AI | DigiTech
53.6K subscribers
2.93K photos
1.54K videos
2.66K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍕Kuryerlar endi uchadi! Domino's pizza reaktiv uchuvchi kostyumlarda pitsa yetkazib beradi.

Yangi yetkazib berish usulini bugun 200 000 ga yaqin odamlar to’planadigan Glastonberi musiqa festivalida sinovdan o’tkazishadi.

📟 DigiTech
🔥82👍47😁11🤩75👨‍💻4👏21
▪️Daniya Bosh vaziri ChatGPT tomonidan yozilgan matn bilan nutq so’zladi

Daniya hukumati rahbari an’anaviy nutq so’zlab, so’ngra nutq ChatGPT tomonidan yozilganligini aytdi. Shu bilan birga, Bosh vazir sun’iy intellektlar rivojlanishi bilan bog’liq foyda va xavfni aytib o’tdi.

“Uning nimaga qodirligi bir vaqtda ham qiziqarli, ham qo’rqinchili” — deya ta’kidladi. Gap shundaki, chatbotlar Internetni noto’g’ri ma’lumotlar bilan osongina to’ldirishi mumkin va bu haqiqatni yolg’ondan ajratishni juda qiyinlashtiradi.

📟 DigiTech
👍121😁20🤯11🔥84🤓3👨‍💻3👏2🤔2😡1
▪️Twitter foydalanuvchisi chiroyli AR animatsiyali 3D QR-kod yasadi

Sinab ko’rish uchun QR-kodni skanerlang, brauzeringizda so’ralgan ruxsatlarni bering va animatsiyani ko’rish uchun QR-kodni qayta skanerlang.

Siz bunday QR-kod turlari bo’yicha qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
👍85🔥9👏7🤩6🤓4💯3👨‍💻31🤯1
🔋Kembrij universiteti olimlaridan yig’ilgan startap, elektromobillar uchun o’ta tez zaryadlashni ishlab chiqdi – bu deyarli yoqilg’i quyish shoxobchasida benzin to’ldirgandek tez

Texnologiyani namoyish qilish uchun Lotus Elise asosida prototip qurilgan. Uning 35 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatori atigi olti daqiqada 100% to’ldi, shu bilan birga u bir zaryadda 250 km yurgan.

Ular 2024-yildayoq bunday akkumulyatorlarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍110🔥166😍4👏3🤯2👨‍💻2🤩1
🤖 ChatGPT Shveytsariyalik muhandislarga pomidor teruvchi robotni yaratishda yordam berdi

Neyron tarmoq robotning texnik xususiyatlarini, uning shakli, materiallari va boshqaruv tizimini tanlashga yordam berdi. Natijada pomidorlarga zarar yetkazmasdan terib oladigan robot yasaldi.

📟 DigiTech
👍98🤯47👏7🔥5💯52👨‍💻1😇1
😴 Olimlar chet tilini uyquda o’rganish mumkinligini aniqlashdi

Shveytsariyalik tadqiqotchilar chuqur uyqu paytida miya yangi xorijiy so’zlarni va ularning tarjimasini samarali eslab qolishga qodirligini aniqlashdi.

Tajribada 30 kishi quloqchin bilan uxlagan: ularga 27 juft xorijiy so’zlar va ularning tarjimasini eshittirishgan (so’zlar 4 marta takrorlangan). Tajribaning haqqoniyligi uchun xato tarjima eshittirilgan.

12 va 36 soatdan so’ng ishtirokchilar testdan o’tishdi. Tajribadan 12 soat o’tgach tarjimadagi so’zlarni to’g’ri topish foizi 37%, 36 soatdan keyin esa - 41% to’g’ri javoblar berilgan.

Endi sizga nega ko’p uxlaysan deyishsa, ularga shu postni jo’nating 😎

📟 DigiTech
👍135😁93🤯7🔥6👏4👨‍💻421😇1
AI | DigiTech
Photo
▪️Ilon Maskning Mark Sukerberg bilan jangi «bekor» qilindi

Bu kutilmaganda yuz berdi: Ilon Maskning onasi twitterda u jangga qarshi ekanligini va "jangni bekor qilganini". Shu bilan bir qatorda, 75 yoshli Mey Mask raqiblarga mushtlashib emas, zukkolik bilan bellashishni va uchta savolga imkon qadar kulgili javob berishni taklif qildi.

Ilon Maskning o’zi bu ma’lumotga hali rasman izoh bermagan. Biroq, bundan oldin UFC prezidenti Dana Uayt ikkala milliarder bilan telefon orqali gaplashib, ularning qarorlari jiddiyligi va jang tashkilot tarixidagi eng ko’p ko’rilgan jangga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega degan xulosaga kelgan.

📟 DigiTech
👍162😁62👏13🤯76🔥6🤩3👨‍💻3🤔2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Sun’iy intellekt 15-20-asrning buyuk haykaltaroshlari birgalikda ishlaganda nima bo’lishini ko’rsatdi

Muhandislar sun’iy intellektni 1475-yildan 1962-yilgacha yashagan beshta mashhur haykaltaroshlarning, jumladan Mikelanjelo va Rodenning ishlari asosida o’rgatishdi. Ular bu bilan, haykaltaroshlar birgalikda ishlaganda, nima yaratishi mumkinligini ko’rishni xohlashdi.

Sun’iy intellekt har bir san’at va texnologik burilish davridagi uslublarni o’zida mujassam etgan androgin insonning "Imkonsiz Haykali"ni yaratdi.

Haykal Shvetsiya muzeyiga qo’yildi.

📟 DigiTech
👍49🤔10👨‍💻6🔥5🤝321👏1💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Endi siz tasvirlarni to’g’ridan-to’g’ri brauzerda "kengaytirishingiz" mumkin

ClipDrop rasmlarni kengaytirish va avtomatik to’ldirish uchun bepul vositani chiqardi. Bu Photoshop'dagi Generative Fill sun’iy intellekt funksiyasi kabi ishlaydi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍43🔥14🤩3👏2🤝2💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’ining imkoniyatlari hayratlantiradi

Kinolar darajasigacha ozgina qoldi, eng qizig’i istagan odam shunday videolarni tayyorlashi mumkin.

📟 DigiTech
👍91🔥20👏8😁82🤯2👨‍💻2🎉1💯1
🖼️ Midjourney neyrotarmog’idan Apple kompaniyasining kelajakdagi mahsulotlarini qanday tasavvur qilishini so’rashibdi, natijani rasmlarda ko’rishingiz mumkin.

Siz ushbu mahsulotlardan qaysilarini sotib olgan bo’lardingiz?

📟 DigiTech
😁158👍36🔥7👏7😍5👨‍💻5🤯2💯2🤝21😨1