AI | DigiTech
53.6K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.66K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Sun’iy intellekt 15-20-asrning buyuk haykaltaroshlari birgalikda ishlaganda nima bo’lishini ko’rsatdi

Muhandislar sun’iy intellektni 1475-yildan 1962-yilgacha yashagan beshta mashhur haykaltaroshlarning, jumladan Mikelanjelo va Rodenning ishlari asosida o’rgatishdi. Ular bu bilan, haykaltaroshlar birgalikda ishlaganda, nima yaratishi mumkinligini ko’rishni xohlashdi.

Sun’iy intellekt har bir san’at va texnologik burilish davridagi uslublarni o’zida mujassam etgan androgin insonning "Imkonsiz Haykali"ni yaratdi.

Haykal Shvetsiya muzeyiga qo’yildi.

📟 DigiTech
👍49🤔10👨‍💻6🔥5🤝321👏1💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Endi siz tasvirlarni to’g’ridan-to’g’ri brauzerda "kengaytirishingiz" mumkin

ClipDrop rasmlarni kengaytirish va avtomatik to’ldirish uchun bepul vositani chiqardi. Bu Photoshop'dagi Generative Fill sun’iy intellekt funksiyasi kabi ishlaydi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍43🔥14🤩3👏2🤝2💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’ining imkoniyatlari hayratlantiradi

Kinolar darajasigacha ozgina qoldi, eng qizig’i istagan odam shunday videolarni tayyorlashi mumkin.

📟 DigiTech
👍91🔥20👏8😁82🤯2👨‍💻2🎉1💯1
🖼️ Midjourney neyrotarmog’idan Apple kompaniyasining kelajakdagi mahsulotlarini qanday tasavvur qilishini so’rashibdi, natijani rasmlarda ko’rishingiz mumkin.

Siz ushbu mahsulotlardan qaysilarini sotib olgan bo’lardingiz?

📟 DigiTech
😁158👍36🔥7👏7😍5👨‍💻5🤯2💯2🤝21😨1
🪐 Olimlar “Yulduzlar jangi” filmidagi sayyorani topishdi

Filmda Lyuk Tatuin nomli bir vaqtning o’zida ikkita yulduz atrofida aylanuvchi sayyorada yashagan. Yaqinda olimlar TOI-1338c haqiqiy shunday sayyorani topishdi.

Bu gigant sayyora Yerdan 7 marta katta va undan 1300 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan. U yerda bir yil atigi 215 kun davom etadi.

📟 DigiTech
👍118🤯44😍9😁754🔥4👨‍💻4🤩2💯1😇1
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi Vision One-Eleven konsept mashinasini namoyish etdi. U 1969 yilda taqdim etilgan C111 konseptual kupening zamonaviy versiyasiga aylandi.

Umuman olganda, C111 - bu kompaniya noodatiy motor va aerodinamik yechimlarini namoyish etadigan eksperimental avtomobillarning butun liniyasidir. Joriy modifikatsiya 1000 kVt (yoki 1300 ot kuchi) quvvatga ega elektr motorlarni va ajoyib darajada soddalashtirilgan korpus dizaynini oldi.

Vision One-Eleven bu shou avtomobili. Uning taqdiri faqat brendni targ’ib qilishdir. Mashina hech qachon sotuvga chiqmaydi. Lekin undagi texnologik yechimlarni seriyali avtomobillarda ko’rishimiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥66👍37😍8🤔43😨32🤯2💯2👏1😡1
🇵🇹 Portugaliyada ChatGPT favqulodda vaziyatlar bo’limiga tushgan qo’ng‘iroqlarga javob beradi

Tizim shunday sozlanadiki, qo’ng’iroq qilgan odam u bilan sun’iy intellekt gaplashayotganini hatto anglamaydi ham. Bu bir vaqtda ko’proq qo’ng’iroqlarga javob berish imkonini beradi. Sinovlar yaqinda boshlanadi.

Bunday muhim ishni sun’iy intellektga ishonish to’g’rimikan 🤔

📟 DigiTech
👍163🤯41😡27🤔19😨9👨‍💻8🔥5🤓53👏2😇2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Excel dasturini o’rnini bosuvchi neyrotarmoq

Rows matnli tavsif bo’yicha har qanday turdagi ma’lumotlardan jadval tuzib beradi. Hatto chiroyli diagrammalar ham tuzishingiz mumkin. Shuningdek yakuniy natijani interaktiv sayt ko’rinishida olish mumkin. Chegaralangan bepul versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍50🔥6👏43👨‍💻31
▪️Ilon Mask va Mark Sukerberg jangi Kolizeyda o’tkazilishi mumkin

Bu taklif bilan Italiya Madaniyat vazirligi chiqdi. Har ikkala milliarder ham bu g’oyadan xursand. Sukerberg vakillari buni allaqachon UFC prezidenti Dana Uaytga yetkazishgan, Mask esa buni Twitter'da alohida ta’kidlagan. "Astra inclinant, sed non obligant".

Jang Kolizey ichida yoki uning darvozalari yonida o’tkazilishi rejalashtirilganmi, hozircha ma’lum emas. Amfiteatrning o’zida oxirgi yuzlab yillar davomida tadbirlar bo’lmagan, Pol Makkartnining xayriya kontsertidan tashqari. Kolizeydagi so’nggi fanga ma’lum bo’lgan gladiatorlar janglari bir yarim ming yil oldin bo’lib o’tgan.

Ikkala tadbirkor ham jangga qattiq tayyorlanishyapti, asr jangini vanihoyat ko’radiganga o’xshaymiz.

📟 DigiTech
👍163😁82😨17🔥14😡7🤔4🎉4😇4🤝21👨‍💻1
🔍 Google 2006-yildan 2013-yilgacha qidiruvdan foydalanganlarga 23 million dollar to’laydi

Google 13 yil oldin qidiruv so’rovlarini uchinchi shaxslar bilan bo’lishish orqali maxfiylikni buzgani uchun sudga tortilgan edi. Mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish uchun Google 23 million dollar to’lashga rozi bo’ldi.

2006-yildan 2013-yilgacha qidiruv tizimidan foydalangan har qanday AQSh fuqarosi sud jarayoniga qo’shilishi mumkin va 23 million dollar hamma o’rtasida taqsimlanadi. Ariza beruvchilar juda ko’p, bir kishiga 8 dollardan to’g’ri keladi.

📟 DigiTech
😁277👍37🤩8😨6🔥4😡32🤓2👏1👨‍💻1