AI | DigiTech
54.2K subscribers
2.92K photos
1.53K videos
2.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧩 Google haqiqiy suratlar orasidan neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan tasvirlarni topishingiz kerak bo’lgan boshqotirmali saytni ishga tushirdi.

Bir qarashda, bu oson tuyuladi, lekin aslida unday emas. Hammasi bo’lib to’rtta jon beriladi va har daraja oshganida, tanlash uchun vaqt kamayib boradi. Sinab ko’ring, natijalar bilan izohlarda bo’lishing.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍46🤯7💯4👨‍💻3🔥2👏2😁2🤩1
🚘 Toyota yangi Land Cruiser Prado'ni namoyish etdi: u yo’l tanlamas gibridga aylandi va ikki xil dizaynda – dumaloq va kvadrat faralar bilan chiqadi.

Oxirgi versiyasida 330 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, salon esa yetti o’rindiqli. Sotuvlar 2024-yildan, narxi esa 50 000 dollardan boshlanadi.

Keyingi yil kvadrat dizayndagi mashinalar trendda bo’ladi shekilli.

📟 DigiTech
🔥58👍29😁743😡2🤔1💯1
▪️Steam Deck va ROG Ally cho’ntak konsollarining asosiy raqobatchisi Lenovo kompaniyasining konsoli bo’ladi

Go deb nomlangan cho’ntak konsoli AMD protsessori va 8 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun, Steam va Asus'ning variantlari 7 dyuymli matritsaga ega.

Konsol Windows 11 da ishlaydi. To’liq taqdimot shu yil oxirida bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
👏32👍17🤩6🤯5😨3🔥2🤓2👨‍💻2
🍉 Rossiyada pishgan tarvuzlarni aniqlovchi dastur yaratildi

Smartfoningizni tarvuz ustiga qo’yib, skanerlash jarayonini boshlash kifoya: telefon Wi-Fi signalini o’tkazib yuboradi - u shakar tarkibiga qarab o’zgaradi. Signaldan dastur eng shirin va pishgan tarvuzni aniqlaydi.

Baribir o’zingiz taqillatib, ovozidan aniqlaganingizga nima yetsin :)

📟 DigiTech
😁214👍27🤯6💯6🤩5🤓3🎉2👨‍💻211
▪️Tadqiqot: mikroto’lqinli pechda isitilgan plastmassadan milliardlab zararli nanozarrachalar ajralib chiqadi

Amerikalik olimlar bolalar ovqatlari uchun idishdagi suvni 3 daqiqa davomida 1000 vatt quvvatda qizdirishdi. Natijada idishning 1 sm² maydonidagi suvda 4,22 million mikroplastik zarrachalari va 2,11 milliard nanoplastik zarrachalari topilgan.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bunday zarralar ichak va tanadagi asosiy biologik jarayonlar uchun zararli bo’lishi mumkin.

Mikroto’lqinli pechga plastik idishlarni solmaslikni maslahat beramiz.

📟 DigiTech
👍61😨16👨‍💻5🤯42🤝2👏1🤔1🤩1💯1🤓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Yana bir zo’r tahrirlangan video

Xitoylik bloger minglab fotosuratlarni olib, ularni ajoyib stop-motion videoga birlashtirdi. Agar suratga olish tafsilotlari bilan qiziqsangiz, muallif YouTube-da barcha sirlarni ochib bergan.

Masalan, burilishlarni mukammal suratga olish uchun ip ishlatilgan: bir uchi kiyimga, ikkinchisi esa stabilizatorga bog’langan.

📟 DigiTech
👍92🤯33🔥13🤩6👏5👨‍💻43😁3🥰2💯1🤓1
👍 Telegram'ning so’nggi beta-versiyasida Premium obunasisiz stories joylash imkoniyati paydo bo’ldi

Premium foydalanuvchilar uchun, obunasiz foydalanuvchilardan farqli o’laroq, ba’zi eksklyuziv funksiyalar saqlanib qolinadi:

– O’chib ketish vaqtini belgilash (standart 24 soat o’rniga 6 dan 48 soatgacha);
– Prioritet stories (Premium storieslar ro’yxatning boshida ko’rsatiladi);
– Boshqa odamlarning storieslarini anonim ko’rish imkoniyati;
– Boshqa odamlarning storieslarini yuklab olish imkoniyati (agar muallif buni taqiqlamagan bo’lsa);
– Stories tavsifida ikki barobar ko’proq belgilar chegarasi;
– Matnni tahrirlash va tavsifda havolalarni qoldirish imkoniyati.

Yangilanish katta ehtimol bilan ilovaning 10 yilligi kuni 14-avgustda chiqadi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🤩21👨‍💻6👏4🤔3😨3🔥2💯2🤓1
🔍 Learning Prompting - bu sun’iy intellektlardan to’g’ri foydalanishni o’rgatadigan ochiq manbali sayt

U saytdan siz chatbotlardan foydalanish va boshqalar haqida ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt haqidagi bilimlaringizni kengaytirishga yordam beradigan video darsliklar ham mavjud, lekin ingliz tilida.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥27👍23👏5😡43💯1🤓1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Startap mini uy bog’i kapsulasini namoyish etdi

Minoraga o’xshash kapsulani ichida don ekiladigan tuproqsiz bo’limlar mavjud. Ishlatish uchun kapsulaga suv va o’g’it solinadi. Shundan so’ng, u butun jarayonni nazorat qilib, o’zi yetishtirib beradi.

Ko’katlar, mevalar va hatto piyozni butun yil davomida yetishtirish mumkin. Sotuvlar oktyabr oyida boshlanadi, narxi 599 dollardan.

📟 DigiTech
👍62🔥6💯6👏43👨‍💻32😇2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 NeRF texnologiyasi qanday ishlashiga misol

Professional video tahrirchi xuddi Kristofer Nolanning “Inception” filmidagi kabi neyron tarmoq yordamida atrofdagi voqelikni aylantirib ko’rsatish mahoratini namoyish etdi.

Qiziq, Gollivuddagi VFX mutaxassislar bunday ish uchun qancha maosh olishadi?

📟 DigiTech
🤯46👍18🔥74👨‍💻31💯1🤓1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚆 Yaponiya temir yo’l vokzallarida turistlarga xodimlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan “aqlli” tarjimon ekranlari o’rnatildi.

Stendda mikrofonlar o’rnatilgan bo’lib, so’zlangan nutqning tarjimasini bir zumda aks ettiruvchi shaffof displey mavjud. Hozircha 12 ta til, shu jumladan ingliz tili qo’llab-quvvatlanadi, o’zbek tili tabiyki hozircha ular ro’yxatida yo’q.

📟 DigiTech
👍109😁27🔥11👨‍💻7👏3🤯2🤩1😡1
🌇 Xitoyda eng «aqlli va yashil» osmono’par bino – 210 metrlik Daxia ofis markazi quriladi. Bino mashhur Zaha Hadid arxitektura firmasi tomonidan loyihalashtiriladi.

Binoda texnik ehtiyojlar uchun yomg’ir suvini yig’ish tizimi, avtomatik havo sirkulyatsiyasi va energiya sarfini aqlli nazorat qilish tizimi o’rnatiladi.

Ular shuningdek, quyosh nuri yaxshi o’tishi uchun shishali pollar va bo’sh joylarni o’simliklar bilan to’ldirishni va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
69👍46🤯9🔥4👏3🤩32🤓2😨2🤔1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin xona ichidagi maxfiy xonadagi yashirin xona 🤯

Xitoylik yigit o’z tashvishlari va tanishlaridan yashirinadigan yashirin uyni qurdi. Kimdir uni topsa yana va yana yashirinadi.

Hamma yoshligida shunday yashirin xonalari bo’lishini orzu qilgan bo’lsa kerak.

📟 DigiTech
🤯127👍57😁11🤔5🤩3😨3🔥2😇21