AI | DigiTech
55.8K subscribers
2.9K photos
1.52K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 1360 ot kuchiga ega Lamborghini Lanzador elektromobili aks etgan birinchi video.

📟 DigiTech
🔥107👍26🤯115😍5🤩42👏2😡2💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙️Ovozni klon qiluvchi neyrotarmoq

PlayHT neyrotarmog’i yordamida ovozni klonlash va u bilan istalgan videoga ovoz berish mumkin. Buning uchun qisqa audio yozib yuklash kifoya.

O’zbek tilida klonlash hozircha mavjud emas, lekin boshqa ko’plab tillarda ovozni klonlash mumkin. Bepul, chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍56👏11🤯9🔥4👨‍💻4😇43💯21😨1
🌊 Tinch okeanining tubida muzlik davrida tug’ilgan tirik hayvon topildi

Tinch okeanining tubida, 1000 metr chuqurlikda 17 000 yoshli tirik hayvon topildi. O’rtacha umr ko’rish bo’yicha rekord egalari poriferlar, bir necha ming yil yashaydigan dengiz hayvonlaridir. Ta’riflangan organizm ham, Monorhaphis chuni, Hexactinellida sinfiga yoki "shisha po’kaklar" turiga kiradi. Hayvon allaqachon 17 000 yoshda, u oxirgi muzlik davrida tug’ilgan.

Hayvon suvdan olib chiqarildi va laboratoriyada daraxtlarning yosh halqalariga o’xshash spikulalarning ko’ndalang kesimlari tekshirildi.

📟 DigiTech
🤯160👍3431😡26🤔9🔥7😨6😁5🤓52🤝1
⌚️Oppo Watch 4 Pro aqlli soatlarining birinchi tizeri va renderlari.

To'liq taqdimot 29-avgust kuni bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
47👍25👏7😍6🔥3🤓2👨‍💻2🤯1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Istanbulda o’rnatilgan Samsung kompaniyasini yangi buklamafonining reklama banneri.

Marketologlar yaxshi harakat qilishibdi.

📟 DigiTech
👏113👍38🔥15🤯11😡43🎉32🤩2💯2👨‍💻2
📺 YouTube ilovasida Shazam'ga o’xshash funksiya paydo bo’ladi

Ilovaning Android uchun sinov versiyasiga qo’shiqni audio parcha bo’yicha topish funksiyasi qo’shildi, YouTube qo’shiqni tanib olishi uchun bor-yo’g’i uch soniya yetarli.

Bundan tashqari, ilova siz istagan musiqani topishi uchun qo’shiq parchasini kuylash/hushtak chalish kifoya, shundan so’ng xizmat rasmiy video (agar mavjud bo’lsa) va trek ishlatilgan boshqa videolarni topib beradi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🔥22👏8😨4😍3💯3👨‍💻3
💧Nemis kimyogarlari suvni yangi samarali tozalash usulini topishdi

Nemis olimlari suvni nanozang - “aqlli zang” yordamida tozalash usulini topishdi. Ushbu innovatsion material kimyoviy moddalar, plastmassa va yog’larni suvdan samarali ravishda yo’q qila oladi.

Ushbu kashfiyot suvni tozalashda inqilob qilishi va ichimlik suvining yuqori sifatini saqlab qolishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, "aqlli zang" qo’llanilishi ifloslanishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishi mumkin.

📟 DigiTech
👍164🔥23😍10🤯5😨43🤔3😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Neyron tarmoq fotosuratdan hikoya yozib beradi

HuggingFace platformasida qiziq neyron tarmoq paydo bo’ldi, unga tasvirni yuklash kifoya va neyron tarmoq bu haqda 30 soniyada qiziqarli hikoya yozib beradi. Ishlatish bepul, lekin hikoyalar ingliz tilida.

Juda qiziqarli hikoyalar yozadi, sinab ko’rishni maslahat beraman.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
💯59👍3933🤯4👨‍💻43🔥3😁3🤩3🤓3👏2
🥽 Apple Vision Pro-ni ishlab chiqishni birinchi iPhone davrida boshlagan

Kompaniya 2007 yilda qo’l harakatlari orqali boshqarish qobiliyatiga ega virtual reallik ko’zoynaklari uchun birinchi patentni ro’yxatdan o’tkazgan.

Patentda sport musobaqasini, kino yoki stadionni tomosha qilishda kinozalga taqlid qiluvchi qurilma ta’riflangan. Bu xususiyatlarning barchasi endi Apple Vision Pro-da mavjud.

Bu qurilma ham Stiv Jobs g’oyasi bo’lgan bo’lsa ajab emas.

📟 DigiTech
👍88🔥13🤔8👏43🤩3💯3🤓3😇32🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧯Xitoyning Fuyan temir yo’l stantsiyasida sun’iy intellektli yong’inga qarshi tizim o’rnatildi

Sensorlar yong’inni aniqlaydi, shundan so’ng maxsus “qurol” avtomatik ravishda katta bosim bilan suv sepib olovni o’chirishni boshlaydi.

📟 DigiTech
👍93🔥11🤯6👏5😍532🤩2💯2😨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 LEGO-da Technic seriyasidagi qismlardan yig’ilgan Bugatti Chiron'ning to’liq o’lchamli nusxasi borligini bilasizmi? U hatto ichida haydovchisi bilan asfaltda yura oladi!

Loyihaga millionga yaqin qismlar va o’nlab odamlarning 13 ming soatdan ortiq vaqti ketgan. Mashinaning 90 foizi LEGO qismlaridam yig’ilgan, shu jumladan dvigatel ham. Haqiqiy avtomobil qismlaridan faqat shinalar va shassi mavjud.

Albatta, bu Chiron ko’rgazma sifatida LEGO do’konlaridan biriga qo’yiladi va sotilmaydi, lekin siz kichikroq, 1:8 o’lchamdagi versiyasini sotib olishingiz mumkin. AQShda uning narxi taxminan 400 dollar.

📟 DigiTech
👍57🤯18😍65🤓5🔥3💯3😇21👏1😨1
📱 iPhone 15 liniyasidagi smartfonlarning barcha ranglari quyidagilar bo’lishi mumkin:

15
- Midnight/Black
- Starlight/White
- Yellow
- Blue
- Orange/Coral Pink

15 Pro
- Dark Blue
- Silver-Gray
- Space Black
- Titanium Gray

Titanium Gray rangi faqat iPhone 15 Ultra modelida bo’lishi mumkin.

Taqdimot 12-sentyabr kuni bo’lib o’tadi. 15 Plus va 15 Pro 22-sentyabr, 15 Ultra esa 29-sentyabrda sotuvga chiqarilishi kutilyapti.

📟 DigiTech
🔥72👍29👏9💯6😁4🤯4🤩4😨4👨‍💻3😡32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Hech qiziqib ko’rganmisiz, 60 yil oldin, dronlar hali yaratilmaganda aerofotosuratlarni qanday olishgan?

Masofadan boshqarish (kabel orqali) pulti bo’lgan kamera havo shariga ulangan va havoga uchirilgan.

📟 DigiTech
👍105😁19🔥7🤩74👏2😡21💯1🤓1
⛺️ Nyu-York'dagi startap har qanday ob-havoga bardosh bera oladigan chodirni namoyish etdi - u 12 kishini va hatto mashinani sig’dira oladi.

Magic Fort deyarli 40 m² uydir. Ichkarida ulkan asosiy maydon va to’siq bilan o’ralgan yotoqxona, shuningdek, ikkinchi qavat bor, uning tegida avtomobil uchun joy mavjud.

Bularning barchasi chiroyli tarzda sumkaga yig’iladi va mashinada ko’p joyni olmaydi. Kickstarter platformasida narxi 2499 dollar.

📟 DigiTech
👏69👍23🔥8😍733🤩3😁2😇2💯1👨‍💻1
▪️Seamless - Meta kompaniyasidan bepul neyrotarjimon.

Matnni ham, nutqni ham tarjima qiladi: matn uchun 96 ta tilni, nutqni kiritish uchun 101 ta tilni, nutqni chiqarish uchun esa 35 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi. Hatto o’zbek tili ham bor.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍100🤩16🔥8👏7💯421👨‍💻1😡1