AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir.

Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda.

📟 DigiTech
👍73🤯3115🤩7🔥5👨‍💻4🫡3🤔2💯2😨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin.

Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan.

📟 DigiTech
🤯128👍48🔥174🤩4💯2👨‍💻2🫡21
🎥 Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin.

Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli.

Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin.

👉 Beta-testda ishtirok etish uchun havola.

📟 DigiTech
38👍30🔥12🤯7🎉2💯2😇2🫡2👏1🤩1
⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi.

iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :)

📟 DigiTech
😁380🤯59😨13👏11🔥5🤩3🫡32🤔2🎉2💯2
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi.

Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi.

Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥110👍39🤯23👏10💯42🥰2😁2🤩2😇2🫡1
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi.

Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯182👍79👏25😁2111🎉6🤩4🔥3💯3🤝3🫡2
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan.

1. Parij, Fransiya
2. Kyoto, Yaponiya
3. Nyu-York, AQSh
4. Moskva, Rossiya imperiyasi

📟 DigiTech
👏47👍40💯964🤯4👨‍💻3🫡3🔥2🤩2🤝2
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi.

Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi.

Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin.

📟 DigiTech
🤯146👏34👍28😁14🔥943🤩3🫡3💯2😇1
⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nutqni matnga tarjima qiladi va emotsiyalar shuningdek, intonatsiyani aniqlaydi.

Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥58👍35🤯114👨‍💻3👏2😡2
🏠 Airbnb «Tepaga» multfilmidagi uchar uyni va «X-Odamlar» filmidagi saroyni qurishdi — endi ular ijaraga beriladi.

Birinchisi cho’lda kranga osilgan va unga joylashganingizdan keyin 16 metr balandlikka ko’tariladi, ikkinchisi Nyu-Yorkda bo’lib, «X-Odamlar ‘97» dagi saroy uslubida jihozlangan.

Yashash narxi bir xil — kishi boshiga bir kecha uchun taxminan 100 dollar.

📟 DigiTech
🤯55👍41🔥8👏4💯41🤩1😨1🫡1