AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Depressiyaga qarshi dunyodagi birinchi sprey AQSh'da ishlab chiqildi.

Spravato burunga sepiladigan sprey bo’lib, 24 soat ichida kayfiyatni yaxshilaydi, 28 kundan so’ng esa depressiyani butunlay davolaydi. U antidepressant dorilarni to’liq almashtira oladi.

Ketaminli sprey 10 yil davomida o’rganilgan va butun dunyo bo’ylab allaqachon 140 mingdan ortiq bemor tomonidan sinalgan.

📟 DigiTech
👍107😁21🔥19👏12🫡6🤯52💯2😨1
☕️ Olimlar kuniga uch stakan choy ichish tanadagi xavfli yog’larni eritishini aniqlashdi.

Bu borada ayniqsa ko’k choy samaralidir. Undagi katexinlar metabolizmni tezlashtiradi va qorin bo’shlig’idagi visseral yog’ bilan kurashadi. Bundan tashqari, ko’k choy yurak qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi va semirish xavfini kamaytiradi.

📟 DigiTech
1.28K👏48👍26🔥13🫡32😁2💯21🥰1😡1
🚘 Cadillac o’zining eng tezkor elektromobilini namoyish etdi — 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadigan Lyriq-V.

Krossover 615 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan, bir zaryadda 460 km masofani bosib o’tadi. Bundan tashqari, avtopilot va proyektsiyali displey mavjud.

Narxi — 80 000 dollardan boshlanadi. Dizayniga nima deysiz?

📟 DigiTech
1.35K👍103🤩27🔥127💯32🫡2👏1😨1
🏃‍♂️ Pekinda odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashadigan dunyodagi birinchi marafon bo’lib o’tadi.

Apreldagi poyga marafonida 20 dan ortiq kompaniyalarning androidlari va 12 000 odam ishtirok etadi. Jarayon davomida robotlar akkumulyatorlarini almashtirishga ruxsat beriladi, asosiy shartlari esa odamsimon tana va g’ildiraklarsiz bo’lishi kerak.

Lekin odamlarni zaryadi tugab qolsa ularni akkumulyatorini almashtirib bo’lmaydida 😆

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2.09K😁135👍3214🔥10👏72💯2🫡2😡2🎉1
⚡️Milliarderlar uchun bunker shunday ko’rinishda bo’ladi. Uni 2026-yilda AQSh'da qurish rejalashtirilgan.

Bunkerda restoranlar, basseynlar, bouling maydonchalari, sport zali va sun’iy intellektli tibbiy yordam ko’rsatish xonasi bo’ladi. Unda 625 kishi yashashi mumkin, bir xonaning narxi esa 20 million dollarni tashkil etadi.

📟 DigiTech
1.65K👍102😨1312😁117🔥7👏5🫡3💯2😡2
🤖 OpenAI yaqinda Operator'ni namoyish etdi va u kompyuterdagi barcha odatiy vazifalarni sizni o’rningizga bajara olishini ta’kidlashdi.

Reallik: «Men maqolani ochmoqchi bo’lganimda captchaga duch keldim. Meni o’rnimga captchadan o’ta olasizmi?» 😄

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2.01K😁105👍18🔥5🫡3👏2💯2😨2🤩1🤝1
⚡️Muhandis 120 kun davomida suv osti kapsulasida yashab jahon rekordini o’rnatdi.

11 metr chuqurlikdagi kapsulada faqat to’shak, hojatxona va oziq-ovqatni yetkazib berish uchun tunnel bor edi. Elektr energiyasi yuqoridagi quyosh panellaridan uzatilgan. U suv ostida vaqtini asosan televizor ko’rib va Jyul Vern'ning asarlarini o’qib o’tkazgan.

Uning maqsadi shunchaki odamlar okeanga ko’chib o’tishlari mumkinligini isbotlash bo’lgan.

📟 DigiTech
1.44K👍126😁26👏17🔥85🫡54💯3🤝3🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoylik ishqibozlar yo’ltanlamas kopterni yig’ishdi — u yerda yurishi, suzishi va uchishi mumkin.

Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun biroz xunukroq ko’rinadi, lekin uni takomillashtirib sotuvga chiqarishni rejalashtirishgan.

📟 DigiTech
👍98👏21🔥1074💯3🫡3😨2
⚡️Kolorado universitetining tibbiyot bo’limi olimlari skleroz va nevrologik kasalliklarga chalingan, shuningdek, og’ir baxtsiz hodisalarga uchragan bemorlarning ko’rish qobiliyatini tiklaydigan preparatni ishlab chiqishdi.

LL-341070 nervlarning himoya qobig’i bo’lgan mielin'ni tiklanishini tezlashtiradi, shuningdek, miyaning tabiiy tiklanish jarayonini hech qanday operatsiyalarsiz faollashtiradi. Bemorlar dahshatli jarohatlardan keyin ham ko’ra olishadi.

Preparat sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, odamlarda sinovlar shu yil boshlanadi.

📟 DigiTech
2.14K👍95🔥179💯4🫡2😡21🎉1🤓1