AI | DigiTech
57.3K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🖼️ Bu rassom kartonni kesib uni soyasidan rasm chiqaradi. Portretlar juda o’xshash chiqqan, ayniqsa Messi portreti.

📟 DigiTech
🤩106👍71😡13💯9🔥643👏3🤓3🤯2👨‍💻2
🚘 Keyingi avlod Mazda MX-5 avtomobili taxminan shunday ko’rinishda bo’ladi.

Avtomobilning diqqatga sazovor jihati - bu turli turdagi yoqilg’ilarda, jumladan, vodorodda ham ishlay oladigan dvigatel bilan birlashtirilgan elektromotordadir.

Bu hozircha faqat konsept, lekin undagi ko’plab elementlar ommaviy ishlab chiqariladigan modeliga o’rnatilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍74🤯12😁63🔥3😡32👨‍💻2👏1🤩1💯1
⚡️Telegram ilovasi uchun yangilanish chiqdi. Chatlar uchun yangi funksiyalar qo’shildi:

Shaxsiy ranglar. Premium foydalanuvchilar chatlarda o’zlarini shaxsiy rangini tanlashlari mumkin.

Javoblar 2.0. Javob yozishda siz suhbatdoshning xabarini ma’lum bir qismini belgilab javob yozishingiz mumkin.

Xabar matnidagi iqtiboslar. Odatiy javoblardan tashqari, har qanday matnni iqtibos ko’rinishida tahrirlashingiz mumkin.

Havolalar uchun sozlamalar. Havola ostidagi fotosuratning o’lchami va oldindan ko'rish matnini sozlash mumkin.

Endi chatlar rang-barang bo’lib ketadi, menimcha odamni bu ko’proq chalg’itadi.

📟 DigiTech
👍98🔥11🤯4😡3💯2👨‍💻211🤔1🤓1
🍟 Barcha kafe va restoranlar endi bir ilovada

Endi kafe va restoranlarning ilovalarini yuklab olish shart emas - ularning barchasi UZUM TEZKOR ilovasida jamlangan!

✔️ Toshkentdagi eng yaxshi restoranlar bitta ilovada;
✔️ 15 daqiqadan boshlab tez va har doim bepul yetkazib berish xizmati:

T6V5X promokodini kiritib esa ilk uchta 70 000 so’mdan oshgan buyurtmangiz uchun 21 000 so'mlik chegirmaga ega bo’ling.

👉 Havola orqali o’tib ilovani yuklab oling va chegirmalarga ega bo’ling!
👍19😡1922🤔1👨‍💻1😨1
🔪 Endi pichoqni ham zaryadlash kerak…

Chexiyaning 369Sonic startapi ultratovushli oshxona pichog’ini o’ylab topdi, u soniyasiga 50 000 marta tebranadi - shu sabab mahsulotlar unga yopishmaydi va kesish osonroq bo’ladi.

Batareya quvvati 50 daqiqaga yetadi, shundan so’ng uni yana zaryadga qo’yish kerak bo’ladi. Kickstarter platformasida narxi 348 dollar.

📟 DigiTech
👍100😁55🔥12🤯10😡733💯2🤓2👨‍💻2👏1
🌑 NASA Oyda kichik shahar qurmoqchi, uylar loyihalari allaqachon tayyor.

Oydagi yirik qurilish 2040 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Uylar AQShda hozirda aktiv sinovdan o’tkazilayotgan maxsus 3D-printerda quriladi. Qurilma shuningdek, mebellarni, jumladan, Oyda topilgan materiallardan, masalan, regolitdan chop etishi mumkin bo’ladi. Binolarni ichi qulay, lekin biroz tor bo’ladi.

Ishlab chiqishga 60 million dollardan ortiq sarmoya kiritildi. Kelajakda ularda nafaqat kosmonavtlar, balki Yerdan ko’chib ketgan odamlar ham yashay olishadi.

📟 DigiTech
👍98🤯45😍7😡65😨4🔥3👏3🤔2👨‍💻2🤓1