AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 OpenAI Sora tomonidan yaratilgan birinchi musiqiy klipni namoyish etdi. Bu safar musiqachi Avgust Kemp'ga yopiq neyron tarmoqdan foydalanish imkoniyati berildi. Bu uning «Worldweight» qo’shig’i uchun ishlangan video.

📟 DigiTech
👍69🤯17👨‍💻4😁3😨322🤔2😡2🥰1
📱Facebook Messenger foydalanuvchilarining shaxsiy xabarlarini Netflix'ga 100 million dollarga sotgan. Kelishuv haqidagi hujjatni Google'ning sobiq xodimi topdi.

Netflix ularga tomoshalar tarixini taqdim etish orqali javob berdi. Saytga bizning xabarlarimiz nima uchun kerakligi noma’lum, ammo bu yerda maxfiy yozishmalar tushunchasi aniq hisobga olinmagan.

📟 DigiTech
😡116💯47👍25🤯12😁10👨‍💻5😨53🫡32🔥1
⚡️Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz do’konlarini yopdi. U do’konlarda xaridor shunchaki kirib, o’ziga kerak bo’lgan hamma narsani olib, chiqib ketishi mumkin edi — sun’iy intellekt esa xaridlar miqdorini hisoblab, to’lovni kartadan avtomatik yechardi.

Ma’lum bo’lishicha, kompaniya faqat avtomatlashtirish illyuziyasini yaratgan. Aslida mingdan ortiq haqiqiy odamlar kameralar orqasida o’tirib, xaridlarni hisoblashgan.

Shu sabab xaridorlardan noto’g’ri summa yechib olingani bo’yicha ko’p shikoyatlar tushgan. Muammolardan xalos bo’lish uchun Amazon endi yana bir ilg’or texnologiya — Dash Cart aqlli aravalarini yaratmoqda.

📟 DigiTech
👍90😁38🤯9👏5🔥432👨‍💻2😨2🤩1💯1
📷 Kaliforniyada dunyodagi eng katta raqamli kamerani yasashdi.

Uning o’lchami avtomobildek, og’irligi deyarli 3 tonna va 3,2 gigapiksel (3200 megapiksel) o’lchamda suratga oladi — bunday fotosuratda 25 km masofadan hatto golf to’pini ham ko’rish mumkin.

Ushbu kamera astronomik kuzatishlar uchun Chilidagi teleskopga o’rnatiladi: har 20 soniyada bir marta suratga olib, kuniga 15 TB gacha ma’lumot to’playdi.

📟 DigiTech
👍169🤩31🔥18🤯176😁5🤔2😨2🎄21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google rasmlar uchun JPEG'ning yangilangan versiyasi — Jpegli yangi formatini ishlab chiqdi. Bu «Internetni yanada chiroyli va tezroq qilishi» kerak.

Bunday tasvirlarning hajmi 35% kamroq bo’ladi (shu sabab tezroq yuklanadi), sifati esa yaxshilanadi.

Bu format qanchalik tez ommalashadi, buni vaqt ko’rsatadi.

📟 DigiTech
😁121👍41🤯124💯4👨‍💻4🔥3🤓3😨3🤝3🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Ushbu neyron tarmoq sizga istalgan syujetdagi ajoyib komikslarni chizib beradi. AI Comic Factory'da har qanday tasavvuringizni komiksga aylantirishingiz mumkin! Shunchaki matnli tavsifni kiritish kifoya, bir nechta daqiqada tugallangan komiksni olasiz.

Yakshanbani maroqli o’tkazish uchun ayni muddao, albatta sinab ko’ring.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍563🔥21👏1🤩1🎄1
🚀 Ilon Mask yaqin bir necha yil ichida Marsga bir millionga yaqin odam va shuncha tonna yuk jo’natmoqchi. Milliarder twitterda kosmik sayohat loyihasi haqidagi qiziqarli taqdimotni namoyish etdi.

Rejalar:

• Starship kemasi keyingi yil uchib, Yerga muvaffaqiyatli qo’nadi.
• Space X doimiy ravishda parvoz sinovlarini o’tkazib, raketani takomillashtiradi — Starship Oyga uchadi.
• Shuningdek, Ilon Mask Oy va Marsdagi koloniyalar konseptini ham ko’rsatdi.

📟 DigiTech
🤯151👍60🫡1710🔥7😁6🤔3🤩3😨3🎄3💯1
⚡️Tibbiyotda inqilob yuz berdi — olimlar yangi jigarni bevosita inson tanasida o’stirishni o’rganishdi!

Bemorga donor jigar hujayralari to’g’ridan-to’g’ri qorin limfa tuguniga yuborildi. Bir necha oy o’tgach, hujayralar ko’payadi va o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan kichik jigarga aylanadi.

Bemor asta-sekin shifokorlar nazorati ostida tuzalib bormoqda. Agar hammasi muvaffaqiyatli yakunlansa, bu transplantatsiya uchun organlarning yetishmasligi muammosini deyarli butunlay hal qiladi.

📟 DigiTech
🤯237👍126👏23🔥13😨63🤔3😇21
🖥️ Samsung iMac'ga juda o‘xshash All-In-One Pro monoblokni chiqarmoqchi. U aprel oyi oxirida Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.

Asosiy xususiyatlari: 4K displey, Intel Core Ultra protsessori, 27 dyuymli ekran va ultra yupqa korpus (6,55 mm).

Monoblokning narxi 1469 dollar. Uning Janubiy Koreya bozoridan tashqarida sotuvga chiqarilishi noma’lum.

📟 DigiTech
👍99👏17😁16🔥10🤯4🥰3💯322🫡2
📲 Xiaomi 2024-yilda 30 dan ortiq smartfonlarni qo’llab-quvvatlashni to’xtatadi.

Ya’ni ular uchun operatsion tizim yangilanishi chiqmaydi. Bu qurilmalar ro’yxatida masalan, mashhur Redmi Note 10, Redmi 10 seriyalari, Poco X3 GT, Poco C31 va Poco C40 mavjud.

Smartfonlarning to’liq ro’yxati skrinshotda ko’rsatilgan.

Smartfonni yangilash vaqti keldi :)

📟 DigiTech
😁96👍39🤯113🔥3😍2😨21👏1🫡1
Matnlar yozish orqali daromad qiling

Siz oddiy xodim, talaba yoki ma’lum sohada frilanser bo‘lishingizdan qatʼi nazar, Sizda zamonaviy kasblardan biri boʻlgan kopirayting, yaʼni sotuvchi matnlar yozish orqali daromad qilish imkoni bor.

Bunda Sizga shu sohada 2.5 yillik tajribaga ega professional kopirayter, @jaydari_kopirayter blogi asoschisi Doniyorbek Erkin o‘g‘li shaxsan yordam beradilar.

Sizdan talab etiladigan harakat, ularning kanallariga obuna boʻlish va 1 hafta davomida joylanadigan postlarni kuzatish.

Obuna boʻling: @jaydari_kopirayter

Reklama
👍31🎉16🔥5😁432😨2😍1
📷 Kecha bo’lib o’tgan quyoshning to’liq tutilishi NASA teleskoplari va odamlar nigohida.

Agar sizda nimaga men ko’rmadim degan savol tug’ilayotgan bo’lsa, bu manzaraga faqat AQSh, Kanada va Meksikada yashovchilar guvoh bo’lishgan.

📟 DigiTech
👍111😁136👏6🔥5🤯5😨4💯3🤩2👨‍💻2🫡2