AI | DigiTech
51.5K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 AQSh olimlari elektromobillar uchun simsiz zaryadlash qurilmasini yaratishdi, u raqobatchilarnikidan 8-10 barobar tezroq zaryadlaydi.

Samaradorlik 96% atrofida bo’lishini va’da qilishmoqda — hatto ba’zi simli zaryadlovchi qurilmalardam ham ko’proq. Ularning ta’kidlashicha, sinov vaqtida Hyundai Kona avtomobilini atigi 20 daqiqada 50% gacha zaryadlay olishdi, zaryadlash moslamasi bilan avtomobil o’rtasidagi masofa esa deyarli 13 sm bo’lgan.

Texnologiya hali boshlang’ich bosqichda: uni rivojlantirish uchun avtomobil brendlarining yordami va ko’plab sinovlar kerak.

📟 DigiTech
🤯98👍51👏145🔥54💯4🫡2🎄2👨‍💻1
🧑‍🚀 Armanistonda Marsga uchishga tayyorgarlik boshlandi. Sinov maydoni uchun Armash qishlog’i yaqinidagi cho’l tanlandi — 26 mamlakat olimlari uning topografiyasini Mars relyefi bilan o’xshash degan fikrga kelishdi.

Oltita kosmonavtlar allaqachon u yerga «qo’nishdi» va ular bilan radio aloqa uchun 10 daqiqalik kechikish yaratildi — signal Marsga yetib borishi uchun shuncha vaqt kerak bo’ladi.

Aprelgacha issiqlikka chidamli skafandrlarni sinovdan o’tkazishni rejalashtirishmoqda, roverlar esa hududning 3D xaritasini yaratadi va tuproq namunalarini oladi.

📟 DigiTech
👍128😁23🔥124🤔32🤯2😨2🎄2👏1
🚘 Skoda o’zining eng arzon elektromobili — Epiq krossoverini namoyish etdi.

Ular avtomobil bir zaryadda 400 km dan ortiq masofani bo’sib o’ta olishini va’da qilishmoqda, lekin boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot berishmadi, chunki sotuvlar faqat 2025-yilda boshlanadi.

Narxi taxminan 27 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍118😁29🤯108🔥3😍3😨3🤔2💯2👏1🎉1
🚘 Janubiy Afrikalik rassom BMW i5 Flow NOSTOKANA ni ko’rsatdi — u real vaqtda ranglarni va naqshni o’zgartira oladi.

Bu yerda E Ink texnologiyasi qo’llanilgan. Avtomobil 1349 dona yupqa plyonka bilan qoplangan, unda millionlab «elektron siyoh» mikrokapsulalari mavjud. Uning yordami bilan mashina san'at asariga aylandi va rassomning rasmlari tom ma’noda jonlandi.

📟 DigiTech
🔥74👍45👏8😁43🤩3🫡3🤓2👨‍💻2😨2💯1
⚡️Olimlar keyingi pandemiyaning oldini olishga harakat qilmoqdalar: bu safar qo’ziqorin pandemiyasi.

2022-yilda JSST 4 ta xavfli qo’ziqorin infektsiyasi mavjudligini ta’kidlagan edi.

Haroratning ko’tarilishi tufayli mutatsiyaga uchragan zamburug’lar tarqalib, ommaviy infektsiya va o’limga olib kelmoqda, hozircha unga davo yo’q.

Olimlar ta’kidlashicha, biz allaqachon sekin rivojlanayotgan pandemiyani boshdan kechirmoqdamiz. Har yili dunyo bo’ylab 4 millionga yaqin odam bunday infektsiyalardan vafot etmoqda.

📟 DigiTech
🤯103👍26😨20😁7🎄5🔥2🤔2💯2👨‍💻2🫡2👏1
⚡️Nvidia sun’iy intellektlar uchun Blackwell B200 grafik protsessorini namoyish etdi, bu hozirgi kundagi eng kuchli chipdir.

U o‘tgan yilgi Hopper H100 dan 5 barobar tezroq va 25 barobar kamroq elektr energiyasi sarflaydi. Uning yordamida GPT-4 ni atigi 3 oy ichida, 8000 o’rniga 2000 ta protsessorlar bilan o’rgatish mumkin.

Google, Microsoft, OpenAI va Amazon allaqachon ushbu protsessorlardan katta partiya buyurtma qilishgan. Ongli SI paydo bo’lishiga uzoq qolmadi.

📟 DigiTech
👍115🤯40🔥8😡84🤔4😨43💯2🫡2🤩1
⚡️Xitoyning EHang kompaniyasi o'zining aeromobillarini to’g’ri Taobaoda sotishni boshladi. Yetkazib berish bepul, agar nimadir yoqmasa bir hafta ichida qaytarib berish mumkin.

Xaridorlarga parvozlarni rasmiylar bilan kelishish va marshrutlarni rejalashtirish, shuningdek, texnik xizmat ko’rsatishda yordamlashishadi.

Narxi — ¥2,4 million (330 000 dollar). Xitoy OAV'lari yozishicha, birinchi partiya darhol sotilib ketgan, ammo aniq soni noma’lum.

📟 DigiTech
💯56👍34🔥23🤩6🤯4🫡4🤔3🎄3😨21🎉1