AI | DigiTech
52K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📦 Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi.

Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan.

Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar.

📟 DigiTech
👏63👍45😁31🤯14🔥4🤩3🤝32🫡2💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yaponiya shaharlaridan biridagi yo’lakda yurish tezligini ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi.

LED displey harakatlanish tezligini ko’rsatib turadi, uning yordamida boshqalar bilan yugurish bo’yicha raqobatlashish ham mumkin.

📟 DigiTech
👍157🔥30😁20🤯20👏9💯3🫡21👨‍💻1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Stability AI o’zining musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ining yangi modelini chiqardi — Stable Audio 2.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍455🔥4👏3🤩3💯2🫡2🤯1
🚘 Ferrari yangi 12Cilindri superkarini namoyish etdi — bu gibrid yoki elektromobil emas, balki bugungi kunda kamdan-kam chiqayotgan benzinda yuruvchi avtomobildir.

Unga 830 ot kuchiga ega V12 dvigateli o’rnatilgan: 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, maksimal tezligi esa 340 km/soat dan yuqori.

Narxi 395 000 yevrodan boshlanadi. Izohlarda dizayniga baho bering.

📟 DigiTech
🔥76👍39🤯15🫡64💯4🤩3😍2🤝21
⚡️Shu yozdan AQShda «elektrolyotlar» sotuvlari boshlanadi, uni boshqarish uchun uchuvchi litsenziyasi shart emas.

Qurilma Pivotal startapi tomonidan Google boshqaruvchisi Larri Peyj ko’magida yaratilgan: u 100 km/soat tezlikka chiqa oladi va bir zaryadda 32 km masofagacha uchadi. Ularning aytishicha, uni boshqarish dronni boshqarishdek oson, har ehtimolga qarshi ballistik parashyut ham bor.

Narxi — 190 000 dollardan boshlanadi. Bu narxga o’qitish va uni olib yurish uchun treyler ham kiradi.

📟 DigiTech
👍82💯17🤯10🔥92🫡2🎉1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍🚀 SpaceX o’zining EVA skafandrini namoyish etdi. Kompaniya orbitaga chiqadigan birinchi sayyohni mana shu skafandrda jo’natmoqchi.

Kostyum yangicha matodan tayyorlangan bo’lib, skafandr ichidagi haroratni nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, unda proyektsiyali ekran va kamera mavjud.

📟 DigiTech
57👍45🤯15😁105👏4🤩3🫡3🔥2
⚡️Apple yangi iPad modelini namoyish etdi — 14 Air.

Yangilangan qurilmada old kamera gorizontal tomonga o’tdi, protsessor ham yangilandi. Tanlovga ikkita variant mavjud: 11 dyuymli 599 dollar va 13 dyuymli 799 dollar.

📟 DigiTech
👍61🔥1553😁2🤯2💯2🎄1
⚡️YouTube bir tugmani bosish orqali videolarni to’g’ridan-to’g’ri eng qiziqarli joyiga o’tkazishni sinovdan o’tkazmoqda. Sun’iy intellekt eng yaxshi taymkodlarni aniqlaydi.

Buning uchun ekranga ikki marta bosish kerak va pastki qismda «Jump Ahead» tugmasi paydo bo’ladi. Agar bu tugma bosilmasa bir necha soniyadan so’ng u g’oyib bo’ladi va video hardoimgidek 10 soniya oldinga siljiydi.

Bu funksiya hozirda YouTube Premium obunachilarida paydo bo’la boshladi.

📟 DigiTech
👍10913🔥13😁103💯3🫡3🤯2😨2🥰1
🔊 AQSh'dagi startap uyqu muammolariga yechim topdi. Muhandislar izoxronik tovushlar chiqaradigan «Banala Sleep Dot» deb nomlangan mini-kolonkani ishlab chiqishdi.

Bu ritmik tovushlar miyani tinchlantirishga, tezroq uxlashga va chuqur uyquga ketishga yordam beradi — tadqiqotlar buni isbotladi.

KickStarter'dagi narxi — 49 dollar.

📟 DigiTech
🤩51👍38🤯6🔥5😨4🫡4👏32👨‍💻2
⚡️Shveytsariyada yo’l ta’mirlanayotgan vaqtda harakatni to’sib qo’ymaslik imkonini beruvchi ko’chma ko’prik yig’ishdi.

Uning uzunligi 240 metrni, og’irligi esa 1250 tonnani tashkil qiladi. Kerakli yo’lga qismlarga bo’linib olib kelinadi, so’ng yig’iladi va ikki qator yo’lli ko’prikga aylanadi.

Uning pastida qurilish ketaveradi. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so’ng, ko’prik masofadan boshqarish pulti orqali yuzlab metr oldinga siljiydi.

📟 DigiTech
🔥153👍55🤯41👏11😁8🤩3😨32💯2🎄2🫡1