AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📷 Poyezd oynalaridagi chiroyli landshaftlarning fotosuratlari Hasselblad Masters 2024 tanlovida g’olib chiqdi.

Ularni xitoylik fotograf Veymin Chu Tibet bo’ylab sayohati vaqtida suratga olgan. Mukofot sifatida unga professional kamera va 5000 yevro berildi.

Kim shunga o’xshash chiroyli fotosuratlar olgan bo’lsa, izohlarda bo’lishishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍10412👏105😁4🤩4🔥3💯1😇1
⚡️Sizib chiqqan parollarning eng katta bazasi ObamaCare xakerlar forumida topildi. Rockyou2024.txt deb nomlangan faylda eski va yangi ma’lumotlar to’plangan, ularning aksariyati yangi.

Faylda 9,95 milliard noyob parollar mavjud. Cybernews ekspertlarining fikricha, hujumchilar ulardan yaqin kelajakda yirik kiberhujumlarni amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.

Eski parollarni tekshirib, ularni murakkabrog’iga o’zgartirishni maslahat beramiz.

📟 DigiTech
👍68🤯12😁6💯43👏2🫡2🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar robotlarni sinovdan o’tkazish videolari montaj emasligini isbotlash uchun, ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilarga eng so’nggi modellardan birini tepib yiqitishga urinishga ruxsat berishdi.

LimX roboti barchasiga chidadi va hatto bir marta ham yiqilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Terminator» syujetini eslanglar deb hazil qilishmoqda.

Robot: qadrli kundaligim, bugun meni birnechta odamlar itdek tepishdi, men buni unutmayman… :)

📟 DigiTech
😁193👍46🔥10😡7🫡5🤔4🥰2💯21👏1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yaponiyada koinotga olib chiquvchi lift qurilmoqda. 2012-yildan beri Obayashi Corporation kompaniyasi elektromagnit qurilmalarga asoslangan ko’tarish mexanizmiga ega minora loyihasini ishlab chiqmoqda.

Kosmik liftni 2050-yilda ishga tushirishmoqchi. Taxminlarga ko’ra, shunday yo’l bilan yuklarni kosmosga yanada tezroq va samaraliroq olib chiqish mumkin bo’ladi.

Hozir asosiy qiyinchilik — lift uchun mos material topishdir. Olimlar kamida 36 000 kilometr uzunlikdagi mutlaqo yangi, bardoshli materialni ishlab chiqishlari kerak bo’ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon bu qanday ko’rinishda bo’lishini taxmin qilishmoqda. Video bunga misol.

📟 DigiTech
🔥78🤯44👍38😁235👏5🫡3🤓2👨‍💻2🤔1💯1
🏃Bir yigit tongdagi yugurish mashqlarini san’atga aylantirdi: u San-Fransisko ko’chalari bo'ylab o'z marshrutlarini shunday tuzadiki, natijada GPS trekerida rasm paydo bo’ladi.

Uning bir yugurishda qancha masofa bosib o’tishi ham hayratlanarli. O’rgimchakni chizish uchun u 190 kilometr masofani bosib o’tgan, ya’ni 22 soat yugurgan.

📟 DigiTech
👏320👍89🔥37😁22🤯18🫡146💯5🎉2😨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sun’iy intellektlar qanday qilib marketologlar hayotini osonlashtirayotganiga ajoyib misol. Ushbu Volvo reklamasi to’liq yangi Runway Gen-3 modeli tomonidan matnli so’rov asosida yaratilgan.

Montajda faqat avtomobil raqamlarini qo’shib, logotip chizishgan va bir nechta keraksiz narsalar olib tashlangan. Butun jarayon bir kundan kamroq vaqtni olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Gen-3 obunasi qimmatligi haqida shikoyat qilishmoqda, ammo bu professional reklama suratga oluvchi jamoaga to’lanadigan to’lovdan ko’ra ancha arzonroq va osonroq ekanligi aniq.

📟 DigiTech
🔥74👍45🤯14👏43🫡21🥰1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xiaomi Pekinda aqlli zavodni ishga tushirdi: u 24/7 umuman odamlarsiz ishlaydi va har soniyada bitta smartfon chiqaradi.

Sun’iy intellektli robotlar barcha jarayonlarni boshqarishadi, hamma narsa robotlashtirilgan.

Ushbu zavod qurilishiga 330 million dollar sarflangan.

📟 DigiTech
🔥106👍47😨37👏5😁4🤔43😇3🎄32🥰1
⚡️Saudiya Arabistonida 2025-yilda birinchi kibersport Olimpiadasi bo’lib o’tadi.

Hozircha aynan qayerda va qaysi o’yinlar bo’yicha bo’lishi noma’lum, ammo musobaqalarni muntazam o’tkazish uchun mamlakat bilan 12 yilga shartnoma imzolashgan.

📟 DigiTech
🔥69😡53👍26👏733🤝3🫡2
⌚️Bir yigit Apple Watch soatini okeanda yo’qotganidan bir yil o’tib qaytarib oldi.

Jared Brik muntazam ravishda dayving bilan shug’ullangan va shong’ish vaqtida soatini tushirib qo’ygan. Jared «Apple Find My» funksiyasini yoqib, qurilmani yo’qolgan deb belgilagan.

Oradan bir yil o’tib, boshqa bir g’avvos tasodifan soatni topib oldi va ekranda darhol egasi bilan bog’lanish uchun telefon raqami paydo bo’ldi, soat hali ham ishlayotgan edi. Yigit Jaredga xat yozib, qurilmani yubordi.

Apple Watch'ning bundan yaxshiroq reklamasi bo’lmasa kerak :)

📟 DigiTech
🔥254👍104😁62👏19127🤯7🎉2🤝2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ Dunyoda faqat bir nusxada chiqarilgan 2,3 million dollarlik Lotus Evija X giperkari Angliyadagi trekda poyga boshlanishidayoq urildi.

Aytishlaricha, haydovchi aybdor emas: to’rtta elektr motorning ishlashini boshqaruvchi dasturiy ta’minotda nosozlik bo’lgan (darvoqe, umumiy quvvati 2039 ot kuchi).

Qayta tiklash qanchaga tushishi hozircha noma’lum, biroq avtohalokat past tezlikda sodir bo’lgani uchun tiklash osonroq bo’ladi.

📟 DigiTech
👍87😁62🤯13🔥9😨8👏421🎄1