AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Hatto zombilar ham mashina ovozini eshitishmaydi: Kia yangi elektromobillining reklama videosini chiqardi.

Video syujetiga ko’ra, elektromobillar shu qadar ovozsizki, hatto zombi apokalipsisi yuz bergan taqdirda ham Kia EV egalari xavfsizlikda bo’lishadi — zombilar ularni eshitishmaydi.

📟 DigiTech
😁153👍35👏31🤔65🔥43😡2💯1😨1
🏬 Guanchjouda Tencent kompaniyasining yangi ofis osmono’par binosi qurilmoqda, uning ichida alohida uylar ham joylashadi.

Balandligi 207 m bo’lgan minora fransuz arxitektori Jan Nouvel tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, uning qurilishi deyarli yakunlangan. Binoning asosiy xususiyati shundaki, uning qavatlarida alohida binolarga ega terassalar bo’ladi: ularda restoranlar, sport zallari, bog’lar va do’konlar joylashadi.

📟 DigiTech
👍49🔥17👏64🤓41💯1👨‍💻1😨1
⚡️Tramp OpenAI kompaniyasiga super-aqlli neyron tarmoqlarni rivojlantiruvchi superkompyuter yaratish uchun 500 milliard dollar investitsiya kiritish bo’yicha qarorni imzoladi.

Birinchi bosqichda kompaniya 100 milliard dollarlik sarmoyani oladi, ushbu mablag’ Texasdagi yirik ma’lumotlar markazi qurilishiga yo’naltiriladi. Loyiha ustida OpenAI, SoftBank, Oracle va Microsoft birgalikda ishlashadi.

Tramp prezidentlik davrida, ya’ni to’rt yil ichida byudjetni besh barobar oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Tramp Baydenning sun’iy intellektni xavfsiz rivojlantirish haqidagi farmonini bekor qildi.

Birdaniga GPT-5 GPT-10 ni kutib qolamiz.

📟 DigiTech
👍124🔥35😁15🤔12🤯12👏74😍3💯3🫡32
📱iPhone 17 ning orqa paneli shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Insayder Majin Bu smartfonning birinchi suratini joyladi.

Bu haqiqiyligi hali aniq emas, lekin dizayn avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga mos kelmoqda. Ko’rinishidan, kamera paneli haqiqatfan ham gorizontal joylashadi.

📟 DigiTech
😁115👍34😨10💯53😡3🔥2👏2🫡21
📱Samsung Galaxy S25 flagmanlarini namoyish etdi: ular o’tgan yilgidan deyarli farq qilmaydi, faqat ramkalari ingichka va qirralari biroz yumaloq.

Har uchala modelda Snapdragon 8 Elite protsessori, yorqinligi 2600 nitgacha bo’lgan AMOLED matritsasi va IP68 suvdan himoya mavjud. Eng kichik S25 6,2 dyuymli displeyga, eng katta S25 Ultra esa 6,9 dyuymli displeyga ega.

Smartfonlarning AQSh'dagi narxlari 800 dollardan 1700 dollargacha.

📟 DigiTech
👍105🔥19🤯18😁854👏3🫡2💯1🎄1😡1
⚡️Depressiyaga qarshi dunyodagi birinchi sprey AQSh'da ishlab chiqildi.

Spravato burunga sepiladigan sprey bo’lib, 24 soat ichida kayfiyatni yaxshilaydi, 28 kundan so’ng esa depressiyani butunlay davolaydi. U antidepressant dorilarni to’liq almashtira oladi.

Ketaminli sprey 10 yil davomida o’rganilgan va butun dunyo bo’ylab allaqachon 140 mingdan ortiq bemor tomonidan sinalgan.

📟 DigiTech
👍107😁21🔥19👏12🫡6🤯52💯2😨1
☕️ Olimlar kuniga uch stakan choy ichish tanadagi xavfli yog’larni eritishini aniqlashdi.

Bu borada ayniqsa ko’k choy samaralidir. Undagi katexinlar metabolizmni tezlashtiradi va qorin bo’shlig’idagi visseral yog’ bilan kurashadi. Bundan tashqari, ko’k choy yurak qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi va semirish xavfini kamaytiradi.

📟 DigiTech
1.28K👏48👍26🔥13🫡32😁2💯21🥰1😡1
🚘 Cadillac o’zining eng tezkor elektromobilini namoyish etdi — 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadigan Lyriq-V.

Krossover 615 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan, bir zaryadda 460 km masofani bosib o’tadi. Bundan tashqari, avtopilot va proyektsiyali displey mavjud.

Narxi — 80 000 dollardan boshlanadi. Dizayniga nima deysiz?

📟 DigiTech
1.35K👍103🤩27🔥127💯32🫡2👏1😨1
🏃‍♂️ Pekinda odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashadigan dunyodagi birinchi marafon bo’lib o’tadi.

Apreldagi poyga marafonida 20 dan ortiq kompaniyalarning androidlari va 12 000 odam ishtirok etadi. Jarayon davomida robotlar akkumulyatorlarini almashtirishga ruxsat beriladi, asosiy shartlari esa odamsimon tana va g’ildiraklarsiz bo’lishi kerak.

Lekin odamlarni zaryadi tugab qolsa ularni akkumulyatorini almashtirib bo’lmaydida 😆

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2.09K😁135👍3214🔥10👏72💯2🫡2😡2🎉1
⚡️Milliarderlar uchun bunker shunday ko’rinishda bo’ladi. Uni 2026-yilda AQSh'da qurish rejalashtirilgan.

Bunkerda restoranlar, basseynlar, bouling maydonchalari, sport zali va sun’iy intellektli tibbiy yordam ko’rsatish xonasi bo’ladi. Unda 625 kishi yashashi mumkin, bir xonaning narxi esa 20 million dollarni tashkil etadi.

📟 DigiTech
1.65K👍102😨1312😁117🔥7👏5🫡3💯2😡2