AI | DigiTech
51.3K subscribers
2.55K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏍️ Tayvanda har kungi tig’iz paytdagi oddiy holat.

Mopedlar hamma joyda va deyarli hammada bor — orolda skuterlar soni dunyodagi eng yuqori zichlikka ega. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 23 million aholida 8,4 million avtomobil va 14 milliondan ortiq skuterlar mavjud.

📟 DigiTech
👍110🤯40😁107🔥6💯4🤩2🤝2🫡21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o’z chipini o’rnatgan birinchi bemor fikr kuchi bilan qanday shaxmat o’ynashini jonli translyatsiyada ko’rsatishdi.

Bu sehrga o'xshaydi — yigitning o’zi bu hissiyotni «Yulduzlar jangi» filmidagi fikr kuchi bilan taqqoslamoqda: u shunchaki kursorni siljitish haqida o’ylaydi va kursor harakatlanadi.

Ularning rejalari bo’yicha keyinchalik, chip autizm, shizofreniya va hatto semirishni davolay oladi.

📟 DigiTech
👍137🤯37🔥20😨11🤔3💯32👨‍💻2👏1
⚡️Tim Kuk eplolmadi: insayderlarning yozishicha, Apple o‘zining qurilmalariga Gemini neyrotarmog’ini integratsiya qilish bo’yicha Google bilan muzokaralar olib bormoqda.

Apple hatto o’zining Apple GPT chatbotini ham ishlab chiqdi, ammo u sifat jihatdan Google va OpenAI neyron tarmoqlaridan ancha orqada.

Kompaniya sun’iy intellekt funksiyalarini iOS 18 da chiqarishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍110😁40🔥9💯53🫡32👏2🤩2🤯1🎄1
⚡️OpenAI GPT-5 ni chiqarishga tayyorlanmoqda.

Kompaniya allaqachon ayrim korporativ mijozlarga modelning sinov versiyasini taqdim etgan, deb xabar bermoqda Business Insider nashri. GPT-5 imkoniyatlarini sinashga muvaffaq bo’lgan manbalarga ko’ra, u oldingi versiyaga qaraganda ancha samaraliroq natijalarni ko’rsatgan.

Agar hamma narsa reja bo’yicha ketsa, model ommaga shu yilning yozida taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, undan oldin GPT 4.5 Turbo'ning ilg’or versiyasi ham namoyish etilishi kutilmoqda: yaqinda OpenAI saytida shu bo’yicha tasodifan rasmiy maqolani chiqardi va birozdan so’ng o’chirib tashlashdi.

📟 DigiTech
🔥70👍34😁15🤯9👏5😨53👨‍💻3🎉2💯2🤩1
⚡️Saudiya Arabistonida uzunligi 450 metr bo'lgan dunyodagi eng katta osma basseyn'ni qurishmoqchi.

Suv yonida dam olish joylari, barlar va piyodalar yo’laklari bo’ladi — bularning barchasi 36 metr balandlikda joylashadi. Yerdagi minoralarda esa birnechta mehmonxona, restoran va savdo markazlari ochiladi.

Agar hammasi rejadagidek ketsa, majmua 2027-yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi.

📟 DigiTech
👍121🤯43😡24🔥11😁8👏7😨54🤩3💯3🫡2
👓 Lumen startapi ko’zi ojizlarga yo’naltirib harakatlanishga yordam beruvchi ko‘zoynaklar ishlab chiqdi.

Qurilma kameralar va lidar sensorlari yordamida to’siqlarni aniqlaydi va qayerga yurishni vibratsiya va ovozli signallar orqali ko’rsatadi.

Hozirda ko’zoynaklar yakuniy klinik sinovlardan o’tmoqda. 2024-yil oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda, narxi hali e’lon qilinmagan.

📟 DigiTech
👍80🤯13🎉8👏7🤩3🫡32😨2😁1🤔1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Chizgan eskizlaringizni real vaqt rejimida rasmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq.

Comfy Deploy neyrotarmog’i juda tez ishlaydi va juda realistik rasmlar yaratadi.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍90🤯17🔥6😨54👨‍💻43💯3🤓3🫡3🤔2
⚡️AQSh olimlari fitnes bilan shug’ullanish o’rnini bosuvchi tabletka yaratish arafasidalar.

Tadqiqotchilar mashg’ulotlarsiz mushaklarning o’sishini faollashtiruvchi yangi kimyoviy birikma ishlab chiqishdi. Ushbu birikmaga ega tabletka semirishni oldini oladi va demensiya, yurak yetishmovchiligi, shuningdek, buyrakni davolay oladi.

📟 DigiTech
🤯169👍58😡34😁24👏11🔥7💯7😨5🤓32🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏠 Dizaynerlar ta’mirlash bitmasidan turib uyingizni interyeri siz istagan uslubda qanday ko’rinishda bo’lishini bilish mumkinligini ko’rsatishdi.

Buning uchun ular birinchi navbatda 3ds Max-da panoramali tasvirni yaratib, so’ng uni kuula.co saytiga yuklashadi.

Agar siz ham uyingizni interyeri har xil uslublarda qanday ko’rinishini bilmoqchi bo’lsangiz — ushbu saytni saqlab qo’ying.

📟 DigiTech
👍91🔥12🤯8👏4🫡42🤩2👨‍💻2😍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️AQShda VBR Playground o’yin platformasi mashhurlashib bormoqda.

Unda o’yinchilar rul va monitorli maxsus o’rindiqda o’tirib, o’yinchoq mashinani boshqarishadi. Monitorga o’yinchoq mashinaga o’rnatilgan kameradagi tasvir uzatiladi.

Xuddi haqiqiy mashinani haydayotgandek bo’lasiz, maxsus antenalar tufayli esa tasvirda uzilishlar bo’lmaydi.

📟 DigiTech
👏80👍56😁13🔥10🤩5🤯4🫡4👨‍💻321💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Miyasiga Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam endi aqli bilan nafaqat sichqonchani, balki video o’yinlardagi qahramonlarni ham boshqara oladi.

Shol bo’lgan Nolan Arbo allaqachon Mario Kartda o’z otasi bilan raqobatlashmoqda va Civilization VI da o’z mahoratini mashq qilmoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, neyroimplant hayotini yaxshi tomonga o’zgartirib yubordi va Ilon Maskning kompaniyasi kelajakda ko’proq odamlarga yordam berishiga umid qilmoqda.

📟 DigiTech
👏121🤯46🔥139💯5👨‍💻5🫡4🤓3😁2🤩2🤝2
🥽 Apple Vision Pro'ga miya faolligi skaneri qo’shilishi mumkin — bu uyqusizlik, stress va zaif xotira bilan kurashishga yordam beradi.

Datchiklar tana haroratini aniqlashi, puls va qon bosimini o’lchashi mumkin. Ma’lumotlarni ilovalarga yoki to’g’ridan-to’g’ri shifokorga o’tkazish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍108🤯21👏11😁53🤓3🤔2😨2🤩1💯1🫡1
🎥 Kinolarda grafika yanada ko’payishi mumkin: OpenAI Gollivudni filmlar suratga olishda o’zining video yaratish texnologiyalaridan foydalanishga ko’ndirmoqchi.

Gap kinematik sifatga ega inqilobiy Sora neyron tarmog’i haqida ketmoqda, u matnli so’rov asosida noldan istalgan videoni Full HD sifatda yarata oladi. Yuqoridagi barcha videolar uning ishi.

Hozirda Sora hali ham yopiq sinovdan o’tkazilmoqda, lekin asta-sekin turli mutaxassislarga undan foydalanish imkoniyati berilmoqda.

📟 DigiTech
👍74🤯23🔥95😁3🤔3💯32🎉2😨2👏1