AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Amerikalik jurnalist Taker Karlson Pavel Durov bilan bir soatlik intervyuni YouTube'ga joyladi.

Ular asosan, albatta, Telegram haqida gaplashishdi: Durov uni qachon va nima uchun yaratgani, nima uchun bosh ofis Dubayda ekanligi va messenjer qanday qilib nol reklama xarajatlari bilan shu qadar mashhur bo’lganini so’zlab berdi.

Durov, shuningdek, Telegram'ning shifrlash standarti uning akasi Nikolay tomonidan ishlab chiqilgani, shuning uchun «messenjer xavfsizligiga hech qanday shubha yo‘qligini» aytdi.

Durov shaxsiy hayoti haqida hardoimgidek gapirmadi: u faqat VKdagi o’z ulushini sotishdan kelgan pulni hashamatli xaridlarga «yuzlab million dollar» sarflamaganini va boshlashni rejalashtirmayotganini aytdi.

👉 To’liq intervyuni ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍129🔥16👏14💯9🫡5🤯42👨‍💻2🤝21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Boston Dynamics Atlas robotlarining yangi avlodini namoyish etdi — ular endi bitta ham gidravlik elementsiz, butunlay elektrda ishlaydi.

Ularning ta’kidlashicha, ushbu robot endi «dunyodagi eng epchil gumanoid robot» bo’lib, zavodlarda ishlay oladi va odamlarga kundalik hayotda yordam bera oladi.

Kompaniya yangi Atlas ustida Hyundai bilan birga ishlamoqda, ular pul va ishlab chiqarishda yordam berishmoqda.

📟 DigiTech
👍69🤯22👏9😁5🔥4😨32🤩2🫡21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️InstantMesh neyron tarmog’i chiqdi, u har qanday rasmni 3D obyektga aylantirib beradi.

Generatsiya o’rtacha 10 soniya vaqtni oladi, neyron tarmoq sizga 3D model yaratilishining barcha bosqichlarini ko’rsatib beradi. Ishlatish mutlaqo bepul, lekin kompyuterda ishlatishni maslahat beramiz, telefonda yaxshi ishlamasligi mumkin.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍63🤯9🔥6😡31😨1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Singapurlik olimlar kiborg suvaraklarning «armiyasini» ko’rsatishdi. Ulardan, masalan, qutqaruv operatsiyalari paytida foydalanishmoqchi.

G’oyaning o’zi yangi emas: AQShda hasharotlarni nazorat qilish uchun shunga o’xshash moslamalar uzoq vaqtdan beri sotilib keladi, ammo bu yerda ular bir vaqtning o’zida 20 ta suvarakni nazorat qilishga muvaffaq bo’lishgan, ushbu suvaraklar hatto bir-birlariga yordam berishlari mumkin (masalan, qaysi biridir dumalab ketsa).

Ham hayratlanarli, ham qo’rqinchli ko’rinadi.

📟 DigiTech
👏63👍44🤯24😁6🔥5😨5😡32💯2🫡2🤩1
⚡️Uyqusizlik odamni tashqi ko’rinishi shunday o’zgartiradi. Muammolar kuniga 7 soatdan kam uxlaganda boshlanadi.

Uyqusizlik ajinlar paydo bo’lishiga va terini qurishiga olib keladi. Mahsuldorlik va o’zini his qilish ham yomonlashadi. Bularning sababi, hujayralar tiklanishi uchun yetarli vaqtga ega emasligi. Uyqusizlik shuningdek, kortizol gormoni darajasi keskin oshishiga ham olib keladi.

📟 DigiTech
👍101🤯40💯96🤓3🔥2🤝2🫡21😁1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😶 ChatGPT, Gemini kabi mashhur sun'iy intellektlar qaysi dasturlash tilida tayyorlanganini bilasizmi?

Qoyil qolsangiz arziydi. Hozirgi kunda barcha sun'iy intellektlar sodda va o'rganish oson bo'lgan Python dasturlash tilida tayyorlanadi.

«Najot Ta'lim» Dasturlash foundation kursida siz aynan C, Python dasturlash tillarining asosini o'rganasiz hamda dasturlashning istalgan yo'nalishlaridan birini tanlab, talabgir kasb egasiga aylanasiz.

Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

📞 78 888 98 88
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥97👏4😁4😡32🤯1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Agar qachondir robo-itlarga qarshi chiqishga to’g’ri kelsa, ushbu videoni eslang.

Ularni uloqtirish, ag’darish yoki tayoq bilan urish — variant emas! Batareya quvvati tugashini kutish osonroq :)

📟 DigiTech
😁94👍42👏21🤯14😨75🫡5🔥4🤩3💯3😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Bundan yaxshiroq reklama bo’lmasa kerak: Porsche Taycan avtomobili Dubayda suv toshqinini kesib o’tgani aks etgan video internetda mashhurlashib bormoqda.

📟 DigiTech
👍166🤯3211🔥7💯6👏4🤩4😍3🤓3😨3🤝1
⚡️Kamalaklar aslida ideal dumaloq ekanligini bilarmidingiz?

Odatda, bizga yerdan uning faqat kichik bir qismi ko’rinadi, uni faqat yuqoridangina to’liq ko’rish mumkin — masalan, osmono’par binodan, tog’lardan yoki samolyot oynasidan.

📟 DigiTech
👍8723💯13🤯9🤩4🤔2😍2😨2🫡2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xiaomi o’zining SU7 elektromobili panelida telefon ushlagichi uchun o’rnatma joylashtiradi.

Uning o’lchami barcha ushlagichlarga mos keladimi yoki yo’qmi hali aniq emas, lekin u old oynaga yopishtiriladigan har qanday ushlagichdan yaxshiroqdir.

Nega avtomobil brendlari bu narsani oldinroq qilishmagan?

📟 DigiTech
🔥74👍49😁166🤓4🤯3👨‍💻21🤝1
🚘 Xitoyning GAC kompaniyasi kiberpank uslubidagi City Box uch g’ildirakli elektr avtomobilini namoyish etdi.

G’oyaga ko’ra, bunday mashina shaharning tor ko’chalari bo’ylab harakatlanish va buyurtmalarni yetkazish uchun qulay bo’ladi.

Hozircha bu faqat konseptsiya, sotuvga chiqarishni hali rejalashtirishmayapti.

📟 DigiTech
👍86👏7🔥5😁5🤯5🤩3🫡32🤔2💯2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tasvirlarni matnga aylantirib beruvchi bepul neyron tarmoq chiqdi.

Foydalanish mutlaqo bepul va ChatGPT-ga qaraganda tezroq ishlaydi. Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥51👍42🤩6💯4🤯32🫡2😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyning Chengdu shahridagi markaziy ko’chalardan biridagi chorraha o’ta murakkabligiga qaramay, undagi harakat juda tartibli.

Transport harakati shunday tartibga solinganki, hatto tig’iz vaqtda ham hech kim bir-biriga xalaqit bermaydi.

📟 DigiTech
👍104🤯25👏16🔥6🫡5🤩4😁3💯322😨2
🚦 Xitoy yo’llari haqida yana bir qiziqarli ma’lumot — ularda svetoforlar taymeri to’g’ridan-to’g’ri navigator ilovasida ko’rsatiladi.

Eng qizig’i, svetoforni o’zida taymer bo’lmasligi ham mumkin, lekin dasturda taymer hardoim bo’ladi. Hatto keyingi svetoforga yetib borguningizcha qanday rang yonishini ham ko’rsatib turadi.

Hozircha bu butun mamlakat bo’ylab ishlamaydi, lekin, masalan, Guanchjouda allaqachon har bir svetofor ilovaga qo’shilgan.

📟 DigiTech
👍124👏23🤯9💯8🔥53🤩3🥰1🎄1