AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.71K photos
1.46K videos
2.46K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Har kim endi sun’iy intellekt asosida ishlovchi ilovalarni yarata oladi. Internetda Amazon kompaniyasining yangi PartyRock konstruktori mashhur bo’lib bormoqda. Istagan odam uning yordamida hech qanday kodsiz turli xil SI dasturlarini yaratishi mumkin!

Unda shaxsiy chatbotdan tortib, tasvir generatorigacha SI ilovalarini yarata olasiz. Sodda va tushunarli interfeysga ega, ishning asosiy qismi esa matnli so’rovlar orqali amalga oshiriladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍89🔥75🤓2🫡21🤯1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ushbu video butunlay neyrotarmoqlarda yaratilgan. Barchasi, ovozlar va musiqa ham. Sifati kinolarnikiga yaqinlashib qoldi, eng muhimi, istagan odam shunday videolar yarata oladi.

Videoni yasash uchun quyidagi neyrotarmoqlardan foydalanilgan:

Kadrlar — LeonardoAI
Animatsiya — Runway
Ovozlar — ElevenLabs
Musiqa va effektlar — EpidemicSound

📟 DigiTech
👏76👍35🤯135🔥3🤓3👨‍💻2🥰1🤩1😨1🫡1
🧩 JK Brickworks YouTube kanali muallifi LEGO'dan antiqa mexanizmlarni yasaydi

Agar qiziqsangiz, u ushbu mexanizmlarning barchasini yig’ish bo’yicha batafsil qo’llanmalarni saytiga joylagan: ko’plarini bepul yuklab olish mumkin.

📟 DigiTech
👍6475👏4🤓2🫡2🔥1😁1💯1👨‍💻1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dizaynerlarning 90% vaqti shunday o’tadi :)

📟 DigiTech
😁268💯32👍24🤯18🔥6🫡6👨‍💻5🤓4😍2🤝2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛞 Sirpanishga qarshi zanjirli modulga ega shinalar ishlab chiqildi

Hyundai Motor Company va Kia korporatsiyasi qishki sharoitda avtomobilni haydash xavfsizligini oshirish uchun mo’ljallangan, zanjirli modullarga ega yangi shinalar texnologiyasini namoyish etdi.

G'ildiraklarga jismonan kiydiriladigan an'anaviy zanjirlardan farqli o’laroq, yangi tizim bir tugmani bosish orqali faollashadi va zanjirlar chiqadi. Hyundai va Kia ushbu texnologiyani qo’shimcha sinovlardan so’ng takomillashtirib, ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍77🔥75🤯4👨‍💻3💯21👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ishqibozlar lenta va birnechta plastik quvurlardan foydalanib «Yulduzlar jangi» filmidagi uchar qurilmani yig’ishdi.

Bu qurilmaga qanday nom bergan bo’lardingiz?

📟 DigiTech
👏72👍37🤯12🔥532👨‍💻2🫡2😁1💯1
🤖 Yaponiyada shunday mini-robotlar janglari o’tkaziladigan turnir mavjud

Chempionat Robo-One deb ataladi va yilda bir necha marta o’tkaziladi. Ishtirokchilar jangchi robotlarni o’zlari yasaydilar, shuning uchun ularning har biri noyobdir.

Hatto bir nechta kategoriyalari mavjud: inson nazorati ostida, avtopilotda va boshqalar.

Juda kulgili harakatlanishar ekan :)

📟 DigiTech
🔥62😁38👍299👨‍💻5🤓3🫡31👏1🤯1💯1
😴 Tadqiqot: Bir kechada uyquni hatto 1-2 soat yetishmasligi ham tashvish va tushkunlikni keltirib chiqaradi

Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasining yangi tadqiqoti, me’yordan hatto bir yoki ikki soat kam uxlash ham o’zingizni yomon va tashvishli his qilishingizga olib kelishi mumkinligini aniqladi.

Bunday xulosaga kelish uchun ular 1966-yildan 2022-yilgacha bo’lgan davrdagi 28 mamlakatda o’tkazilgan, 154 ta uyqu bo’yicha tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi.

Tahlil qilingan 154 ta tadqiqotning deyarli barchasida, uyquni yo’qotish ishtirokchilarda quvonch, baxt va shu kabi ijobiy his-tuyg’ularning kamayishiga, shuningdek, tez yurak urishi va xavotirning kuchayishi kabi tashvish belgilarining oshishiga olib kelgani aniqlandi.

📟 DigiTech
👍10817🤯9👨‍💻43🤓3😨3🔥2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yer atmosferasiga 40 000 km/soat tezlikda kirish shunday ko’rinadi

Bu kadrlar Orion kosmik kemasining oynasidan olingan. Video tezlashtirilgan, asl 25 daqiqalik videoni YouTubeda ko’rishingiz mumkin.

O’sha paytda bortda kosmonavtlar bo’lmagan, parvoz to’liq uchuvchisiz o’tgan.

📟 DigiTech
👍114🤯29🔥11😍9🤓43👏2😁1💯1
🔭 Time jurnali talqiniga ko’ra, «Jeyms Uebb» kosmik teleskopi 2023-yilda suratga olgan eng chiroyli fotosuratlar.

Qaysi surat sizga ko’proq yoqdi?

📟 DigiTech
👍178🤯36🤩14🔥11💯119🫡3👏2🎉2🤓1👨‍💻1