Abdusattorov esa NAVI tashkiloti bilan shartnoma imzoladi.

Yozda Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan Esports World Cup 2025 festivalida 16 nafar shaxmatchi o’rtasida 1,5 million dollar mukofot o’ynaladi.

Nodirbekni tabriklaymiz, bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun O’zbekistonning xalqaro maydondagi yana bir muvaffaqiyatidir. Yangi bosqichda omad va zafarlar yor bo’lsin. Yangi marralar sari olg‘a!

📟 DigiTech
👍164🔥3821🤯12😁84😨4💯2👏1🤝1🫡1
🎥 YouTube 7 yil davomida televizorlar ekranlarini «kuydirib» kelganini tan oldi — videoxostingni yorqin qizil rangi OLED va LED displeylarda iz qoldirgan va hatto ishdan chiqargan.

2024-yil oktyabr oyida videoxosting o’z dizaynini biroz o’zgartirib yumshoqroq qizil rangga o’tdi va interfeysga binafsha gradient rang qo’shdi.

📟 DigiTech
👍100😁56🤯16😨54🔥3💯3🥰1👨‍💻1
🇺🇸 AQShda dunyodagi eng kuchli «El Capitan» superkompyuteri ishga tushirildi.

Kaliforniyaning Lourens Livermor nomidagi Milliy laboratoriyasida dunyodagi eng kuchli superkompyuter — El Capitan rasman ishga tushirildi. U 2024-yilning Top500 superkompyuterlari reytingida 1,742 ekzaflops unumdorlik natijasi bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Umumiy qiymati 600 million dollarga teng bo'lgan ushbu superkompyuterdan turli maxfiy masalalarni yechishda, jumladan, AQSh yadro qurol zaxiralari xavfsizligi muammolarini hal qilishda foydalaniladi.

📟 DigiTech
👏71👍44🔥15🤯106🤔42🤝2🫡2😨1
⚡️Olimlar sayyorani global isishdan qutqarish uchun 1620 ta yadro bombasini portlatishmoqchi.

Buni amalga oshirish uchun insoniyat shu paytgacha portlaganidan minglab marta kuchliroq zaryad kerak bo’ladi. Ular 81 gigatonna quvvatga ega yadroviy qurilmani okean tubida portlatishmoqchi. Bu bazalt jinslarini maydalashi kerak, shundan so’ng ular karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, global isishni yuzlab yillarga kechiktiradi.

Olimlar hatto joyni ham tanlab bo’lishdi — Janubiy okeandagi Kergelen platosi. U yerda bazaltning ulkan konlari mavjud, 6-8 km chuqurlikdagi portlash esa 800 atmosfera bosimini yaratadi, shunda yadroviy portlash tasodifan Antarktidani yo’q qilib yubormaydi.

Olimlarning fikricha, bombalar deyarli 4 trillion tonna bazaltni maydalashi mumkin. Bu so’nggi 30 yil ichidagi CO2 chiqindilarini to’liq yutib yuborish uchun yetarli bo’ladi.

Loyiha 10 milliard dollarga baholanmoqda, bitta portlash esa 100 trillion dollarlik zararni oldini olishi mumkin.

📟 DigiTech
👍244😡58🤔46🤯30🔥12😁11👏73💯3🫡21