AI | DigiTech
56.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Jurnalistlardan titan korpusli iPhone 15 Pro Max ning birinchi videosi.

O’zgarish sezdingizmi?

📟 DigiTech
😁87👍39🔥86🤩6😨4🤓3😇3😡3💯2🤯1
▪️Xitoyning InMotion kompaniyasi haqiqiy ekstremal sport ishqibozlari uchun bir g’ildirakli elektrovelosipedni chiqardi – u 110 km/soat tezlikkacha chiqadi va tik qiyaliklarga osongina ko’tariladi.

Suvga chidamlilik va 1500 lumenli faralar mavjud. Batareya quvvati 120 km yo’lni bosib o’tishga yetadi va bir soatda 80% gacha zaryadlanadi.

Narxi — 3299 dollar.

📟 DigiTech
👍99🤯22😁5🤩4😡4👏2💯2👨‍💻21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu Kanadalik Simar Khurana. 6 yoshida u bir necha oylik mashg’ulotlardan so’ng bolalar uchun sog’lom ovqatlanish haqida video o’yin yaratdi.

U yaqinda Ginnesning rekordlar kitobiga eng yosh video o’yinlar ishlab chiqaruvchisi sifatida kirdi. Kelajakda qizcha IT sohasida ishlashni rejalashtirmoqda va hozirda sun’iy intellekt asoslarini aktiv o’rganmoqda.

📟 DigiTech
👍96😇13👏9🔥7😨6🤓2😡211🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Apple dizaynerlari iPhone 15 dizaynini qanday chizishgani aks etgan ekslyuziv kadrlar :)

📟 DigiTech
😁227👍19👏15😡5💯4🤯3🤔2😍21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️HeyGen neyro-tarjimoni, u nafaqat videoni tarjima qiladi, balki muallifning yuz ifodalari va ovoz tonini saqlab qoladi.

Biz avvalroq yozgan HeyGen neyrotarmog’i video tarjimani ishga tushirdi. Videoni yuklang, 8 ta tildan birini tanlang va bir necha daqiqalarda tanlangan tildagi video tayyor bo’ladi. Bepul 1 ta videoni tarjima qilish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
35👍25🔥6😨5🤯4💯4😇21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ Londonda do’konlar uchun maxsus navigatorni ishlab chiqishdi - u kirish joyidan kerakli mahsulotga aniq yo’lni ko’rsatadi.

Bundan tashqari, marshrut ham xaritada, ham to’ldirilgan reallikda ko’rsatiladi, rejimlarni smartfonni burish orqali almashtirish mumkin.

📟 DigiTech
👍69🔥14👏53😨3💯21👨‍💻1
📱Fransiya haddan tashqari elektromagnit nurlanish darajasi oshib ketgani sabab iPhone 12 sotuvini to’xtatishni talab qilmoqda

Radiochastotalarni tartibga solish bilan shug’ullanuvchi Fransiyaning ANFR agentligi iPhone 12 elektromagnit to’lqinlarni Yevropa Ittifoqida ruxsat etilgan normadan ko’proq chiqarishi haqida xabar berdi.

ANFR Apple kompaniyasini zudlik bilan iPhone 12 sotuvini to’xtatishga va avval Fransiyada sotilgan barcha modellarni qaytarib olishga chaqirdi.

Apple iPhone 12 barcha standartlarga javob berishini ko’rsatuvchi o’zining laboratoriya sinovlari, shuningdek, uchinchi tomonlarning natijalariga tayanib, ANFR qaroriga e’tiroz bildirmoqda.

📟 DigiTech
81👍38🤯20🔥5👏5🤓43😁3😡3🤩2😍1
▪️Tadqiqot: sun’iy intellekt ijodkorlikda odamlardan o’tib ketdi

Tadqiqotda 256 kishi va uchta SI texnologiyasi - GPT3, GPT4 va CopyAi ishtirok etdi. Ular arqon, quti, qalam va shamdan foydalanishning iloji boricha ko’proq noodatiy usullarini o’ylab topishlari kerak edi. So’ng javoblarning kreativligini aniqlash uchun javoblar SI tomonidan yaratilganligini bilmagan alohida ishtirokchilar tomonidan baholandi.

Ma’lum bo’lishicha, o’rtacha hisobda chatbotlar odamlarga qaraganda ko’proq ijodiy javoblar berishgan. Odamlarda, o’z navbatida, javoblar sifati farqi katta bo’lgan: ular ko’pincha eng ijodiy va eng ibtidoiy g’oyalarni taklif qilishgan.

📟 DigiTech
👍94🤯45😁11😨8👨‍💻4💯3🤓322👏2🥰1
▪️LEGO konstruktoridan qanday narsalar yasash mumkinligi haqida bir nechta videolar

Bir ishqiboz basseyn atrofida ulkan temir yo’lni yig’di - suv bo'ylab bir nechta yo’llar, stantsiyalar va ko’priklar.

Boshqa LEGO ixlosmandlari esa birlashib, to’plarni aylantiruvchi o’nlab mexanizmlardan tashkil topgan ulkan konstruktsiyani yig’ishdi.

📟 DigiTech
👍74🤩22🤯11🔥4👏3🤓3😇21😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Tesla Model S Plaid elektromobilida 328 km/soat tezlikda yurish qanday bo’lishini ushbu videoda ko’rishingiz mumkin — samolyotlar yerdan taxminan shunday tezlikda ko’tariladi.

Epik test-drayv uchun haydovchi Germaniyadagi tezlik cheklanmagan yo’lni tanladi, shuning uchun u hech qanday jarimaga tortilmaydi.

📟 DigiTech
130👍44🤯32😨7🔥6👏4😁3🎉2😍2💯2👨‍💻2
🛸 Xitoyda ulkan NUJ shaklidagi muzey ochildi

Zhuhai Chimelong - ulkan NUJ shaklida qurilgan eng katta dengiz ilmiy parki. Park 100 mingdan ortiq dengiz hayvonlarini sig’dira oladi va taxminan 400 ming kvadrat metr maydonga ega.

Parkda eng katta akvarium oynasi mavjud. Muzey kuniga 50 mingdan ortiq tashrif buyuruvchini qabul qilishi mumkin. Qurilish besh yildan ortiq davom etgan.

📟 DigiTech
👏117👍47🔥14🤩8🤯43😨32🤓2
🦠 Huawei mikroblarni elektr toki bilan yo’q qilishni o’rgandi

Kompaniya yangi havo tozalash qurilmasini namoyish etdi. Qurilmada yuqori kuchlanishli elektrostatik maydoniga ega bo’lgan filtr faol ishlaydi. U virus va bakteriyalarning 99,9% gacha, shuningdek, formaldegidni yo’q qiladi. Bu dunyodagi birinchi bunday turdagi qurilma.

100 m² xona havosini tozalay oladi. Narxi — 1000 dollar.

📟 DigiTech
👏100👍44🤯6🔥53😁3🤩3😡3👨‍💻2💯1😇1
▪️Nyu-York politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarga asoslanib jinoyatlarni bashorat qiluvchi sun’iy intellektga 8 million dollar sarfladi

Voyager Labs kompaniyasi sun’iy intellekt monitoring tizimlarini yaratadi va ularning dasturlari odamlarning ijtimoiy tarmoqlari asosida kelajakdagi jinoyatlarni bashorat qila olishini ta’kidlashmoqda.

Nyu-York politsiya departamenti uchun neyron tarmoq xavf tug’diradigan shaxslarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Politsiya bu vositadan hali foydalanmayotganini aytdi.

📟 DigiTech
👏64😁40👍29🤯16🔥6🤔5🤩32😍2💯2😡2
📱 iPhone 15 Pro’dagi A17 Pro chipi shunchalik kuchliki, uni MacBook Air'dagi M1 chipi bilan solishtirish mumkin.

📟 DigiTech
👍146😨39👏14😁10🤩94🔥42💯2😡2🤓1