AI | DigiTech
52K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎵 Maykl Jeksonning chiqishga ulgurmagan qo’shiqlari kutilmaganda Kaliforniyadagi omborxonadan topildi.

Unda butun albomni to’ldirishga yetarli treklar bor. Kassetalarda 15 ta qo’shiq mavjud, ulardan 12 tasi chiqarishga tayyor edi.

Ombor avval Jeksonning prodyuseriga tegishli bo’lgan, biroq uni tasodifan qo’shiq kassetalari bor qutini ko’rib qolgan politsiyachi sotib olgan. Endi u kassetalarni kim oshdi savdosida sotmoqchi.

📟 DigiTech
1🔥131👍59😁29👏18🤯14😍64💯4🫡43🎄3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ Kino sehri — hatto poygalar ham haqiqiy mashinalarsiz suratga olinadi.

Yaqinda chiqqan «Senna» seriali jamoasi trekdagi poyga effektiga erishishga yordam bergan oddiy fokuslarni ko’rsatishdi.

Tez o'zgaruvchan fon — displey va proyektorlar, yomg’ir va shamol — ventilyator va suv purkagichlar, driftlar — aylanuvchi platforma.

📟 DigiTech
1👍92😨18👏118💯43😁3🎄3😡1
📲 iPhone uchun boshqa odamlarning zaryadlash simlaridan foydalanish xavfli bo’lishi mumkin: bu orqali ular sizni kuzatib turishlari, login va parollarni o’g’irlashlari va qurilmaga viruslarni yuklashlari mumkin. Buni hatto sezmaysiz.

Kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis bunday kabel qanday ishlashini ko’rsatdi: uning ko’rinishi oddiy kabel bilan bir xil, lekin ichida Wi-Fi chip o’rnatilgan. Bunday «josuslik» kabellari 2019 yildan beri 190 dollardan erkin sotilib kelinmoqda.

📟 DigiTech
2👍95🔥14🤓9🤝54🎄43🫡3💯2👨‍💻2👏1
⚡️YouTube'da ovozli izohlar paydo bo’ladi. Yangi funksiyani ThioJoe blogeri videosi ostida payqashdi.

Veb-versiyada faqat transkriptsiya ko’rsatiladi, ovozli izohlarni faqat mobil ilovada tinglash mumkin.

Google bunday funksiyani hali rasman e’lon qilmagan. Ehtimol, hozircha uni faqat ayrim blogerlar sinovdan o'tkazishayotgan bo’lishlari mumkin.

📟 DigiTech
👍107💯10🥰8👏7😁5🫡53🔥1🎄1
⚡️Buklanadigan iPad 2028-yilda chiqishi mumkin. Mark Gurman Apple haqiqatdan shunday qurilmani ishlab chiqayotganini aniqladi.

Planshet kattaligi ikkita iPad Pro o’lchamiga teng bo’ladi. Bunday iPad iPadOS tizimida ishlaydi, lekin macOS tizimidagi ilovalarini ham ishga tushirish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
1👍79😁28🔥9🫡43👏3🤓1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kelajak allaqachon shu yerda: Dasturchi Gemini 2 asosida ishlaydigan to'liq ovozli SI yordamchini yaratdi. U qurilma sozlamalarini o’zgartirishi, dasturlarni ochishi va ularda ishlashi mumkin.

Neyrotarmoq ish stolidagi matndan kerakli ma’lumotni tezda topdi, terminalni ochdi va unda darhol ob-havoni ko’rsatadigan oddiyroq ilova kodini yozdi.

Eng qizig’i: sun’iy intellektning o’zi API bilan xatosini payqab, uni darhol tuzatdi.

📟 DigiTech
👏66👍42🔥106🫡5🥰1💯1😇1
🎥 Google videolar generatsiya qiluvchi yangi Veo 2 neyrotarmog’ini namoyish etdi, ijtimoiy tarmoqlarda uni allaqachon eng zo’r neyrotarmoq deb atashmoqda — generatsiya qilingan videolarni haqiqiydan ajratish juda qiyin.

Hozircha uni faqat cheklangan miqdordagi testerlar sinovdan o’tkazishmoqda, 2025-yilda esa texnologiya YouTube Shorts va kompaniyaning boshqa xizmatlariga barcha uchun integratsiya qilinadi.

📟 DigiTech
👍67🔥11🤯98😡5👏3🫡3💯2🤝2
🧠 Olimlar: TikTok miyangizni chiritadi. Yil so’zi ham — brain rot (miya chirishi) bo’ldi va bu bejizga emas.

Miyamizning habenula deb ataladigan kichik bir qismi bor — u muhim qarorlar va motivatsiya uchun javobgardir. Tez-tez qisqa videolarni kuzatish uni haddan tashqari yuklaydi, bu foydali narsalarni qilish qobiliyatini tom ma’noda o’ldiradi.

Miyaning chirishini yengish va uni tiklash uchun mutaxassislar qisqa videolar o’rniga uzunroq foydali kontent kuzatishni, ko’proq sayr va oila a’zolar bilan muloqot qilishni maslahat berishadi.

📟 DigiTech
1😨136👍9111😁8💯62🎉1😡1
⚡️Ilon Maskning boyligi 500 milliard dollarga yaqinlashmoqda, bu Bill Geytsning boyligidan uch baravar ko’proq. Bu raqamlarni oldida oddiy milliarderlar kambag’aldek ko’rinadi.

Sentyabr oyida tahlilchilar Mask 2027-yilga borib tarixdagi birinchi trillionerga aylanishini taxmin qilishgan edi. Lekin Mask ushbu grafikdan oldinlab ketmoqda :)

📟 DigiTech
🔥150👍57👏22😨1714😁13🤯137🎉4🤝3🎄2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GitHub Copilot bepul bo’ldi — endi istagan odam eng yaxshi kod generatoridan bepul foydalanishi mumkin. Buning uchun faqat VS code va Github akkaunt kerak bo’ladi.

Yana qo’shimchasiga GPT-4o va Sonnet 3.5 Pro'ga oyiga 50 ta so’rovni bepul taqdim etishadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍9114🔥53👨‍💻2🤔1🎉1💯1🎄1
🎾 Yaponiyaliklar stol tennisi o’ynaydigan yangi mega-robot murabbiyini namoyish etishdi, u hatto Olimpiada sovrindorlarini ham yutmoqda.

Qurilma to’pning trayektoriyasini juda tez hisoblab chiqadi, raqibining mashg’ulot uslubi va darajasiga moslashishni biladi, shuningdek, bir vaqtning o’zida ikki kishiga qarshi o’ynay oladi.

📟 DigiTech
👍76👏13😨124🔥2🫡2💯1🤓1😡1
⚡️Ochlik umrni uzaytiradi — olimlar oziq-ovqat iste’molini cheklash umrni uzaytirishini aniqlashdi.

• Ochlik vaqtida litoxol kislotasi hosil bo’ladi — u hujayralarni qarishdan himoya qiladi va to’qimalarni yoshartiradi.
• Bu modda hayvonlarda muvaffaqiyatli sinab ko’rildi — sichqonlar sog’lomlashib, uzoqroq yashashdi.
• Endi olimlar litoxol kislotasini doriga aylantirishmoqchi — umrni uzaytirish uchun uni organizmga kiritish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍156😁2866🥰6🤯5👏4🤩4🎉3😍3
🛥️ Xitoyliklar dunyoda birinchi bo’lib Yer mantiyasini burg’ulash uchun noyob «Meng Xiang» tadqiqot kemasini ekspeditsiyaga tayyorlashmoqda.

Undagi burg’ulash qurilmasi dengiz sathidan 11 ming metr chuqurlikka tushishga qodir, u yerdan plitalar tektonikasi, mantiya tarkibi va shakllanish jarayonlarini o’rganish uchun namunalar olish rejalashtirilgan.

Kema qurilishi uchun 470 million dollar sarflandi, u 2025-yilda ilk safariga jo’natiladi.

📟 DigiTech
👍91😨32🔥11😡97👏4💯2🫡2