AI | DigiTech
51.5K subscribers
2.54K photos
1.42K videos
2.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Apple 20 dyuymli buklanadigan ekranli MacBook chiqarishi mumkin.

Insayderning aytishicha, bu 2027-yilda sodir bo’ladi. Uning so’zlariga ko’ra, Apple qurilmani ishlab chiqish bo’yicha aniq rejaga ega.

Apple 20 dyuymli displeyli MacBook chiqarishi avvaldan ma’lum edi. Lekin uning buklanadigan bo’lishi haqidagi ma’lumot endi paydo bo’ldi.

📟 DigiTech
👍89😁20🔥125😨4🤯3🤓3👨‍💻3🤩2💯2🫡2
🥽 WALL-E multfilmidagi kelajak tobora yaqinlashmoqda: Honda VR ko’zoynakni robo-kreslo bilan birlashtirdi.

Ularning aytishicha, bunday to’plam parklar va savdo markazlarida o’rnatiladi. Unda parvoz va poyga o’yinlarni qo’lsiz — shunchaki tanangizni egib boshqarishingiz mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍94🤯22😨6😡4🤔32🔥21🎄1
🧑‍💻 Microsoft o’zining birinchi SI kompyuterlarini chiqaradi.

Insayderlar so’zlariga ko’ra, yangi Surface Pro 10 va Surface Laptop 6 da AI Explorer sun’iy intellekt funksiyasi paydo bo’ladi. U har qanday dasturda ishlaydi. AI Explorer quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

– Kalit so’zlar bo’yicha har qanday hujjat va chatlarda ma’lumot qidirish;
– Kompyuterdagi barcha harakatlar tarixini saqlaydi va shu bo’yicha kerakli narsani izlay oladi;
– Ekrandagi kontentni tushunish va u bo’yicha qidirish;
– Rasmlarni matnli tavsif bo’yicha tahrirlash.

Bundan tashqari, yangi qurilmalarda Intel Core Ultra yoki Qualcomm Snapdragon X Elite protsessorlari, OLED ekran va Copilot uchun tugma bo’ladi. Surface Pro 10 va Surface Laptop 6 taqdimoti 21-mart kuni bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
👍75🔥13🤯7🤩3🫡32👨‍💻2😨2😡2💯1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Xitoycha masofaviy ish

Xinjiang shahrida ofisdan chiqmasdan ko’mir konini qazishmoqda: yer osti uskunalari joystiklar yordamida masofadan boshqariladi — deyarli kompyuter o’yinidek.

Uskunalar 600 metr chuqurlikda joylashganiga qaramay, muammosiz boshqariladi.

📟 DigiTech
👏128🤯50👍38🔥9🤩5💯32🤔2😨2🫡2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Agar Yerning ayrim nuqtalaridan turib, professional kamerani Somon yo’liga yo’naltirsa, Yerning aylanishi shunday ko’rinadi.

Juda g’ozal manzara.

📟 DigiTech
👍20538🤯10🔥9🤩7😍5💯5😇3😁2🫡2🤓1
🧠 Jurnalist mashhur sun’iy intellektlarning IQ darajasini tekshirib ko’rdi.

GPT-4 85 ball, Copilot bor-yo’g’i 79 ball to’pladi, lekin OpenAI'ning sobiq xodimlari tomonidan yaratilgan Claude-3 esa 101 ball oldi. Taqqoslash uchun, o’rtacha odamning IQ darajasi taxminan 100 ballni tashkil etadi.

Jurnalistning fikricha, sun’iy intellekt modellari bir necha yil ichida 140 balldan ko’proq to’play olishadi va inson hayotini tubdan o’zgarishiga olib keladi.

📟 DigiTech
🤯141👍58🤔19🔥1054👏2🤩2💯2😨2🫡2
⚡️Google sun’iy intellekt ishlab chiquvchi xodimlari uchun yangi ofis qurdi, lekin u yerda Wi-Fi o’rnata olmadi. Endi ishchilar Ethernet kabellarini noutbuklariga ulashlari yoki o'z telefonlaridan internetni tarqatishlari kerak bo’lmoqda.

Muammo ofis tomida — u to’lqinsimon dizayni tufayli butun Wi-Fi signalini yutib yubormoqda. Ko’p milliard dollarlik kompaniya muammoni oddiygina hal qildi: xodimlarni shunchaki yaqin atrofdagi kafeda o’tirib ishlashga yuborishyapti.

Kuchli sun’iy intellekt ishlab chiqadigan gigant kompaniya bitta Wi-Fi'ni ishlata olmasaya, qiziq :)

📟 DigiTech
😁364🤯41👍36🔥15🤔53👨‍💻3🫡3💯21👏1
🤖 Canadian Sanctuary AI muhandislari «dunyodagi eng yaxshi robot qo’llari» ga ega robotni yig’ishdi.

Ba’zi vazifalarni uning o’zi qanday bajarishni biladi, juda nozik ishlarda esa odam boshqarishi mumkin.

Hozirda uning konstruksiyasini yaxshilashda davom etishmoqda, yaqin kelajakda robot yanada yaxshiroq bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥41👍32🫡6💯53🤯3🎉3😇32👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ChatGPT'dan ASCII belgilarida «Honda» so’zini chizishni so’rashibdi — natijani videoda ko’rishingiz mumkin.

ChatGPT hali bunchalik qiynalmagan edi, kino ko’rgandek bo’lasiz :)

📟 DigiTech
😁266👍20👏9🤯7🔥543🤩3😨3🫡3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Porsche o’zining eng tezkor elektromobili — Taycan Turbo GT ni namoyish etdi. U 100 km/soat tezlikka 2,1 soniyada erishadi va maksimal 305 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Nyurburgring poyga trekida avtomobil sedanlar orasida mutlaq rekord o’rnatdi, Laguna Seca trassasini esa boshqa elektromobillarga qaraganda tezroq bosib o’tdi.

AQSh'da narxi 233 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍125🤯17🔥1643👨‍💻3💯2🫡2👏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yaqinda Dubayda 1500 ot kuchiga ega reaktiv jetpaklardagi birinchi poyga bo’lib o’tdi.

7 nafar uchuvchi bir vaqtning o’zida suv ustida 128 km/soat tezlikda uchishdi. Ularning reaktiv jetpaklaridagi yoqilg’i Boeing 777 dagi yoqilg’i bilan bir xil.

📟 DigiTech
👍101🤯35🤩54😨3👏2🤔2💯2👨‍💻2🫡21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Shunchaki Xitoyda oddiy Samsung do’konidagi zina.

Hammasi bo’lib 1000 ga yaqin ishdan chiqqan iPhone va iPad'lar sementga quyilgan.

📟 DigiTech
😁307👍32👏31😡31🤯19🫡9🔥6💯322
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Uzoq o’tmishdagi to’ldirilgan reallik texnologiyasi

Bu qurilma lyusid-kamerasi deb nomlanadi — u rasm chizish uchun 1807-yilda ixtiro qilingan.

Ishlash prinsipi shisha bo’laklarni (prizmalarni) ayyorona joylashtirishdan iborat bo’lib, buning natijasida rassom har qanday obyektni qog’ozga maksimal aniqlik bilan o'tkazishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯97👍82🔥12👏10😨5🤩3💯3🤔2🫡2🎄21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 «Filmlardagidek» ajoyib portlashlar endi faqat Ilon Mask'ning raketalarida emas.

Yaponlarning xususiy Kairos raketasining birinchi parvozi bor-yo’g’i 5 soniya davom etdi — u uchirilgandan so’ng darhol yon tomoniga og’a boshladi, shundan so’ng o’z-o’zini yo’q qilish mexanizmi ishga tushib u portladi.

Aytgancha, ertaga SpaceX Starshipni uchirishga uchinchi marta urinib ko’radi. Nima deb o’ylaysiz: bu safar muvaffaqiyatli bo’ladimi yoki yana portlaydimi?

📟 DigiTech
77👍57🤯35🤔10🔥8🫡8👏65💯4😨4🎄3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 ChatGPT'ni endi tanasi mavjud! Figure.ai startapi OpenAI bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan birinchi odamsimon robotni namoyish etdi.

Robotda miya o’rniga GPT-4 mavjud. U eshitish qobiliyatiga ega va gapira oladi. Taqdimot chog’ida gumanoid atrofida ko’rgan narsalarini osonlik bilan tasvirlab berdi, nima uchun muayyan harakatlar amalga oshirilganini tushuntirdi va ko’rganlarini xulosalar bilan takrorlay oldi.

Figure AI loyihasiga Jeff Bezos, Nvidia, Amazon, Intel, Samsung, LG va Microsoft sarmoya kiritgan.

Terminator paydo bo’lishiga oz qoldi)

📟 DigiTech
🤯153👍34💯14😁11😨94🔥4👏4🤔4🤩3🫡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 SpaceX Starship sinovlari videosini namoyish etdi — unda so’nggi bir necha yildagi eng epik kadrlar aks etgan.

Agar ob-havo yomonlashmasa, insoniyat tarixidagi eng katta raketani suborbital parvozga jo’natish bo’yicha yangi urinish bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da amalga oshiriladi.

📟 DigiTech
🤯67👍517👏5🤔5🔥4🤩43💯3👨‍💻3🫡3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Ilon Mask muvaffaqiyati: insoniyat tarixidagi eng katta Starship raketasi koinotga muvaffaqiyatli uchdi.

Bu safar raketa yangi trayektoriya bo’ylab uchdi. Buning yordamida kompaniya yangi sinovlarni o’tkazishi mumkin bo’ladi — masalan, kosmosda dvigatelni yoqish.

Eslatib o’tamiz, bu uchinchi urinish edi. Birinchisida, nazoratsiz aylanish tufayli raketani portlatishga to’g’ri keldi, ikkinchisida hamma narsa reja bo’yicha ketdi, ammo oxir-oqibat u bilan aloqa uzilib qoldi va u ham portlatildi.

📟 DigiTech
👏155👍53🤯23🫡10🔥95😁53😨2🤝2💯1