AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi.

Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil.

Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi.

📟 DigiTech
🤯104👍44🔥17😡73🫡3👏2💯2👨‍💻21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Ray-Ban Meta aqlli ko’zoynaklariga MetaAI neyron tarmog’i qo’shildi. Uning funksiyalari:

– Oldingizda turgan narsalarni tanib olish;
– Real vaqt rejimida yozuvlarni boshqa tilga tarjima qilish;
– Ovozli so’rov bo’yicha fotosuratlar va videolar olish;
– WhatsApp'da matnni aytib turish orqali xabarlar yozish;
- Musiqani yoqish, video qo’ng’iroqni boshlash va har qanday ovozli yordamchi kabi savollarga javob berishi mumkin.

Qurilma narxi — 299 dollar.

📟 DigiTech
👍97🤯32🔥132💯2🫡21🤔1🤩1👨‍💻1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi.

Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi.

Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍64🤯12🤩7🔥3🎄32👏2💯21🫡1
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir.

Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda.

📟 DigiTech
👍73🤯3115🤩7🔥5👨‍💻4🫡3🤔2💯2😨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin.

Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan.

📟 DigiTech
🤯128👍48🔥174🤩4💯2👨‍💻2🫡21
🎥 Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin.

Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli.

Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin.

👉 Beta-testda ishtirok etish uchun havola.

📟 DigiTech
38👍30🔥12🤯7🎉2💯2😇2🫡2👏1🤩1
⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi.

iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :)

📟 DigiTech
😁380🤯59😨13👏11🔥5🤩3🫡32🤔2🎉2💯2
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi.

Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi.

Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥110👍39🤯23👏10💯42🥰2😁2🤩2😇2🫡1
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi.

Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯182👍79👏25😁2111🎉6🤩4🔥3💯3🤝3🫡2
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan.

1. Parij, Fransiya
2. Kyoto, Yaponiya
3. Nyu-York, AQSh
4. Moskva, Rossiya imperiyasi

📟 DigiTech
👏47👍40💯964🤯4👨‍💻3🫡3🔥2🤩2🤝2
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi.

Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi.

Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin.

📟 DigiTech
🤯146👏34👍28😁14🔥943🤩3🫡3💯2😇1