AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 ByteDance (TikTok ularga tegishli) OmniHuman-1 deepfake-videolar generatsiya qiluvchi neyrotarmoqni chiqardi, u tasvirlarni jonlantirib, yuklangan audio bilan videoni sinxronlashtira oladi.

Sun’iy intellekt modeli insonning tabiiy harakatlarini osongina o’xshata oladi. Unda generatsiya qilingan videolar raqobatchilar orasida eng realistikidir. Neyrotarmoq hozir yopiq beta-testdan o’tmoqda.

Endi ijtimoiy tarmoqlar deepfake videolarga to’lib ketadi)

📟 DigiTech
👍62🤯34🔥52🥰2💯2🤝21👏1🫡1😡1
⚡️Olimlar buyrak saratonini yengish arafasida turishibdi. 100% samaradorlikni ko'rsatgan vaksina yaratildi.

Vaksina saraton takrorlanish xavfi yuqori bo’lgan barcha to’qqizta bemor immunitetini kuchaytirdi va xavfsiz deb topildi.

Agar xalqaro sinovlar ijobiy natija bersa, vaksinani ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi.

📟 DigiTech
👏126👍52🤯9🔥86🎉5🫡4😨32🤔2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eng foydali neyrotarmoqlar bir joyda: Hugging Face turli vazifalar uchun mo’ljallangan 400 000 dan ortiq neyrotarmoqlar yig’ilgan katalogni tuzdi.

AI App Directory katalogida siz xohlagan neyrotarmoqni topishingiz mumkin: rasm muharrirlari, matn bilan ishlash uchun SI, videolarni dublyaj qilish va boshqalar. Ulardan to’g’ridan-to’g’ri veb-saytda foydalanishingiz mumkin — kompyuteringizga hech narsa yuklab olishingiz shart emas.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥44👍2454💯2🤯1🤩1👨‍💻1😨1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡Apple «jonli» robo-lampa proyektorni ko’rsatdi, u so’zlasha oladi, raqsga tushadi, videolarni proyektsiya qiladi va so’ralgan joyni yoritadi.

Hozircha bu faqat prototip va dizayn ham yakuniy emas, kompaniya 2026-2027 yillarda shunga o’xshash qurilmani taxminan 1000 dollarga sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.

📟 DigiTech
👍64🔥8👨‍💻7😁64👏3💯32😨1🫡1
⚡️NASA Twitch'da o'zining birinchi strimini ishga tushiradi. Translyatsiyani kosmonavtlar to’g’ri koinotdan ishga tushirishadi.

Don Pettit va Mett Dominik XKS bortidagi kundalik hayot va mikrogravitatsiya bilan tajribalar haqida gapirib berishadi. Chatda kosmonavtlarga savollar berish mumkin bo’ladi.

Translyatsiya NASA'ning Twitch sahifasida, 12-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

📟 DigiTech
👍82🔥16👏6🫡422😁2💯2🎉1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐟 Nemo multfilmidagi lampochkali qo’rqinchli baliqni birinchi marta suv yuzasida suratga olishdi.

Odatda bu yirtqich 200 dan 2000 metrgacha chuqurlikda yashaydi, ammo noma’lum sabablarga ko’ra u kunning o’rtasida Tenerife qirg’og’i yoniga suzib chiqishga qaror qilgan va biologlar obyektiviga tushib qolgan.

Okeanning 95% hali o’rganilmaganligini yana bir isboti.

📟 DigiTech
👍116😨49🔥174👏4🤓4💯3🤯2🫡2😁1🤔1
⚡️DeepSeek'ni o’chirish vaqti keldi: Xitoy neyron tarmog’ining iOS ilovasida ko’plab zaifliklar topildi.

U ma’lumotlarni serverga uzatayotganda shifrlamagan va foydalanuvchi biometrik ma’lumotlarini to’plagan. Chatbot promptlardagi barcha ma’lumotlarni yozib olgan — shu orqali xakerlar siz haqingizda hamma narsani bilib olishlari mumkin.

Natijada bu, shaxsiy maʼlumotlarning to’liq sizib chiqishi yoki hatto qurilmaga xakerlar masofadan kirishiga olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥78👍43🤔19😁155🤩4👏3🤯3😨2
🧠 Miyamizdagi mikroplastikdan qoshiq yasash mumkin — olimlar mikroplastmassalar miya to’qimalarida to’planishi mumkinligini aniqlashdi.

Hammasi dahshatli: 2025-yilda o’rtacha odamning miyasida plastmassa kontsentratsiyasi 7 grammdan oshadi — bu butun miya hajmining 0,05% ni tashkil qiladi. U kognitiv funksiyalarni buzishi va erta demensiya xavfini oshirishi mumkin.

Olimlar ekologik toza materiallarga — shisha yoki metallga o’tishga chaqirmoqda.

📟 DigiTech
😨94👍40👏74😁4🤔3🤓32🔥2🤯2💯2
⚡️Tadqiqot: Insoniyat captchalarni yechishga umumiy 819 million soat sarflagan. Bu taxminan 1289 kishining umriga teng.

Mutaxassislar captcha foydalanuvchilarni kuzatish imkonini berishini aniqlashdi. Google reCaptcha'dan shu paytgacha o’tgan qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni sotish orqali 888 milliard dollar ishlagan bo’lishi mumkin.

Ehh, biz esa shunchaki robot emasligimizni isbotlamoqchi edik :(

📟 DigiTech
😁206👍31😡25🔥95👨‍💻43💯3🤓3🤯2🫡2
🧑🏻‍💻👩‍💻Android va bekend ishlab chiqish bo‘yicha ma’ruzalar – ochiq platformada

Yandex Uzbekistan dasturlash maktablarida yetakchi mutaxassislar mobil va bekend ishlab chiqishning asosiy mavzularini muhokama qilishdi. Endi mazkur ma’ruzalarni o‘zbek va rus tillarida tomosha qilish mumkin. 💻

Young&&Yandex kanalidagi videolardan kerakli mavzuni tanlab, o‘ziga qulay vaqtda o‘rganish imkoniyati mavjud.🔥
👍25🔥3🫡32😨2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ Ilon Maskning sun'iy yo’ldosh mobil interneti deyarli har qanday smartfonda ishlaydigan bo’ladi: u allaqachon iPhone 14 va undan yangiroq, so’nggi Pixel, Galaxy A, S, X va Z ning uch avlodida ishlaydi.

Xizmat T-Mobile bilan birgalikda ishga tushirildi va iyul oyigacha AQSh'dagi barcha uyali aloqa operatorlari abonentlari undan bepul foydalanishlari mumkin: hozircha faqat SMS va fotosuratlar jo’natish mumkin, keyinroq esa qo‘ng‘iroqlar + internet bo’ladi.

📟 DigiTech
3👍106🤯15👏13🔥765😡3💯2🫡2
🎥 Pika neyrotarmog’ida endi fizikani tushunadigan va asl nisbatlarni saqlaydigan Pikadditions funksiyasi mavjud.

Rasmni jonlantirishingiz yoki o’zingizni film qahramoniga aylantirishingiz mumkin — model hammasini animatsiyaga aylantiradi. Buning uchun videoni tanlash, rasmni yuklash va qisqa matnli so’rov yozish kifoya. Oyiga 15 ta generatsiya bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍57🔥176🤯6😁3💯2👏1😨1🫡1
⚡️Olimlar to’kilib ketgan sochlarni qayta o’stiradigan VDPHL01 preparatini ishlab chiqishdi.

Kuniga 1-2 ta tabletka va 2 oydan keyin istagan odam hashamatli sochlarga ega bo’ladi. Shu bilan birga, VDPHL01 ni hechqanday zararli ta’siri yo’q va gormonal dori emas. Barcha sinovlar muvaffaqiyatli o’tsa, preparat dorixonalarda shu yilni o’zida sotuvga chiqishi mumkin.

📟 DigiTech
👍157🔥24🤯18👏138🫡32😡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Tom Kruz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmining yangi qismi uchun samolyot sahnasi qanday suratga olinganini ko’rsatdi.

Teskari uchib ketayotgan samolyotga osilgan sahnani hardoimgidek kaskadyorsiz aktyorni o’zi ijro etgan.

Aytgancha, ushbu epizodni treylerda qisqacha ko’rish mumkin, film esa kinoteatrlarda 23-maydan namoyish etiladi.

📟 DigiTech
👍127🔥38😨976🫡6👏5😇1
⚡️Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan Avstraliya, kaft rasmiga qarab yoshni tekshirish texnologiyasini sinovdan o’tkazmoqda.

Sun'iy intellektlarga ixtisoslashgan Needemand kompaniyasi barmoqlar harakatini kuzatib, o’smirlarning kaftini kattalarnikidan 99% aniqlikda ajrata oladigan texnologiyani taqdim etdi. Endi hujjatlar yoki yuzni ko’rsatish shart emas.

Asab tizimimiz tug’ilishdan to voyaga yetguncha har kuni o’zgarib turadi, shu sabab barmoqlar harakati ham yoshga qarab o’zgaradi. Eng muhimi: barchasi anonim, pasport yoki selfi kerak emas, faqat qo’lni kamera oldida 30 soniya harakatlantirish kifoya — deydi ishlab chiquvchilar.


📟 DigiTech
👍156🔥2017😁7🤯5👏4🫡42💯1👨‍💻1😨1
⚡️Duolingo top startap yaratish bo’yicha qo’llanma chiqardi — unda barcha menedjerlar va startapchilar uchun oltinga teng ma’lumotlar mavjud.

Kompaniya ajoyib mahsulotni ishlab chiqish bo’yicha to’liq kitob tayyorladi. Kitobda ular o’z biznesining asosiy prinsiplari haqida batafsil yozishgan:

– Oldindan o’ylang;
– Sifatni doimo ko’taring;
– Yangiliklarni kiriting;
– Aytmang, ko’rsating;
– Noyob qiziqarli uslubdan foydalaning.


Kitob 64 sahifadan iborat, bir kunda o’rganib chiqish mumkin. O’qish uchun havola.

📟 DigiTech
👏48👍38🔥65🤯3😨2💯1🫡1
🎥 Videolarni tiniqlashtirib beruvchi eng yaxshi neyrotarmoq — Project Starlight chiqdi.

Yakuniy videoning sifati hayratlanarli darajada tiniq: hech qanday ortiqcha detal yoki qo’shimcha kadrlar yo’q. Eski oilaviy videolar va sevimli filmlarni tiniqlashtirish uchun ideal neyrotarmoq.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍53👏14🔥95🫡31🤯1💯1😨1