AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.71K photos
1.46K videos
2.46K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
😴 Tadqiqot: Bir kechada uyquni hatto 1-2 soat yetishmasligi ham tashvish va tushkunlikni keltirib chiqaradi

Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasining yangi tadqiqoti, me’yordan hatto bir yoki ikki soat kam uxlash ham o’zingizni yomon va tashvishli his qilishingizga olib kelishi mumkinligini aniqladi.

Bunday xulosaga kelish uchun ular 1966-yildan 2022-yilgacha bo’lgan davrdagi 28 mamlakatda o’tkazilgan, 154 ta uyqu bo’yicha tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi.

Tahlil qilingan 154 ta tadqiqotning deyarli barchasida, uyquni yo’qotish ishtirokchilarda quvonch, baxt va shu kabi ijobiy his-tuyg’ularning kamayishiga, shuningdek, tez yurak urishi va xavotirning kuchayishi kabi tashvish belgilarining oshishiga olib kelgani aniqlandi.

📟 DigiTech
👍10817🤯9👨‍💻43🤓3😨3🔥2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yer atmosferasiga 40 000 km/soat tezlikda kirish shunday ko’rinadi

Bu kadrlar Orion kosmik kemasining oynasidan olingan. Video tezlashtirilgan, asl 25 daqiqalik videoni YouTubeda ko’rishingiz mumkin.

O’sha paytda bortda kosmonavtlar bo’lmagan, parvoz to’liq uchuvchisiz o’tgan.

📟 DigiTech
👍114🤯29🔥11😍9🤓43👏2😁1💯1
🔭 Time jurnali talqiniga ko’ra, «Jeyms Uebb» kosmik teleskopi 2023-yilda suratga olgan eng chiroyli fotosuratlar.

Qaysi surat sizga ko’proq yoqdi?

📟 DigiTech
👍178🤯36🤩14🔥11💯119🫡3👏2🎉2🤓1👨‍💻1
📋 Theresanaiforthat — turli xil neyrotarmoqlarning ulkan kutubxonasi

Ushbu saytda turli xil vazifalarda asqotadigan 10 000 dan ortiq neyrotarmoqlar jamlangan. Neyrotarmoq qanday vazifani bajarishi kerakligini matnli tavsif ko’rinishida kiritsangiz, sayt sizga kerakli neyrotarmoqlar ro’yxatini chiqarib beradi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥57👍21🤯6🤓3👨‍💻2🫡2😡211👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Texasda katta dron-shouni uyushtirishdi va bir vaqtning o’zida ikkita jahon rekordini o’rnatishdi: eng katta yangi yil archasi va eng katta personaj — 1499 drondan iborat Yong’oqchi.

📟 DigiTech
🔥69👍337💯7🤓6🤯43😍3👨‍💻3🫡3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Kinova roboti bo’yoq va cho’tkalar bilan deyarli professional rassomlar kabi rasmlar chizmoqda

Dastlab, ushbu qurilma nogironlar uchun yordamchi qo’l sifatida chiqarilgan. Uni Midjourneyga ulashganidan so’ng esa u haqiqiy rassomga aylandi.

📟 DigiTech
👏51👍30🤯116💯6👨‍💻4🔥2🤩2🫡21🤓1
🏫 «Uyda yolg’iz 2» filmi bilan mashhur bo’lgan Manxettendagi besh qavatli uy 6,7 million dollarga sotuvga qo’yildi.

Kevin Makkalister o’g’rilardan himoyalangan ushbu uy 19-asrda qurilgan. Uyda 4 ta yotoq xona, ichki hovli va vino saqlanadigan yerto’la mavjud. Bonusga, butun dunyodagi film muxlislaridan hanuzgacha xatlar kelib turadi.

📟 DigiTech
🔥212😁70👍55🤯16107💯5🫡4👏2👨‍💻2🎉1
🤖 Robot Tesla zavodida muhandisga hujum qilib, uni jiddiy jarohatladi.

OAV'larning yozishicha, bu voqea Texasdagi Tesla Giga zavodida sodir bo’lgan. Muhandis ikkita o’chiq qurilmani sozlayotgan paytda robotlardan biri uni tirgaklab, so’ng uning beliga va qo’liga metall tirnoqlarini botirgan. Ishchi jiddiy jarohatlanib, ochiq yaradan ko’p qon yo’qotgan. Uning hamkasblari favqulodda to’xtatish tugmasini bosishga majbur bo’lishgan.

Daily Mail xabariga ko’ra, kompaniya ushbu voqeani yashirgan, bu ma’lumot faqat nazorat qiluvchi organlarga berilgan hisobotdan ma’lum bo’ldi.

📟 DigiTech
🤯268👍35😁21😡16🤔75👨‍💻54👏3🤓3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Haydovchi Cybertruck statusiga mos yuray degan shekilli :)

📟 DigiTech
😁217👍23🤯54🔥32👏2💯2👨‍💻2🫡2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 LitterCam AI — O’zbekiston uchun juda kerak bo’lgan neyrotarmoqlardan biri

Ushbu sun’iy intellekt mashinadan tashlangan axlatlarni aniqlaydi va avtomobilning davlat raqami bo’yicha qoidabuzarga jarima yuboradi. Uni hozir Buyuk Britaniyada sinovdan o’tkazishmoqda.

📟 DigiTech
👍166🫡2311🤯115🔥5👏3🤓2👨‍💻2😡2💯1
🎥 Kino muxlislari, 2024-yil siz uchun eng yaxshi yillardan biri bo‘ladi. Keyingi yilda ko’plab mashhur filmlarning davomi chiqishi mumkin:

— «Joker 2»;
— «Dyuna 2»;
— «Sonik 3»;
— «Venom 3»;
— «Gladiator 2»;
— «Bad Boys 4»;
— «Dedpul 3»;
— «Boshqotirma 2»;
— «Beetlejuice 2»;
— «Paddington 3»;
— «Arvoh ovchilari 4»;
— «Jirkanch kamina 4»;
— «Kung-Fu Panda 4»;

Bulardan tashqari, yangi filmlar ham chiqishi kutilmoqda. Qaysi filmni ko’proq kutyapsiz?

📟 DigiTech
👍202🤯1915🔥9🤩6😨54👏4💯2🤓2🫡2