AI | DigiTech
53.8K subscribers
2.92K photos
1.53K videos
2.65K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🍉 Rossiyada pishgan tarvuzlarni aniqlovchi dastur yaratildi

Smartfoningizni tarvuz ustiga qo’yib, skanerlash jarayonini boshlash kifoya: telefon Wi-Fi signalini o’tkazib yuboradi - u shakar tarkibiga qarab o’zgaradi. Signaldan dastur eng shirin va pishgan tarvuzni aniqlaydi.

Baribir o’zingiz taqillatib, ovozidan aniqlaganingizga nima yetsin :)

📟 DigiTech
😁214👍27🤯6💯6🤩5🤓3🎉2👨‍💻211
▪️Tadqiqot: mikroto’lqinli pechda isitilgan plastmassadan milliardlab zararli nanozarrachalar ajralib chiqadi

Amerikalik olimlar bolalar ovqatlari uchun idishdagi suvni 3 daqiqa davomida 1000 vatt quvvatda qizdirishdi. Natijada idishning 1 sm² maydonidagi suvda 4,22 million mikroplastik zarrachalari va 2,11 milliard nanoplastik zarrachalari topilgan.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bunday zarralar ichak va tanadagi asosiy biologik jarayonlar uchun zararli bo’lishi mumkin.

Mikroto’lqinli pechga plastik idishlarni solmaslikni maslahat beramiz.

📟 DigiTech
👍61😨16👨‍💻5🤯42🤝2👏1🤔1🤩1💯1🤓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Yana bir zo’r tahrirlangan video

Xitoylik bloger minglab fotosuratlarni olib, ularni ajoyib stop-motion videoga birlashtirdi. Agar suratga olish tafsilotlari bilan qiziqsangiz, muallif YouTube-da barcha sirlarni ochib bergan.

Masalan, burilishlarni mukammal suratga olish uchun ip ishlatilgan: bir uchi kiyimga, ikkinchisi esa stabilizatorga bog’langan.

📟 DigiTech
👍92🤯33🔥13🤩6👏5👨‍💻43😁3🥰2💯1🤓1
👍 Telegram'ning so’nggi beta-versiyasida Premium obunasisiz stories joylash imkoniyati paydo bo’ldi

Premium foydalanuvchilar uchun, obunasiz foydalanuvchilardan farqli o’laroq, ba’zi eksklyuziv funksiyalar saqlanib qolinadi:

– O’chib ketish vaqtini belgilash (standart 24 soat o’rniga 6 dan 48 soatgacha);
– Prioritet stories (Premium storieslar ro’yxatning boshida ko’rsatiladi);
– Boshqa odamlarning storieslarini anonim ko’rish imkoniyati;
– Boshqa odamlarning storieslarini yuklab olish imkoniyati (agar muallif buni taqiqlamagan bo’lsa);
– Stories tavsifida ikki barobar ko’proq belgilar chegarasi;
– Matnni tahrirlash va tavsifda havolalarni qoldirish imkoniyati.

Yangilanish katta ehtimol bilan ilovaning 10 yilligi kuni 14-avgustda chiqadi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🤩21👨‍💻6👏4🤔3😨3🔥2💯2🤓1
🔍 Learning Prompting - bu sun’iy intellektlardan to’g’ri foydalanishni o’rgatadigan ochiq manbali sayt

U saytdan siz chatbotlardan foydalanish va boshqalar haqida ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt haqidagi bilimlaringizni kengaytirishga yordam beradigan video darsliklar ham mavjud, lekin ingliz tilida.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥27👍23👏5😡43💯1🤓1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Startap mini uy bog’i kapsulasini namoyish etdi

Minoraga o’xshash kapsulani ichida don ekiladigan tuproqsiz bo’limlar mavjud. Ishlatish uchun kapsulaga suv va o’g’it solinadi. Shundan so’ng, u butun jarayonni nazorat qilib, o’zi yetishtirib beradi.

Ko’katlar, mevalar va hatto piyozni butun yil davomida yetishtirish mumkin. Sotuvlar oktyabr oyida boshlanadi, narxi 599 dollardan.

📟 DigiTech
👍62🔥6💯6👏43👨‍💻32😇2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 NeRF texnologiyasi qanday ishlashiga misol

Professional video tahrirchi xuddi Kristofer Nolanning “Inception” filmidagi kabi neyron tarmoq yordamida atrofdagi voqelikni aylantirib ko’rsatish mahoratini namoyish etdi.

Qiziq, Gollivuddagi VFX mutaxassislar bunday ish uchun qancha maosh olishadi?

📟 DigiTech
🤯46👍18🔥74👨‍💻31💯1🤓1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚆 Yaponiya temir yo’l vokzallarida turistlarga xodimlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan “aqlli” tarjimon ekranlari o’rnatildi.

Stendda mikrofonlar o’rnatilgan bo’lib, so’zlangan nutqning tarjimasini bir zumda aks ettiruvchi shaffof displey mavjud. Hozircha 12 ta til, shu jumladan ingliz tili qo’llab-quvvatlanadi, o’zbek tili tabiyki hozircha ular ro’yxatida yo’q.

📟 DigiTech
👍109😁27🔥11👨‍💻7👏3🤯2🤩1😡1
🌇 Xitoyda eng «aqlli va yashil» osmono’par bino – 210 metrlik Daxia ofis markazi quriladi. Bino mashhur Zaha Hadid arxitektura firmasi tomonidan loyihalashtiriladi.

Binoda texnik ehtiyojlar uchun yomg’ir suvini yig’ish tizimi, avtomatik havo sirkulyatsiyasi va energiya sarfini aqlli nazorat qilish tizimi o’rnatiladi.

Ular shuningdek, quyosh nuri yaxshi o’tishi uchun shishali pollar va bo’sh joylarni o’simliklar bilan to’ldirishni va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
69👍46🤯9🔥4👏3🤩32🤓2😨2🤔1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin xona ichidagi maxfiy xonadagi yashirin xona 🤯

Xitoylik yigit o’z tashvishlari va tanishlaridan yashirinadigan yashirin uyni qurdi. Kimdir uni topsa yana va yana yashirinadi.

Hamma yoshligida shunday yashirin xonalari bo’lishini orzu qilgan bo’lsa kerak.

📟 DigiTech
🤯127👍57😁11🤔5🤩3😨3🔥2😇21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦮 Xiaomi robo-itni namoyish etdi

Xiaomi kompaniyasi o’zining CyberDog 2 robo-itining ikkinchi avlodini namoyish etdi. Uning og’irligi 8,9 kg, balandligi esa 36,7 sm.

Robotda shuningdek, 19 ta sensor: RGB kamera, LiDAR, ultratovush sensori, sun’iy intellektli kamera va to’rtta ToF sensori mavjud.

CyberDog 2 buyruqlarni bajarishi, yurishi, panjasini berishi, salto qilishi va hatto skeytbord minishi mumkin. Narxi 1784 dollar.

📟 DigiTech
🔥37👍20👨‍💻6🤯4🤓4😨4👏2💯21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Bu video to’liq Heygen neyrotarmog’ida generatsiya qilingan

Ovoz, yuz ifodalari, imo-ishoralar - bularning barchasini sun’iy intellekt generatsiya qilgan. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, virtual avatar yaratish uchun 2 daqiqa vaqt ketgan.

Neyrotarmoq hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, barcha uchun ishlatish ochilganida albatta kanalda e’lon qilamiz.

Bu video neyrotarmoq tomonidan yaratilganligini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz?

📟 DigiTech
🤯64👍23👏64🤩4👨‍💻3😨32🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗂️ Excel bo’yicha jahon chempionati borligini bilasizmi?

Ketma-ket uchinchi yil va hatto Microsoft ko’magida o’tkazilmoqda! Bu yil final Las-Vegasda bo’lib o’tadi va g’olib 15 400 dollar oladi.

Tanlovning mohiyati shundan iboratki, ishtirokchilar cheklangan vaqt ichida jadvallar yordamida turli masalalarni yechadilar. Qancha ko’p to’g’ri javob bo’lsa, shuncha ko’p ball.

📟 DigiTech
👍85🤯18🔥8🎉8👏543👨‍💻3🤩1🤓1
🖱️Kickstarter platformasida har qanday sirtda ishlatish mumkin bo’lgan sichqonchani ishlab chiqarish uchun muvaffaqiyatli pul yig’ishdi.

U barmoqqa kiyiladi, kursorni harakatlantirish uchun qo’lni qimirlatish yetarli.

Sotuvlar shu kuzda 65 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥61👍37👏5🤯5😡4👨‍💻32🤩2😨21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱OnePlus kompaniyasi smartfondan yomg’irda foydalanish imkonini beruvchi texnologiyani namoyish etdi

Aksariyat smartfonlarga suv tushganda noto’g’ri teginishlarni ham xisoblaydigan sensorli displeylar o’rnatiladi. Yangi OnePlus Rain Water Touch texnologiyasi maxsus chip va bir nechta algoritmlardan foydalangan holda, hatto kuchli yomg’irda ham displeydan muammosiz foydalanish imkonini beradi, buni kompaniya OnePlus Ace 2 Pro’ni iPhone 14 Pro bilan solishtirish orqali ko’rsatdi.

Sizni ham telefoningiz ekraniga bir tomchi suv tushsa o’zidan - o’zi ishlab ketadimi? 😄

📟 DigiTech
👍83🔥11💯5🤯4🤩3👨‍💻3😡3🤓211👏1
🎥 Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi

Netflix yiliga 300 000 dan 900 000 dollargacha maosh oladigan sun’iy intellekt platformasi mahsulotlari menejeri uchun ish o’rinlarini ochdi.

Kompaniya sun’iy intellektdan nafaqat yangi tavsiyalar algoritmlarini ishlab chiqish uchun, balki "ajoyib kontent yaratish" uchun ham foydalanish niyatida.

📟 DigiTech
👍103👨‍💻1410🔥7🤯7👏6🤩5😨4🎉32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Unitree robo-itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, H1 odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshladi

1,8 metr bo’yi va 47 kg og’irlikdagi prototip allaqachon yaxshi yuradi va hatto qattiq tepganda ham muvozanatni saqlay oladi. Unga 3D LiDAR sensori, chuqurlik kamerasi va Intel Core chiplari o’rnatilgan.

Ular 3-10 yil ichida uni ideal darajaga yetkazishga va narxi 90 000 dollardan past bo’lishiga va’da berishmoqda.

📟 DigiTech
👍55🤯15🔥7😨7😡52👨‍💻21🤝1