AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.58K photos
1.43K videos
2.36K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🔭 Grinvich rasadxonasi 2024-yilning eng yaxshi astrofotosuratlarini e’lon qildi.

Saralash ro’yxatiga 11 mamlakatdan tasvirlar kiritilgan bo’lib, mutlaq g’olib sentyabr oyida aniqlanadi va 10 000 funt sterlingi bilan taqdirlanadi.

Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, boshqa suratlarni tanlov veb-saytida ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍82🔥208🤩5💯4🫡3👏2🥰1😨1
Xitoycha-inglizcha

Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tilida juda kulgili talaffuzga ega xitoylik ayolning modulli uylar haqidagi sharhlari aks etgan videolar millionlab ko’rilmoqda.

Bu ovozni budilnikga qo’ysa ham bo’ladi 😁

📟 DigiTech
😁127👍24🔥62👏2💯2🫡21🤔1
🛥️ Germaniyaning Meyer Werft kemasozlik zavodi uzunligi 324 metr bo’ladigan dunyodagi eng katta Ulyssia gigayaxtasini quradi — uzunligi xuddi Eyfel minorasidek.

U eng katta kruiz kemasi bo’lgan 365 metrlik «Dengiz timsoli» dan keyingi eng katta yo’lovchi tashuvchi kema bo’ladi.

Bortida 50 yilga ijaraga beriladigan yuzlab hashamatli kvartiralar, vertolyot maydonchasi, kurort, restoranlar va basseynlar bo’ladi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, bu gigant 2028-yilda suvga tushiriladi.

📟 DigiTech
👍93🫡16118🤯5🔥4👏2😡2👨‍💻1
📷 Poyezd oynalaridagi chiroyli landshaftlarning fotosuratlari Hasselblad Masters 2024 tanlovida g’olib chiqdi.

Ularni xitoylik fotograf Veymin Chu Tibet bo’ylab sayohati vaqtida suratga olgan. Mukofot sifatida unga professional kamera va 5000 yevro berildi.

Kim shunga o’xshash chiroyli fotosuratlar olgan bo’lsa, izohlarda bo’lishishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍10412👏105😁4🤩4🔥3💯1😇1
⚡️Sizib chiqqan parollarning eng katta bazasi ObamaCare xakerlar forumida topildi. Rockyou2024.txt deb nomlangan faylda eski va yangi ma’lumotlar to’plangan, ularning aksariyati yangi.

Faylda 9,95 milliard noyob parollar mavjud. Cybernews ekspertlarining fikricha, hujumchilar ulardan yaqin kelajakda yirik kiberhujumlarni amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.

Eski parollarni tekshirib, ularni murakkabrog’iga o’zgartirishni maslahat beramiz.

📟 DigiTech
👍68🤯12😁6💯43👏2🫡2🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar robotlarni sinovdan o’tkazish videolari montaj emasligini isbotlash uchun, ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilarga eng so’nggi modellardan birini tepib yiqitishga urinishga ruxsat berishdi.

LimX roboti barchasiga chidadi va hatto bir marta ham yiqilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Terminator» syujetini eslanglar deb hazil qilishmoqda.

Robot: qadrli kundaligim, bugun meni birnechta odamlar itdek tepishdi, men buni unutmayman… :)

📟 DigiTech
😁193👍46🔥10😡7🫡5🤔4🥰2💯21👏1🤯1