AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️AQSh'lik talabalar quloqchinlar uchun shovqinli joylarda qulay muloqot qilish imkonini beruvchi «ovoz pufagi» texnologiyasini yaratishdi.

Maxsus algoritm tovush manbalarigacha bo’lgan masofani tahlil qilib, 1-2 metr radiusda barcha tashqi tovushlarni bloklaydi va faqat suhbatdoshlaringizni ovozini qoldiradi.

Hozir loyihani yanada rivojlantirish uchun yigitlar o’zlarining startaplarini ochishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍15019🔥17🤯13👏93👨‍💻2🫡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏃‍♂️Kanadalik yigit GPS-treker yordamida multfilm chizish uchun deyarli bir yil davomida bitta marshrut bo’yicha yugurdi.

Bu vaqt mobaynida u umumiy 121 soatda 1105 kilometr masofani bosib o’tgan.

📟 DigiTech
165👏71👍49😁23🔥16🫡155😨3🤝2🤔1💯1
☀️Olimlar Quyoshning tarixdagi eng batafsil fotosuratlarini olishdi — tasvir Solar Orbiter zondi olgan yuzlab fotosuratlardan birlashtirilgan bo’lib, ularni qayta ishlashga bir yil vaqt kerak bo’ldi.

Suratni yuqori sifatda tomosha qilish uchun havola.

📟 DigiTech
1👍121😍3018🔥138🤯7😇6🥰3👏3😨3💯2
⚡️Britaniyaning a’loqa operatori firibgarlarga qarshi kurashish uchun neyro-buvini ishga tushirdi.

Firibgarlar qo’ng'iroq qilganda, SI buvi telefonga javob beradi va vaqtni cho’zadi: SMS kodlarini chalkashtiradi, nima uchun "www" dan keyin nuqta borligini so’raydi va sevimli mushugi Fluffy haqida gapiradi. Bunday qo’ng’iroqlar uchun firibgarlar o’rtacha 40 daqiqa vaqt sarflashadi.

Firibgarlarni neyro-buvi band qilganda, haqiqiy mijozlar xavfsizlikda bo’lishadi.

📟 DigiTech
1👍166😁104👏15105💯4🫡3🔥2🤩2🤝2😡1
⚡️Taxminan 27 million dollar qiymatdagi dunyodagi eng yirik oltin quyma Dubayda ishlab chiqarildi.

Og’irligi 300 kg bo’lgan mahsulot qimmatbaho metallarga ixtisoslashgan Emirates Minting Factory kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u allaqachon Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Avvalgi rekord yaponlarga tegishli edi — 250 kilogrammlik quyma Toi Gold Museum muzeyida 2005-yildan beri saqlanadi.

📟 DigiTech
2👍83🔥11👏11😡11🫡9🎄7🤩43😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nvidia 3D modellarni yaratish uchun Edify-3d sun’iy intellektini chiqardi.

3D model 4K sifatda generatsiya qilinadi, lekin hozircha o’zingiz rasm yuklab generatsiya qilolmaysiz, faqat tayyor shablonlardan foydalanish mumkin. Birinchi 50 ta generatsiya bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍637🔥75💯3👨‍💻2🫡2👏1🎄1
⚡️Foydali neyrotarmoqlar havolalari yig’ilgan eng yaxshi sayt. Eng muhimi, barchasi bepul.

Saytda:
– Video darsliklarga havolalar;
– Top universitetlar kurslari;
– SI bo’yicha asosiy tadqiqotlar;
– Eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati va boshqa zarur resurslar yig’ilgan.

👉 Sayt havolasi.

📟 DigiTech
👍758💯3😇21🔥1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Figure startapi BMW zavodlarida avtomobillarni yig’ishga yordam beradigan robotlar sinovlarini ko’rsatdi.

Ularning aytishicha, birinchi prototiplarga nisbatan ular 4 barobar tezroq va 7 barobar aniqroq ishlaydigan bo’lishgan.

BMW zavodlarida ushbu robotlar 2025-yildan ishlashni boshlashadi. Aytgancha, startapga BMW'dan tashqari yana OpenAI, Nvidia, Microsoft va Amazon kompaniyalari ham sarmoya kiritishgan: hozir startap 2,6 milliard dollarga baholanmoqda.

📟 DigiTech
👍606🔥4🫡4💯3😨32👏1
🤖 Janubiy Koreyada ishchi kuchining 10% dan ortig’ini robotlar tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich bo’yicha mamlakat jahonda yetakchiga aylandi.

Tahlilchilarning fikricha, har 10 ming xodimga 1012 ta sanoat roboti to’g’ri keladi va har yili ularning soni o’rtacha 5% ga o’smoqda.

📟 DigiTech
👍116😨4110👏96💯5🫡3😡3🤓1🤝1
⚡️Google Kaliforniyada o’zining birinchi yog’ochdan qurilgan ofisini ochdi.

Besh qavatli bino butunlay presslangan yog’ochdan qurilgan va kompaniyaning ta’kidlashicha, po’lat va beton konstruksiyalarga qaraganda 96% kamroq uglerod izi qoldiradi. 16 954 m² maydonga ega binoda 900 ta xodim ishlaydi.

📟 DigiTech
👍115🔥1854💯3🤓3🫡2😡2🥰1👏1👨‍💻1