AI | DigiTech
56.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
▪️Seamless - Meta kompaniyasidan bepul neyrotarjimon.

Matnni ham, nutqni ham tarjima qiladi: matn uchun 96 ta tilni, nutqni kiritish uchun 101 ta tilni, nutqni chiqarish uchun esa 35 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi. Hatto o’zbek tili ham bor.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍100🤩16🔥8👏7💯421👨‍💻1😡1
✍️ Windows-da Paint odam o’rniga chizadi

Kuzda, Windows 11 da Paint'ga neyron tarmoq funksiyasi qo’shiladi. Endi dastur matnli tavsif va sizning eskizingizga qarab rasmlarni yaratadi.

📟 DigiTech
👍94🤯17🔥16🥰43😍3👨‍💻3👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yana bir AQSh'dagi startap mini uy bog’i qurilmasini namoyish etdi

Plantone 2.0 oshxona bog’ida 5 ta kichik idish mavjud. Ekish uchun oddiy tuproq va urug’lar mos keladi. Urug’larni ekish, bog’ni rozetkaga ulash va idishni oyiga bir marta suv bilan to'ldirish yetarli.

Kickstarter platformasida 99 dollarga sotib olish mumkin.

📟 DigiTech
👏43👍17🔥4💯32👨‍💻2😁1🤯1😍1😨1
📱 Oxirgi mish-mishlarga ko’ra, iPhone 15 Pro-ning idishi shunday bo’ladi

S harfiga o’xshash naqshli rasm iPhone tarixidagi eng kichik ramkalarni ajratib ko’rsatadi, ammo tasvirning o’zi boshqacha bo’lishi mumkin.

Dizaynga izohlarda baho bering.

📟 DigiTech
👏101👍36😁178🔥4😍4🤓4💯32🤩2🎉1
▪️Google kutilmaganda ChatGPT-4 ga munosib raqobatchi bo’la oladigan sun’iy intellektni namoyish etdi

Kompaniyaning yangi flagman sun’iy intellekt modeli GPT-4 dan kamida 5 barobar kuchliroq bo’ladi. Gemini bir vaqtning o’zida barcha turdagi kontent bilan ishlay oladi: matn, video, audio va tasvirlar. Sun’iy intellekt o’zini xuddi odamdek tutishi uchun, uni YouTube'dagi videolar asosida o’rgatishgan.

Eng qizig’i: model dekabr oyida ommaga taqdim etiladi. Ya’ni, GPT-5 ni shu kuzda taqdim etishadi yoki OpenAI kompaniyasi Google'dan ortda qolib ketadi.

Ana endi haqiqiy kuchli sun’iy intellektlar yaratish bo’yicha poyga boshlanadi.

📟 DigiTech
👍214😨75🤯13🔥12👏10🤩5👨‍💻43
🚸 Fransiyada mashinalar tezligini pasaytirish uchun chalkash belgilar chizib chiqishdi

Bu chorraha kichik Baun shahrida joylashgan va har kuni o’rtacha 2300 ta avtomobil undan o’tadi, ko’pincha 30 km/soat chegarasiga qaramay, 100 km/soat tezlikda o’tishadi.

Rasmiylar chalkash belgilarni qo’llash g’oyasini o’ylab topishdi va u ishladi - haydovchilar chiziqlarni aniqlashga harakat qilib, sekinlashishadi.

📟 DigiTech
👍143😁134👏18🤓15🔥8🤩43🎉3🤝3💯21
🚘 Rolls-Royce o’zining juda hashamatli avtomobili Amethyst Droptail rodsterini namoyish etdi

Old panelga o’rnatilgan eksklyuziv, qo’lda ishlangan Vacheron Constantin soati bo’lib, uni chiqarib, o’zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Tomi elektroxromli - bitta tugmani bosish bilan binafsha rangdan jigarranggacha o’zgaradi. Xameleon tomini yechib olish ham mumkin.

Avtomobil faqat bitta nusxada chiqarilgan va mijozga 30 million dollarga tushgan.

📟 DigiTech
👍110🤯1814🔥13😍43😨2😡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☂️2018-yilda bir guruh muhandislar boshingiz tepasida muallaq turadigan Dronbrella soyabonini yaratishgan

Bir zaryadda 2 soat ishlaydi. U sizni shiddatli shamol bilan yomg’irdan himoya qila olishi dargumon, kuchli shamol uni uchirib yuboradi, lekin yengil yomg’irda asqotadi. Afsuski loyiha muvaffaqiyatli bo’lmagani uchun ommaviy ishlab chiqarilmagan, lekin g’oyasiga qoil.

Siz qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
👍120👏13🤔6🤓5🤩32🔥2🤯2😨2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Keyframes studio – bir necha soniyada videolaringizni tahrirlab beruvchi neyrotarmoq

Turli ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar yaratib, siz xohlagandek o’zgartirib beradigan kuchli sun’iy intellekt vositasi.

Kerakli kadrlarni avtomatik ravishda topadigan sehrli "generate keyframes using AI" tugmasi mavjud. Bundan tashqari, qo’shimcha musiqa va videolarni osongina qo’shishingiz mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍35🔥5👏42🤩21💯1😨1
🖥️ Finlyandiyaning UNEVN startapi o’rnatilgan shaxsiy kompyuter va monitorga ega o’yin stolini chiqardi.

U 27 kg og’irlikdagi stolga yig’iladi, uni hatto sohilga ham olib ketishingiz mumkin. Lekin narxlari quvonarli emas. Kompyuterni yig’ish stolining o’zi 1290 yevro turadi, RTX 4070 Ti bilan tayyor yig’ilgani uchun esa ular 4049 yevro so'rashmoqda.

📟 DigiTech
👏52👍23😡8🔥6😨5😍4🤓3🤯21💯1
📱 iPhone 15 seriyasining fon rasmi

Ehtimol, yangi iPhone'lar aynan shunday fon rasmlari bilan chiqariladi. Fon rasmi ranglari qurilmaning korpus ranglarini takrorlaydi. Oxirgi ikkita versiya titan ramkalar bilan chiqadi.

Fon rasmlari fayllarini izohlardan yuklab olishingiz mumkin 👇

📟 DigiTech
🤩65👍34🤔544🔥4👨‍💻4😨4🤓3👏2💯2
▪️Turli sohalarda foydali bo’ladigan 160 ta neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi.

📟 DigiTech
90👍33🤯8🔥7🤔61😨1😡1
🔍 Olimlar bakteriyalarni yoritib ko’rsatadigan telefon linzasini ishlab chiqishdi

Swift Ray 1 linzasi smartfonga ulanadi va yaralar infektsiyalanganligini aniqlash uchun harorat sensoridan foydalanib bakteriyalarni yoritib ko’rsatadi.

"Ko’z bilan" shifokorlar yara oddiy yallig’lanish bosqichida yoki allaqachon infektsiya bilan to’lib ketganligini aniqlashlari qiyin. Qurilma esa infektsiyalangan jarohatlarning 100 foizini aniqlay oldi.

📟 DigiTech
👍114😨24🔥7👏5👨‍💻5😇4🤓31🤔1💯1🤝1
▪️Tunda ishlash xotira bilan muammolar xavfini 79 foizga oshiradi - tadqiqot

Tadqiqot davomida 47 811 ta odam o’rganib chiqildi va tungi smenada ishlaydiganlar kunduzgi smenada ishlaydiganlarga qaraganda kognitiv buzilish darajasi 79% ga yuqori ekanligi aniqlandi. Ya’ni tunda ishlaganlarni xotirasi ancha pasaygan.

Olimlarning fikriga ko’ra, bunday o’zgarishlarga tsirkad ritmning buzilishi - bizning biologik soatimiz aybdor. Hatto tunda vaqti-vaqti bilan ishlash ham miyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

📟 DigiTech
👏70👍42🤯18😨12😁5👨‍💻3🔥21🤩1😍1😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyliklar o’zlarining Xpeng aeromobiliga shu qadar ishonadilarki, ular uni shunchaki havoga ko’taribgina qolmay, balki suv ustida uzoq parvozlarni ham uyushtirishmoqda.

Bugungi kunga qadar X2 modeli 4000 dan ortiq muvaffaqiyatli parvozlarni amalga oshirdi. Agar hamma narsa reja bo’yicha ketsa, ommaviy ishlab chiqarish 2025 yilda boshlanadi, narxi esa 112 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍66🤩9🤓6😨42🔥2👏2💯2😍1😡1