AI | DigiTech
52K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Texnobloger Fragment platformasi orqali @pavel linkini sotish orqali TONda 80 000 dollar ishlab oldi. Kim oshdi savdosi bir hafta davom etdi va xariddan so’ng ushbu link Pavel Durovga sovg’a qilindi.

Bloger birinchilardan bo’lib Telegram'da 9 yil oldin ro’yxatdan o‘tgan va @pavel linkini band qilgan.

Telegram asoschisi ham «odamlar bundan buyon bunday saxovatli sovg‘alarni qilmasligini» uchun kim oshdi savdosida ishtirok etib @paul linkini 24 ming dollarga sotib oldi. Endi Durov'da yettita «username» bor.

📟 DigiTech
👍79😁32🤯116🔥5😡3👏2🫡21🎉1💯1
🍔 Tadqiqot — «Fastfood» o’smirlarda xotirani doimiy ravishda yomonlashishiga olib keladi.

Olimlar aniqlashicha, «Fastfood»ni doimiy iste’mol qilish xotira va o’rganish uchun mas’ul bo’lgan atsetilxolin darajasiga ta’sir qiladi.

Bu jarayonni orqaga qaytarib bo’lmaydi va sog’lom ovqatlanishga o’tish vaziyatni o’zgartirmaydi

📟 DigiTech
👍79🤯23🔥18💯8😁7🫡5🤓4😡4👨‍💻32🤝2
🚘 Birinchi elektr Gelendvagen nihoyat, rasmiy namoyish etildi.

Ushbu yo’ltanlamas 580 ot kuchiga ega, 100 km/soatga 4,7 soniyada chiqadi va bir zaryadda 473 km gacha masofani bosib o’tadi, shuningdek, joyida burilish tizimi va zaxira g’ildirak o'rniga zaryadlovchi kabeli mavjud.

Narxi 142 621 yevrodan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍13721🔥127😍5😡5👨‍💻3🫡3💯2🎄2🤓1
⚡️Microsoft'ning yangi VASA neyron tarmog’i fotosuratlarni juda realistik jonlantira oladi.

Rasm va audioni yuklash kifoya. Natijada: aniq lablar sinxronizatsiyasi va yuz ifodalari bilan gapirayotgan yoki qo'shiq aytayotgan video tayyorlab beradi. Hatto emotsiyalarni va ko’z harakatini sozlash ham mumkin.

Hozircha neyrotarmoq yopiq beta-test rejimida ishlamoqda, lekin yaqin orada ommaviy versiyasini chiqarishni va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
👍7776😡5🤯4🔥3👨‍💻2💯1
🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi.

U jarrohlik kamerasidagi tasvirni ko’z oldiga «osib qo’ydi» va jarayon vaqtida suyaklarni 3D modellar bilan solishtirib turdi.

Uning so’zlariga ko’ra, AR (to’ldirilgan reallik) bilan ishlash ancha qulayroq: jarroh ilgari Microsoft HoloLens'dan foydalangan, ammo u garnitura allaqachon eskirgan.

📟 DigiTech
👍131🤯34😁6👏54🔥3🫡21🤔1💯1
⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi.

U tarixdagi eng kuchli superkompyuter bo’lib, 1 eksaflop quvvat va 144 TB xotiraga ega — soniyasiga kvintillion (18 nolga ega raqam) amallarni bajara oladi. Bu RTX 4090 Ti dan 12 700 marta kuchliroq.

Bu GPT-5 chiqarilishini ancha tezlashtiradi, uni nimalarga qodir bo’lishini tasavvur ham qilish qiyin.

📟 DigiTech
👍146🤯61167🔥6🫡2👏1🤩1👨‍💻1
🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi.

Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil.

Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi.

📟 DigiTech
🤯104👍44🔥17😡73🫡3👏2💯2👨‍💻21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Ray-Ban Meta aqlli ko’zoynaklariga MetaAI neyron tarmog’i qo’shildi. Uning funksiyalari:

– Oldingizda turgan narsalarni tanib olish;
– Real vaqt rejimida yozuvlarni boshqa tilga tarjima qilish;
– Ovozli so’rov bo’yicha fotosuratlar va videolar olish;
– WhatsApp'da matnni aytib turish orqali xabarlar yozish;
- Musiqani yoqish, video qo’ng’iroqni boshlash va har qanday ovozli yordamchi kabi savollarga javob berishi mumkin.

Qurilma narxi — 299 dollar.

📟 DigiTech
👍97🤯32🔥132💯2🫡21🤔1🤩1👨‍💻1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi.

Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi.

Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍64🤯12🤩7🔥3🎄32👏2💯21🫡1
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir.

Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda.

📟 DigiTech
👍73🤯3115🤩7🔥5👨‍💻4🫡3🤔2💯2😨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin.

Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan.

📟 DigiTech
🤯128👍48🔥174🤩4💯2👨‍💻2🫡21