AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.57K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛲️ Rimdagi mashhur Trevi fontani yoniga o’zlari bilan naqd pul va tanga olib yurmaydiganlar uchun bankomat o’rnatildi — u bank kartasidan pulni yechib oladi va sizni o’rningizga tangani suvga tashlaydi.

Aytgancha, har yili sayyohlar bu fontanga taxminan 1,5 million yevro tashlaydilar. Fontan har kecha tozalanadi va undagi pullar yig’iladi, shundan so’ng barcha pullar kambag’al va uysizlarga yordam beradigan xayriya tashkilotiga o’tkaziladi.

📟 DigiTech
😁145👍67🔥17🤯9👏73💯3🤝32👨‍💻2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Starship kosmik kemasi uchib birinchi marta Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.

To’rtinchi sinovda SpaceX jamoasi Hind okeanida (lekin platformasiz) raketani qo’ndirishga muvaffaq bo’lishdi — ikkala modul ham endi qayta ishlatilishi mumkin.

Afsuski, qo’nish paytidagi chiroyli kadrlar bo’lmaydi: qaytish paytida raketaning ustki qismlari tushib, kamerani sindirdi.

2026-yilda Starship'dan NASA missiyasida astronavtlarni Oyning janubiy qutbiga qo’ndirish va kelajakda Marsga birinchi kolonistlarni yuborish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍67🤯10🔥7😁4🤩3💯32👏2🫡2😨1
🚴 Nyu-Yorkda joylashgan Clip startapi har qanday velosipedga ulab, uni elektr velosipedga aylantirish imkonini beruvchi kichik motorni ishlab chiqdi.

Qurilmaning ikkita versiyasi bor — ular velosipedni soatiga 10 va 20 kilometrgacha tezlashtiradi. Pedallarni aylantirishni hojati yo’q, bunday motorni tom ma’noda bir daqiqada ulash mumkin.

Qurilma narxi 500 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👏58👍32😁7🤯63👨‍💻21🤔1💯1🤝1
«7 kun ichida Markaziy Osiyo bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qilish mumkin: HWG Sababa keysi»

Sizni 11 iyun, Seshanba kuni IT-infratuzilmasini uzluksiz uzatishni va ma‘lumotlarni avtonomli qilishni qanday amalga oshirishni aytib beradigan bepul vebinarga taklif qilamiz.

Tadbirda bir hafta ichida xorijiy ta‘minotchidan @servercorenews bulutiga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan HWG Sababa kompaniyasining keysi ko‘rib chiqiladi.

Bu yerda siz quyidagilarni bilib olasiz:

– Markaziy Osiyoda ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qanday talablarga rioya qilish kerak?
– Bir provayderdan boshqasiga ko‘chish bosqichlari qanday?
– HWG Sababa Servercore yordamida 7 kun ichida O‘zbekiston bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qildi?

Havola orqali vebinarda ro‘yxatdan o‘ting.

Reklama
👍23🔥1🎄1
🎥 Sora'ning kuchli raqibi paydo bo’ldi. Ushbu videolar Xitoyning Kling neyron tarmog’ida yaratilgan.

Model matnli tavsif asosida 1080p sifatdagi, ikki daqiqagacha davom etadigan videolarni yaratishi mumkin. Shuningdek, u fizika qonunlarini hisobga oladi.

Sora'dagi sifatdan hali ancha yiroqda, lekin hech bo’lmaganda ommaga ochiq. Xitoy raqamingiz bo’lsa sinab ko’rishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍48🤯18🔥54🫡31👏1💯1👨‍💻1🤝1
⚡️DrinkingMaker kompaniyasi havoni ichimlik suviga aylantiradigan oshxona jihozini ishlab chiqdi.

Qurilma tom ma’noda nam havoni so’rib, uni 6 bosqichli filtrlash tizimidan o’tkazadi va ichimlik suviga aylantiradi. Shu tarzda kuniga 19 litrgacha suv to’plash mumkin.

Bular havodan pul qilyapti degan hazil reallikga aylandi :)

📟 DigiTech
👏166👍52🤯40😁20🫡4😡4🤔2🤩2💯2👨‍💻2🤝1
📲 iOS 18 chiqqandan keyin bosh ekranni shunday ko’rinishda sozlash mumkin bo’ladi. Apple dasturlarni xohlagan joyingizga joylashtirish imkonini beradi. Bu bosh sahifani kompaniya tarixidagi eng yirik yangilanishidir.

SI funksiyalar Apple Intelligence deb nomlanadi, chatbot fotosuratlar va videolarni yaratmaydi, faqat matn generatsiya qiladi, yangi funksiyalar beta-versiya sifatida chiqadi va ularni o’chirib qo’yish mumkin bo’ladi.

Biz barcha mish-mishlar va insaydlarni 10-iyun kuni tekshiramiz.

📟 DigiTech
😁143👍43🔥10🤯95👨‍💻4😡41🤔1💯1🤓1
📱Pavel Durov 180 dollarlik Samsung'dan foydalanishini va u Dubay issig’iga bardosh bera olmaganini aytdi.

Telegramning asosiy foydalanuvchilari Android ishlatgani uchun Durov ushbu qurilmani olgan.

iPhone'ning so’nggi modelini olishga hatto Durovni ham puli yetmabdi :)

📟 DigiTech
🤯218😁156👍27👨‍💻11🔥64💯4🫡4🤩3🤝3🤓2
AI | DigiTech
📱Pavel Durov 180 dollarlik Samsung'dan foydalanishini va u Dubay issig’iga bardosh bera olmaganini aytdi. Telegramning asosiy foydalanuvchilari Android ishlatgani uchun Durov ushbu qurilmani olgan. iPhone'ning so’nggi modelini olishga hatto Durovni ham puli…
⚡️Pavel Durov o’z kanalida shuningdek, yozni Markaziy Osiyoda o’tkazishni rejalashtirayotganini yozdi.

Katta ehtimol bilan O’zbekistonga ham kelsa kerak.

📟 DigiTech
👍148😁4614🔥9💯6🤩4🎉31🤔1😨1
🚘 Xitoy hukumati benzinli avtomobilni elektromobilga almashtirgan fuqarolarga 1380 dollardan to’laydi.

Bu tashabbus mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida qilingan — so’nggi uch oy ichida Nio, Xpeng va Li Auto yirik kompaniyalarning savdosi 10 foizga kamaygan.

📟 DigiTech
79👍46🤯14🔥63🤩3👨‍💻2💯1😡1
⚡️Kecha Apple kompaniyasi Apple Intelligence'ni namoyish etdi. Bu iOS, iPadOS va macOS'dagi barcha tizimlarga birlashtiriladigan katta til modelidir.

Xususiyatlari:
– Matn bilan ishlash: qisqacha parafrazalar, istalgan tildan tarjimalar, elektron pochta xabarlarini yuborish va xatolarni topish;
– Matnli tavsif bo’yicha uchta uslubda (eskiz, illyustratsiya, animatsiya) rasmlar va emoji yaratish;
– Galereya va yozishmalarda aniq odamlar/hayvonlar/joylar bilan suratlarni qidirish;
– Siri ekrandagi ma’lumotlarni yozib olishi yoki tushuntirishi, shuningdek, kerakli ma’lumotlarni ovozli so’rov orqali deyarli har qanday ilovadan topishi mumkin bo’ladi.

Sun’iy intellekt internetsiz ishlay oladi, lekin faqat M1 chipli Mac va iPad yoki yangiroq qurilmalarda, smartfonlarda esa iPhone 15 Pro'dan eski bo’lmagan modellarda.

SI foydalanuvchilar uchun yozda taqdim etiladi, ammo boshlanishiga faqat AQShda va ingliz tilida. Keyinchalik boshqa tillarda ham mavjud bo’ladi.

📟 DigiTech
👍5219🔥7🤯5😁32😍2💯2🎉1🤩1😡1
👓 Avstraliyalik olimlar ko’zoynak uchun qorong‘uda ham, kunduzidek ko’rish imkonini beruvchi plyonkani o’ylab topishdi.

Uning og’irligi bir grammdan kamroq. Bunday plyonkani har qanday oynaga yopishtirish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥100👍54🤯19🤩5💯42🫡2🎄21