📚 Sun’iy intellekt Garvard universitetida dasturlash bo’yicha dars o’tadi
Sentyabrdan boshlab sun’iy intellektga asoslangan bot o’quvchilarga dasturlash asoslarini o’rgatadi. Bundan ko’zlangan maqsad, o’quvchilarni 24/7 mavjud vositalar bilan ta’minlash va o’qituvchilarni talabalar bilan ko’proq muloqot qilishi uchun sharoit yaratish.
Agar siz Garvard talabasi bo’lmasangiz, ushbu kursni havola orqali bepul olishingiz mumkin.
📟 DigiTech

👍93😇19🤔10👏7😨7❤3🔥3👨💻3😡3🤯2😁1
✈️ Xitoyda tog’ tepasida aeroport qurishgan va muvaffaqiyatli foydalanib kelishmoqda
Wushan aeroporti Taohua tog’ining tepasida, dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan. U har yili 40 millionga yaqin yo’lovchini tashiydigan Chongqing Jiangbei xalqaro aeroportidan havo qatnovini osonlashtirish uchun yaratilgan.
Yetti yil davom etgan qurilish rasmiylarga 253 million dollarga tushgan. Kerakli uchish maydoni, terminal va beshta samolyot uchun to’xtash joyini jihozlash uchun tog’ning tepasini dinamit bilan portlatib, so’ngra maydon tozalangan va tekislangan.
Kamchiliklardan, bu joylarda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun kerakli parvoz juda kechiktirilishi yoki hatto bir necha kunga o’zgartirilishi mumkin.

🔥48👍36🤯15😁6🤩5⚡2👨💻2❤1👏1
🚘 Italiyaning Aehra brendi premium elektromobil Sedanni namoyish etdi, uning eshiklari tepaga qarab ochiladi, ichida esa deyarli butun salonni egallovchi katta ekran mavjud
U bir zaryadda taxminan 800 km masofani bosib o’toladi va maksimal tezlik soatiga 265 km bilan cheklanadi. Ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi.
Narxi 160 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

👍117🔥12😨10🥰5❤4👨💻4👏3😁3⚡2😇2😡1
🐎 Qozog’istonda mahsulotlarni otlarda yetkazib berish xizmati ishga tushadi
inDrive xizmati Qozog’istonda chavandoz kuryerlar paydo bo’lishi haqida xabar berdi.
Ular shahardan yuklarni, jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlarni mashinada borish qiyin bo’lgan aholi punktlariga yetkazib berishadi. Bunday xizmat odatdagi avtomobil orqali yetkazib berish narxi bilan bir xil bo’ladi.

👍135😁15🔥11👏6🤔5🤝2👨💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Antiqa va chiroyli dizayndagi o’ziga tortuvchi QR-kodlar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq
Ishlatish oson, matnli tavsif va linkni yozasiz, bir necha soniyalarda ajoyib dizayndagi QR-kod tayyor. Sayt bepul va ro’yxatdan o’tish ham shart emas.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.

🔥43👍26🤯6👏4⚡1❤1🤓1👨💻1😡1
🏡 O’rta yer dengizi sohilida Lamborghini kompaniyasi o’z mikrorayonini quradi
Kompaniya Ispaniya janubidagi tepaliklarda Tierra Viva turar-joy majmuasini, jumladan 53 ta hashamatli villani qurishni rejalashtirmoqda. Har birida garaj, suzish havzalari, bir nechta terassalar va katta bog’ bo’ladi.
Majmua Marbella kurort shaharchasidan 10 daqiqalik masofada quriladi. Loyihaning qiymati 282 million yevroga baholanmoqda. Uylarni qancha narxdan sotishlarini hozircha aytishmadi.

🔥60👍33👏7⚡6🤯6❤3👨💻2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bitta so’rov va saytingiz tayyor, sayt yaratib beruvchi neyrotarmoq — Uncody
Ishlatish oson, saytning batafsil tavsifini kiritasiz, bir necha soniya kutasiz va uning qoralama versiyasini olasiz. Unda allaqachon sizning so’rovingiz asosida barcha bloklar, tarkib, sarlavhalar va tavsiflar mavjud.
Siz bloklarni qo’shishingiz, matnni, rasmlarni, ranglarni va hokazolarni o’zgartirishingiz mumkin, albatta u murakkab saytlarni yaratolmaydi, lekin bir sahifali sayt uchun ayni muddao.

👍50🤯9🔥7👨💻4❤2💯2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱YouTube bloggerlari dunyodagi eng katta iPhone'ni yig’ishdi, deyarli
Aslida bu Mac mini'ga ulangan, Android emulyatori o’rnatilgan va unda iOS uslubidagi launcher ishga tushirilgan televizordir.
Korpus yog’och va metalldan yig’ilgan, shuning uchun uning og’irligi 227 kgni tashkil etadi. Balandligi esa 2 metrdan oshiqroq, selfi rasm olish uchun oyoq tegiga nimadir qo’yib chiqishga to’g’ri keladi :)

👍62🤯16🤩6🔥4👏4❤3😁3😇3👨💻2
🚙 Birinchi uchar mashina AQSh hukumati tomonidan tasdiqlandi
Alef Aeronautics — AQSh Federal Aviatsiya ma’muriyatidan uchar avtomobil uchun yo’l va parvoz sinovi ruxsatini olgan dunyodagi birinchi startap bo’ldi.
Quvvat zaxirasi - yo’lda 322 km va parvozda 177 km. Vertikal uchish ham mavjud.
Narxi 300 000 dollar, yetkazib berish 2025 yilda boshlanadi. Havola bo’yicha oldindan buyurtma berish mumkin.
Uchar mashinalar davriga ham oz qoldi, texnologiyalar rivojlanishi sun’iy intellektlar chiqqanidan keyin ancha tezlashdi.

👍81🤯36🔥17❤5🤔2💯2🤓2👏1🤩1👨💻1
🦷 Olimlar fikricha: odamlar uchinchi tish to’plamini "o’stira oladi"
Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o’stirishga imkon beruvchi davo topilganiga ishonch bildirishmoqda. Ular tish o’sishini cheklaydigan oqsilni aniqlashdi. Yangi preparat bu oqsilni bloklaydi, bu esa tish o’sishiga yordam beradi.
Sichqonlar ustida o’tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli o’tdi. Odamlarda klinik sinovlar 2024 yilda bo’lib o’tadi.

👍144🔥27👏8🤯7😡6👨💻3🤝2⚡1🤔1💯1