AI | DigiTech
53.4K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.66K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🐎 Qozog’istonda mahsulotlarni otlarda yetkazib berish xizmati ishga tushadi

inDrive xizmati Qozog’istonda chavandoz kuryerlar paydo bo’lishi haqida xabar berdi.

Ular shahardan yuklarni, jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlarni mashinada borish qiyin bo’lgan aholi punktlariga yetkazib berishadi. Bunday xizmat odatdagi avtomobil orqali yetkazib berish narxi bilan bir xil bo’ladi.

📟 DigiTech
👍135😁15🔥11👏6🤔5🤝2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Antiqa va chiroyli dizayndagi o’ziga tortuvchi QR-kodlar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq

Ishlatish oson, matnli tavsif va linkni yozasiz, bir necha soniyalarda ajoyib dizayndagi QR-kod tayyor. Sayt bepul va ro’yxatdan o’tish ham shart emas.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥43👍26🤯6👏411🤓1👨‍💻1😡1
🏡 O’rta yer dengizi sohilida Lamborghini kompaniyasi o’z mikrorayonini quradi

Kompaniya Ispaniya janubidagi tepaliklarda Tierra Viva turar-joy majmuasini, jumladan 53 ta hashamatli villani qurishni rejalashtirmoqda. Har birida garaj, suzish havzalari, bir nechta terassalar va katta bog’ bo’ladi.

Majmua Marbella kurort shaharchasidan 10 daqiqalik masofada quriladi. Loyihaning qiymati 282 million yevroga baholanmoqda. Uylarni qancha narxdan sotishlarini hozircha aytishmadi.

📟 DigiTech
🔥60👍33👏76🤯63👨‍💻2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bitta so’rov va saytingiz tayyor, sayt yaratib beruvchi neyrotarmoq — Uncody

Ishlatish oson, saytning batafsil tavsifini kiritasiz, bir necha soniya kutasiz va uning qoralama versiyasini olasiz. Unda allaqachon sizning so’rovingiz asosida barcha bloklar, tarkib, sarlavhalar va tavsiflar mavjud.

Siz bloklarni qo’shishingiz, matnni, rasmlarni, ranglarni va hokazolarni o’zgartirishingiz mumkin, albatta u murakkab saytlarni yaratolmaydi, lekin bir sahifali sayt uchun ayni muddao.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍50🤯9🔥7👨‍💻42💯2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱YouTube bloggerlari dunyodagi eng katta iPhone'ni yig’ishdi, deyarli

Aslida bu Mac mini'ga ulangan, Android emulyatori o’rnatilgan va unda iOS uslubidagi launcher ishga tushirilgan televizordir.

Korpus yog’och va metalldan yig’ilgan, shuning uchun uning og’irligi 227 kgni tashkil etadi. Balandligi esa 2 metrdan oshiqroq, selfi rasm olish uchun oyoq tegiga nimadir qo’yib chiqishga to’g’ri keladi :)

📟 DigiTech
👍62🤯16🤩6🔥4👏43😁3😇3👨‍💻2
🚙 Birinchi uchar mashina AQSh hukumati tomonidan tasdiqlandi

Alef Aeronautics — AQSh Federal Aviatsiya ma’muriyatidan uchar avtomobil uchun yo’l va parvoz sinovi ruxsatini olgan dunyodagi birinchi startap bo’ldi.

Quvvat zaxirasi - yo’lda 322 km va parvozda 177 km. Vertikal uchish ham mavjud.

Narxi 300 000 dollar, yetkazib berish 2025 yilda boshlanadi. Havola bo’yicha oldindan buyurtma berish mumkin.

Uchar mashinalar davriga ham oz qoldi, texnologiyalar rivojlanishi sun’iy intellektlar chiqqanidan keyin ancha tezlashdi.

📟 DigiTech
👍81🤯36🔥175🤔2💯2🤓2👏1🤩1👨‍💻1
🦷 Olimlar fikricha: odamlar uchinchi tish to’plamini "o’stira oladi"

Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o’stirishga imkon beruvchi davo topilganiga ishonch bildirishmoqda. Ular tish o’sishini cheklaydigan oqsilni aniqlashdi. Yangi preparat bu oqsilni bloklaydi, bu esa tish o’sishiga yordam beradi.

Sichqonlar ustida o’tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli o’tdi. Odamlarda klinik sinovlar 2024 yilda bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
👍144🔥27👏8🤯7😡6👨‍💻3🤝21🤔1💯1
📰 320 yoshli gazeta o’zining so’nggi bosma sonini chiqardi

Gazetaning birinchi soni 1703 yilda Muqaddas Rim imperiyasida nashr etilgan va 2023-yil 30-iyun kunlik bosma nashrning oxirgi soni chiqdi.

Muqovada nashrning qancha vaqt davomida chiqqani ko’rsatilgan: “116 840 kun, 3839 oy, 320 yil, 12 prezident, 10 imperator, 2 respublika, 1 gazeta”.

Uning raqamli versiyasi har kuni chiqishda davom etadi. Aytgancha, ushbu gazetaga Motsart va Betxoven e’lon berishgan.

Raqamli davr qog’ozni yengdi.

📟 DigiTech
👍138🔥23😨21👏11🤯5💯32👨‍💻21🤓1😡1
▪️Twitter raqobatchisi, Threads platformasida 2 kun ichida 60 milliondan ortiq foydalanuvchi ro’yxatdan o’tdi!

Solishtirish uchun, million foydalanuvchiga Facebook 10 oyda, Instagram 2.5 oyda, ChatGPT esa 5 kunda erishgan.

Aytgancha, biz ham u yerda bormiz, obuna bo’lib qo’ying: https://www.threads.net/@digitechai

📟 DigiTech
🔥82😨27👍24😁16🤔6👨‍💻4😡43👏32🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Londonda ishchi robot Alfie'ni yaratishdi, unga barcha uy ishlarini ishonib topshirish mumkin

Robot idish-tovoq yuvish mashinasiga idishlarni yuklash, polni artish, kiyimlarni dazmollash va yig’ish, chiqindilarni chiqarish va hokazolarni qiloladi. Ular inson hayotini murakkablashtirmaslik uchun uni avtonom ishlaydigan qilishmoqchi emaslar: u rozetkadan ishlaydi.

Robot 6000 dollar narxda sotuvga chiqadi.

📟 DigiTech
🔥44👍286🤯64👏2👨‍💻2💯1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Midjourney'ning asosiy raqobatchisi yangilandi - Leonardo.AI 2.0 versiyasi chiqdi

Sun’iy intellekt endi rasmga yangi obyektlar qo’shish yoki mavjudlarini o’zgartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, hatto oddiy eskiz ham endi atrof-muhit elementiga aylanishi mumkin.

Eng muhimi, bu neyrotarmoq hali ham butunlay bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍56😇4😡43🔥3👏3💯1
▪️Yangi neyron tarmoq ko’zlardagi akslardan 3D tasvirni qayta tiklay oladi

Amerikalik olimlar inson ko’zida aks ettiririlgan tasvirlarni 3D tasvir ko’rinishida rekonstruksiya qilish texnologiyasini ishlab chiqishdi. Texnologiya NeRF neyron tarmog’idan foydalanadi va ko’zni yuqori aniqlikdagi rasmini talab qiladi.

Nima deb o’ylaysiz, bu texnologiya nima maqsadda ishlatilishi mumkin?

📟 DigiTech
👍65🤯33🔥13😨7💯3👏2🤩21🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Londonlik muhandislar yong’indan qo’rqmaydigan va 10 daqiqa davomida 200°C gacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladigan o’t o’chiruvchi dron yaratishdi

Korpus polimid, alyuminiy va shisha tolali yengil termal qalqon bilan qoplangan, elektr qismlar esa ichki sovutish tizimi bilan himoyalangan.

Bunday dron yonayotgan binolarda odamlarni qidirish, shuningdek, vulqonlarni va juda issiq haroratdagi boshqa joylarni o’rganish uchun ishlatilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍85🔥13👏73🤯3🤓3👨‍💻1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko’k yuzali Mars

NASA Marsda kengligi 270 km dan ortiq bo’lgan qadimiy kraterni ko’rsatdi. Uning yuzasi qizil emas, balki ko’kdir: u bazalt, vulqon faolligi davrida uzoq vaqt oldin paydo bo’lgan.

Mars Reconnaissance Orbiter orbital moslamasi tomonidan olingan yuzlab fotosuratlar birlashtirilib ushbu video yasalgan.

📟 DigiTech
👍52🔥432🤯2👏1🎉1💯1👨‍💻1