AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Microsoft ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun o’zining atom elektr stansiyasiga ega bo’ladi.

Texnologik gigant yopilgan Three Mile Island atom elektr stansiyasining egasi bilan shartnoma tuzdi, unga ko’ra stansiya 2028-yilgacha tiklanib, ishga tushiriladi. Bu Qo’shma Shtatlarda birinchi marta atom elektr stansiyasining qayta ishga tushirilishi va birinchi marta barcha energiya faqat bitta mijozga yuborilishi bo’ladi.

📟 DigiTech
👍90🤯51🔥124🎉4👏2😍2😁1😇1
🌓 Yerda vaqtincha «ikkinchi Oy» paydo bo’ladi — 2024 PT5 asteroidi noyabr oyining oxirigacha orbitada aylanadi va «kichikroq Oy»ga o’xshaydi.

Yangi yo’ldosh deyarli 57 kun davomida Yerning tortishish kuchi ta’sirida bo’ladi: 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha.

Yangi film uchun syujet tayyor.

📟 DigiTech
👍163😁91🔥21🤯21💯86👏3🤔3🫡2😨1
❄️ Janubiy Afrikada dam olish kunlari juda kuchli qor yog’di. Qor bo’roni ketma-ket 10 soat davom etdi va yo’llarda ko’p kilometrli tirbandliklar hosil bo’ldi. Ayrim joylarida havo harorati -3°C gacha pasaydi.

Ko’pgina elektr stansiyalari va suv quvurlari ishdan chiqdi. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha maxsus xizmatlar, jumladan armiya ham jalb qilingan.

Janubiy Afrikada qor yog’ishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Oxirgi marta qor 2023-yil iyul oyida, undan oldin esa 2012-yilda yog’gan edi.

Qorni ko’rib hatto sher ham hayratda :)

📟 DigiTech
😁91👍36🤯21🎄54😨4🔥3😍2😡1
⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz.

Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib inson genomi ma’lumotlari yuklandi.

📟 DigiTech
🔥124👍69🤯4410😨9👏6🫡54😁2💯2🤝2
📱OpenAI Apple'ning sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda sun’iy intellektli smartfon chiqaradi: OAVlar qurilma allaqachon ishlab chiqilayotganini yozishmoqda.

Gadjet vazifalarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi harakatlarini bashorat qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi – ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bu texnologiya olamida inqilob bo’ladi.

Ularning maqsadi mutlaqo yangi foydalanish tajribasini taqdim etadigan qurilma yaratish va gadjetni 2007-yildagi birinchi iPhone kabi inqilobiy qilishdir.

📟 DigiTech
👍63🤯104💯3😨1🤝1🫡1
⚡️OpenAI asoschisi Sem Altman sun’iy intellektli yaqin kelajak haqidagi tasavvurlari bilan bo’lishdi.

• Kelgusi 5 yil ichida insoniyatning eng muhim yutuqlaridan biriga aylanishi mumkin bo’lgan «superintellekt» paydo bo’ladi.

• SI tez orada shaxsiy yordamchi sifatida ishlay boshlaydi, neyron tarmoqlarning kelajak versiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va barcha sohalarda ilmiy taraqqiyotni tezlashtiradi.

• SI fizikaning barcha mumkin bo’lgan qonunlarini kashf qiladi, iqlim o’zgarishi muammosini hal qiladi va kosmik koloniyalarni yaratishga yordam beradi.

• Insoniyat hayoti hozirgidan ming barobarga yaxshilanadi, kambag’allik tushunchasi bo’lmaydi.

• Superintellektdan barcha foydalana olishi kerak, faqat cheklangan doiradagi odamlar foydalanishiga qo’yish jahon urushiga olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
👍113🤯357🎉5🔥4🤔3👨‍💻2👏1😍1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 iOS 18 da smartfonni ko’z bilan boshqarish imkonini beradigan funksiya qo’shildi. Funksiya old kameradan foydalanadi va yaxshi yorug’likni talab qiladi.

Ushbu funksiya uchun boshqaruv panelini va bildirishnomalarni ochadigan alohida interfeys tugmasi qo’shildi.

Agar ekranda bir vaqtda ko’plab obyektlar bo’lsa, sensorlar chalkashishni boshlaydi. Umuman olganda funksiya yaxshi ishlaydi, lekin ideal emas.

📟 DigiTech
👍57😁21🔥5🤔4🤯4👏32😨1
⚡️Amerikaning Space Perspective startapi havo sharida boylarni stratosferaga jo’natish uchun mo’ljallangan kapsulani muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazdi.

Qurilma Meksika ko’rfazidagi kemadan uchirildi, shundan so’ng 30 km balandlikka ko’tarilib, taxminan olti soat havoda bo’lgan va sekin pastga tushgan.

Tijoriy parvozlar 2026-yilda boshlanadi va chipta narxi taxminan 125 000 dollar bo’ladi. Bortida spa, bar, tezkor Wi-Fi va hojatxona mavjud.

📟 DigiTech
1👍50🔥23🤯8😁53👏2💯2😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Xitoyliklar, ehtimol, kosmik raketaning uchirilishini eng ajoyib videosini olishdi.

Ko’p martalik raketa Nebula-1 sinovlari davomida kopter uning yonida aylanib, eng chiroyli rakurslarni tanladi.

Parvoz muvaffaqiyatsiz yakunlanib, raketa qo’nayotganda portlagan bo’lsa-da, kadrlar «Gollivud» uslubida chiqdi.

📟 DigiTech
🔥60👍33👏7💯7😁4🫡4😨31🤔1🤓1
👓 Meta Orion AR ko’zoynagini ko’rsatdi — bu qurilma ustida kompaniya o’n yil davomida ishlagan.

Ko’zoynakning asosiy xususiyatlari:

• To’plamga qo’l orqali miya signallarini kuzatuvchi bilaguzuk kiradi;
• Orion'da Apple Vision Pro'da bor barcha funksiyalar mavjud;
• Nutqni turli tillarga sinxron tarjima qila oladi;
• Neyron tarmoq ko‘z harakatlarini kuzatadi, ya’ni uni nazar orqali boshqarish mumkin;
• Og’irligi atigi 100 gramm, deyarli oddiy ko'zoynaklar bilan bir xil og’irlikda;
• Meta uni hozircha sotish niyati yo’q — qurilma shunchalik kuchliki, uni faqat kompaniya xodimlari sinashadi.

📟 DigiTech
👍92🔥2410🤓5🤩4👏3🫡3💯21😁1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Foydalanuvchi iPhone Mirroring funksiyasining haqiqatan ham foydali tomonini ko’rsatdi.

iPhone ekranini Mac'ga translyatsiya qilish vaqtida hatto smartfon qulflangan bo’lsa ham fayllarni bir zumda uzatish mumkin. Buning uchun shunchaki kerakli obyektni noutbukga yoki smartfonga surish kifoya.

Ushbu funksiyani oktyabrdagi iOS 18.1 yangilanishida sinab ko'rish mumkin bo’ladi. Lekin funksiya Windows'da ishlamaydi: iTunes'dan foydalanishga to’g’ri keladi.

📟 DigiTech
👍60👏944🔥2👨‍💻2🎉1😨1